Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv hоzirgi O’zbеk аdаbiy tili



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə29/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,97 Mb.
#209926
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
on atoli maruza saqlab qoy zor

BOG’LOVCHISIZ QO’SHMA GAP
reja:
1. Bog’lovchisiz qo’shma gapning ta'rifi.
2. Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz
qo’shma gap.
3. Ergashgan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz
qo’shma gap.
4. Bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz
qo’shma gap.
5. Bog’lovchisiz qo’shma gapga doir tahlil namunasi.
Ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning bog’lovchilarsiz yoki bog’-lovchi vazifasidagi grammatik vositalarsiz faqat bir butun yaxlit ohang asosida birikishidan tashkil topgan sintaktik qurilmalar bog’lovchisiz qo’shma gap deyiladi: Odamnine tanasida chorakkam besh litr qon bor, shuning hammasi taxminan har minutda bir marta yurakdan o’tib turadi (Asq.M.). Ot-eshaklar, aravalar dukuri tinmaydi, somon ortilgan tuyalar ketma-ket o’tadi. (O.)
Bog’lovchisiz qo’shma gapning komponentlari bir-biridan sanash ohangiga o’xshash tugallanmagan intonatsiya bilan ajralib turadi va unda voqealarning bir vaqtda yoki ketma-ket yuz berishi ko’proq tasviriy tarzda ifodalanadi: Daraxtlarning ustidan onda-sonda qushlarning sadosi bir zumgina yangrar, yana og’ir jimlik cho’kardi. (O.). Go’zal qizsiz, pinhon ishqingizda o’rtanaman. (O.)
Bog’lovchisiz qo’shma gaplar komponentlarning o’zaro mazmun munosabatiga ko’ra uchga bo’linadi: 1. Bog’langan qo’shma gapga sino-nim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap. 2. Ergashgan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap. 3. Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gap.
Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari bir-biriga "tenglik" yoki "tenglanish" ohangi vositasida birikadi. Bog’lovchisiz qo’shma gap bog’lovchili qo’shma gapning hamma turiga emas, faqat biriktiruv va zidlov munosa-batini ifodalovchi turlarigagina sinonim bo’lib keladi: Qiyoslaylik: 1. Ro’zimatning rangi o’zgardi va ko’zlarida hamisha o’ynab turadigan tabassum ifodasi to’satdan yo’qoldi. (A.Q.) 2. Oyda dog’ bo’lsa bo’lar, ammo siz bilan bizda bo’lmasin. (U.) 3. Yoki mening ko’nglim hamma vaqt yosh, Yoki chiroy senga umrbod yo’ldosh (U.) 4. Ularda na aql va ma'rifat bor, na insof na muruvvat bor ("K.D".).
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisini bog’lovchilarni tushirib bog’lovchisiz qo’shma gapga aylantirish mumkin-u, biroq uchinchi va to’rtinchi gaplar bunday qilishga imkon bermaydi, aks holda gaplarning oldingi mazmuni o’zgarib ketadi.
Bog’langan qo’shma gap bilan bog’lovchisiz qo’shma gapning sinonimligi faqat ularning biridan bog’lovchini tushirish yoki orttirish mumkinligidagina emas (bu holat farqli bo’lib, ohangda ham har xil o’zgarish bo’ladi), balki har ikki qurilma mazmunidagi tabiiy yaqinlik-dir: Boshliq ovqatni yemay chetga surib qo’ydi, yuziga allaqanday soya tushdi. // Boshliq ovqatni yemay chetga surib quydi va yuziga allaqanday soya tushdi. (Asq.M.) Kun sovuq, bozor qaynaydi.// Kun sovuq, lekin bozor qaynaydi. (O.)
Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gaplar ham bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga keladigan voqea-hodisa-larni ifodalaydi: Ko’klamning sayroqi qushlari tabiat ko’rinishlarini kuylamoqdalar, ko’m-ko’k ko’katlar silkinib qushlarni olqishlamoqda-lar. (O.) Gulnor boshni Yo’lchining ko’kragiga suqib yig’ladi, Yo’lchi uni eshik oldiga olib bordi. (O.)
Bu tipdagi qo’shma gaplarda ketma-ketlik mazmunini aniqroq ko’rsatish uchun komponentlarning bosh qismida payt ravishlari ham qo’llaniladi: Avval menga yetib olishsin, undan keyin birga o’qiyman-da. (A.Q.) O’sarjon dastlab o’zi yo’q vaqtda qilingan ishlar bilan tanishdi, keyin terim masalalariga ko’chdi. (O.)
Bog’lovchisiz qo’shma gaplar ba'zan zidlov bog’lovchili qo’shma gap kabi zid mazmunli komponentlardan tuziladi: Tong otgan, hali osmon qorong’i edi (S.Zun). Tong otgan, lekin hali osmon qorong’i edi.
Umuman, bog’lovchisiz qo’shma gap bog’lovchili qo’shma gaplar bilan ma'lum o’rinlarda sinonimligidan qat'i nazar, ular ham mazmun, ham grammatik jihatidan bir xil hodisalar emas.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin