Ergashgan qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gaplar ozaro tobelanish ohangi orqali birikadi va boglangan qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gaplardan farq qiladi.
Ergashgan qoshma gaplarning hamma turi ham boglovchisiz shaklda kelavermaydi. Chunonchi, ravish, chogishtirish, olchov-daraja, orin ergash gaplar boglovchisiz kelmaydi. Chunki bu xil gaplarda boglovchilar yoki nisbiy sozlar tushirilganda, shu turdagi qoshma gap hosil bolmaydi.
Quyidagi ergash gaplar boglovchisiz qoshma gaplarga sinonim boladi:
1) Shart ergash gap, payt ergash gap, tosiqsiz ergash gap, natija ergash gap, sabab ergash gap, oxshatish ergash gap, ega ergash gap, kesim ergash gap, toldiruvchi ergash gap, aniqlovchi ergash gap.
Shart ergash gapli qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gaplarning birinchi komponenti keyingi komponentdagi voqelikning yuzaga kelish shartini bildiradi. Oldingi komponentdagi ohang balandroq, keyingisi pastroq boladi, komponentlar orasida biroz toxtab olinadi: Togri boling –behovotir bolasiz. Qoshning tinch sen tinch (maqollar).
2) Payt ergash gapli qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gaplarda birinchi komponent ikkinchi komponentdagi voqea-ning bajarilish paytini anglatadi: Paxta ochildi (ochilishi bilan), terim boshlandi. 3) Tosiqsiz ergash gapli qoshma gapga sinonim bolgan boglov-chisiz qoshma gaplarda birinchi (tobe) komponentning mazmuni keyingi komponent mazmunining bajarilishiga zid bolsa-da, voqelik yuzaga keladi: Ozim har joydaman, konglim sendadir (Muq.). It xuradi karvon otadi. (maqol)
4) Natija ergash gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gap komponentlarining ikkinchisi birinchisi orqali kelib chiqadigan natijani anglatadi: U shunchalik berilib termildi, soyning ortasida suv ichayot-gan otning pishillashi ham sezilmadi. (O.)
5) Sabab ergash gapli qoshma gaplarga sinonim bolgan boglov-chisiz qoshma gap komponentlarining birinchisida sabab, ikkinchisida shu sababdan kelib chiqadigan natija anglashiladi: Qorqitmay ostirdim botir boldingchz (maqol). Yolboshchimiz bor xalq birligi bor. (G.G.)
6) Oxshatish ergash gapli qoshma gaplarga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gap komponentlari orqali ikkita oxshash voqelik ifodalanadi: Qor yogdi don yogdi. Suv keldi nur keldi. (maqol)
7) Maqsad ergash gapli qoshma gaplarga sinonim bolgan boglov-chisiz qoshma gaplarda komponentlardan biri boshqasi orqali yuzaga keladigan voqelikning maqsadini ifodalaydi: Vatanni bezang avlodlar unutmaydi. Derazani ochdim toza havo kirsin. 8) Ega, kesim, toldiruvchi, aniqlovchi ergash gaplarga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gaplar (izohlovchi komponentli qoshma gaplar)da mazmunan tobe komponent hokim komponentdagi olmosh bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan egani (Faqat shu esida: ertasi kuni kozini ochsa, Sobirjon yonida yoq edi Asq.M.), kesimni (Yaxshisi shu: bizdan havotir olmay, Kapsanchilar oldiga borgin A.Q), toldi-ruvchini (Men bilaman: sizlarga ishonish qiyin A.Q.), aniqlovchini (Bir gapim bor, aytaman) izohlaydi.