Na bulut silkitmay oltin par, Tong otmasdan burun turardi. (U.) chizmasi:
-may, burun,
Qor yoqqaniga qaramay, qittiq sovuq bolsa ham, qishloqqa jonab ketgan. (S.Zun.) chizmasi:
-ga qaramay, -sa ham,
Mazmun jihatidan har xil bolgan birdan ortiq ergash gaplar bosh gapga alohida-alohida boglanib, birgalik ergashuvni tashkil qiladi. Bunday ergash gaplar uyushmagan sanaladi: Dastlabki vaqtlarda yordam bersangiz, ishlar yurishib ketgandan keyin, uncha ogirligim tushmas. (A.Q.) chizmasi:
-sangiz, -gandan keyin,
Soat ikki bolganda, boshi ogrib, kitobni yopdi : -ganda, -b,
Kalilaning dostiga rahmi kelib, kech kirishi bilan dostining oldiga keldi. ("K.D.") chizmasi:
-ib, -ishi bilan,
Ergash gaplar bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelib, birgalik ergashishni tashkil qilishi mumkin: Agar bir odam bu ishdan xabar topsa, bolgan voqea shohning qologiga borib yetsa, bizning birodar-ligimiz shunday buziladiki, uni hech qanday mol va davlat bilan tiklab bolmaydi va bu keyingi avlodlarga isnod bolib qoladi. ("K.D.") chizmasi:
-sa, -sa, -ki, va
Birdan ortiq ergash gaplarning biri ikkinchisiga ikkinchisi uchinchi-siga tobelanib, keyin bosh gapga boglanishidan hosil bolgan gaplar ketma-ket ergashish yoli bilan tuzilgan murakkab qoshma gap deyiladi. Bunday boglanishda bosh gap, oldidagi ergash gap birinchi darajali, undan oldingisi ikkinchi darajali va hokazo deb nomlanib, ma'lum zanjirni tashkil qiladi. Bunday qoshma gaplarda bir ergash gap ba'zan boshqasini oziga tobe qilib, ham ergash gap, ham nisbiy bosh gap rolini bajarib, asosiy bosh gapga birikadi. Masalan, Fil xartumini suvga solish bilan, suv chayqalib, oy qalqiy boshladi ("K.D".) gapida fil xartu-mini suvga solish bilan gapi bosh gapga (oy qalqiy boshladi) boglan-maydi, chunki oyning qalqishi suvning chayqalishi bilan bogliq. Demak, birinchi ergash gap ikkinchi ergash gapga, ikkinchi ergash gap bosh gapga boglangan (ketma-ket usul). Misollar: Chigit ekilgandan keyin, unib chiqqan har bir tup goza alohida parvarish qilinmasa, uning usish sur'ati pasayib ketadi. (gazeta) chizmasi:
-gandan keyin, -sa,
Ma'ruzachi gapini tugatgach, Saida zalga murojaat qilib, savollar bormi deganida, birdaniga bir necha qol kutarildi. (A.Q.) chizmasi:
-gach, -ib, -ganda,
Sahro shunday olamki, ishchi qollar bolsa, hamma narsa bor, ishchi qollar bolmasa, hech narsa yoq. (Asq.M.) chizmasi:
-ki, -sa, -sa,
Kechasi shunday sovuq boldiki, ertalab yer muzlab, kocha harakati ogirlashib qoldi. ("F.T.") chizmasi:
-ki, -b,
Hasad shunday otdirki, agar u tutasa, holu quruq birday yonadi. (K.D.) chizmasi:
-ki, -sa,
Ba'zan ergashish yoli bilan tuzilgan murakkab qoshma gaplarning komponentlari ham birgalik, ham ketma-ket ergashish yoli bilan bosh gapga birikadi: (1) Yozning kuchi ketib, (2) havo biroz salqinlagan bolsa ham, (3) shamolsiz kunlarda quyosh tik kelgach, (4) hali kishining boshidan olov quygan kabi kuydirar edi (O.) gapida birinchi ergash gap ikkinchi ergash gapga boglanib, har ikkisi bosh gapga ketma-ket ergashish yoli bilan birikkan, uchinchi ergash gap bosh gapga bevosita boglangan. Bosh gapga nisbatan ikkinchi va uchinchi gaplarning munosabati birgalik ergashish, birinchi va ikkinchi gaplarnnig munosa-bati ketma-ket ergashish boladi. Chizmasi:
1 2 4
3
Ammo tong xira yorishib, yaqindagi daraxtlarning qorasi qish qorongiligi orasidan sal koringan hamon, yigit, xuddi birov turtgandek, birdan uygondi. (A.Q.) chizmasi:
1 2 4
3
Ergashish yoli bilan tuzilgan murakkab qoshma gap komponent- larini biriktiruvchi vositalarning qollanishida quyidagi xususiyatlar kuzatiladi:
1) Mazmunan bir xil bolgan bir turdagi ergash gaplar bosh gapga fe'l shakllari yordamida boglansa, har bir komponent oz boglovchisiga ega boladi: -sa, ...-sa, ...-sa; ...-ib; ...-sa ham, ...-sa ham; ...-ganda, ...-ganda kabi.
2) Mazmunan bir xil bolgan birdan ortiq ergash gaplar yordamchi sozlar bilan bosh gapga biriksa, biriktiruvchilar har bir komponentda takrorlanmasligi, oxirgi komponentga kelib, hamma gaplar uchun yalpi boglovchi vazifasida qollanilishi mumkin: Kimki birovga quduq qazisa, ozi yiqiladi, yaxshilik hech vaqt unutilmaydi, yomonlik esa jazosiz qolmaydi deb bekorga aytmaganlar. (K.D.) chizmasi:
deb,
Dostları ilə paylaş: |