Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv hоzirgi O’zbеk аdаbiy tili


Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gap



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə31/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,97 Mb.
#209926
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
on atoli maruza saqlab qoy zor

Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlarini bir-biriga bog’lash uchun hech qanday bog’lovchini qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun bunday bog’lovchisiz qo’shma gap bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lmaydi: Qani bo’lmasa, biz bilan yuring, soy bo’yini aylanib kelamiz (S.Ahm.). Oldingizda bir yo’l bor: bu haqiqat yo’li. (A.Q.)
Bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lmagan bog’lovchisiz qo’shma gaplar, ko’pincha, maqol, matal, aforizm, hikmatli ibora, topishmoq va poetik nutqiy parchalar bilan ifodalanganligidan, ularning komponentlari mazmun jihatidan ixcham, zich bo’ladi, ohang bilan birikkanligidan, ular o’rtasiga bog’lovchi vositalar kiritib bo’lmaydi: O’sma ketar, qosh qolar (maqol). Shoirlari g’azal yozadi, botirlari kanal qazadi (H.O.).
Tahlil namunasi: Hayot bor – mudrash, hayot bor – kurash! (Asq.M.)
1) ikkita bog’lovchisiz qo’shma gapdan tuzilgan bog’lovchisiz murakkab qo’shma gap,
2) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga sinonim,
3) chizmasi:
MURAKKAB QO’SHMA GAP
reja:
1. Murakkab qo’shma gapning ta'rifi.
2. Bog’lanish (tenglanish) yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma
gap.
3. Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap. Bog’lanish
va ergashish yo’li bilan tuzilgan (aralash aloqali) murakkab
qo’shma gap.
4. Murakkab qo’shma gap turlarniga doir tahlil namunasi.

Uch va undan ortiq sodda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan tashkil topgan, umumiy bir yaxlit tugallanuvchi ohangga ega bo’lgan sintaktik qurilmalar murakkab qo’shma gap deyiladi.


Qo’shma gapning murakkab shakli uning sodda (ikki komponentli) shaklidan: 1) komponent miqdorining ko’pligi, 2) unda birdan ortiq bog’lanish usulining mavjudligi bilan ajralib turadi: Daraxtlarning tanasi pakana, mevasi mo’l va yirik, lekin hozir deyarli hammasi ko’m-ko’k. (O.) Zargarovning gaplari va tashabbusi oblast komitetiga uncha maqtov bo’lib tushmasa ham, ayrim iboralari unga tegib-tegib ketayotgan bo’lsa ham, Haydarov notiqqa xavotirli bir qiziqish bilan quloq soldi. (Asq.M.) Hunar va iste'dod mushki anbar kabidir, uni qanchalik bekitmang, u shunchalik atrofga yoyilib, hamma yoqni muattar qilib yuboradi. ("K.D".)
Misollar shuni ko’rsatadiki, komponentlarining o’zaro grammatik munosabatiga ko’ra murakkab qo’shma gaplar uch guruhga ajraladi: bog’lanish (tenglanish) yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap, ergashish (tobelanish) yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap, aralash aloqali murakkab qo’shma gap.
Uch va undan ortiq sodda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan teng munosabatga kirishishidan tashkil topgan sintaktik qurilmalar bog’lanish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap deyiladi. Bu turdagi qo’shma gap komponentlarining birikishida ikki xil usul bor: 1) komponentlar faqat ohang bilan birikadi. Bunda bog’lovchi yoki bog’lovchi vazifasidagi grammatik shakllar qatnashmaydi; 2) komponentlar ham teng bog’lovchilar, ham teng ohang (aralash usul) bilan birikadi. Bunda teng bog’lovchilarning o’rni har xil: biriktiruv va zidlov bog’lovchilari yo ikkita komponentni juftlab bog’lash uchun gap o’rtasida, yoki komponentlarning tugaganligini ko’rsatish uchun oxirgi komponentning oldida qo’llaniladi.
Tenglanish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gaplarning quyidagi ko’rinishlarini kuzatamiz:
1) Umarali ohista yurib qizning eshigi oldidan o’tdi, hammayoq jimjit, faqat yuragining gurs-gurs urgani eshitiladi, xolos. (O.)
chizmasi:

2) Otini bilolmadim, ammo qamishday qomati bor, husnini ta'rif qilolmayman. (O.) chizmasi:


, ammo
3) Goh o’tmish azoblari esiga tushadi, goh o’z boshlig’ining uquvsizligidan kuyinadi, goh o’z oldiga qo’yilgan maqsad uni kelajak sari yetaklaydi. (Asq.M.) chizmasi: goh goh goh
4) Uning nomiga g’alati bir konvert chiqdi: na familiyasi bor, na adresi bor va na pochta muhri. (Asq.M.)
chizmasi: na na va na

5) Io’lchining farishtaday singlisi bor, bir mahsido’z cholning qo’lida, qiz ham kosiblikda farang, tikkan mahsilari misoli bir gul. (O.) chizmasi:


6) Qo’lida pestolet ushlagan ikki fashist xonaga kirib keldi, biri narsalarni uloqtirib tintuv qila boshladi, kampir burchakda titradi va men esa parda orqasida yarim hushsiz yotardim. ("Guliston".)


chizmasi: va
7) Maktabda intizom bo’sh, o’qituvchilarning obro’yi yo’q, davomat juda past, har yili maktabga tortiladigan qizlarning faqat ikki-uch prosentigina uninchi sinfni bitiradilar, bu ahvol ko’p darajada Qalandarovga bog’liq ekan. (A.Q.)
Chizmasi:
8) Otdaysiz, boy, bitta yarimta shish bor, ammo bezarar, birov borsin, dori beraman, shishlaringiz, butun illatlaringiz birpasda qaytadi. (O.) chizmasi:
ammo
Tenglanish munosabatidan tuzilgan murakkab qo’shma gap komponentlari kesimlarining shakllanishida ikki holat kuzatiladi:
1) Komponentlar kesimlarining hammasi ba'zan to’la shakllanmaydi – shaxs-son, zamon ko’rsatuvchi element – bog’lama oxirgi gapning kesimida qo’llaniladi (yalpi holatda) va qismlarning hammasiga tegishli bo’ladi: Luqmonchaning yonoqlari sariq, lablari qoramtir, ko’zlari katta-katta, lekin nursiz va xira edi. (Asq.M.) chizmasi:

edi.




Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin