PUNKTUATSIYA reja: 1. Punktuatsiya haqida tushuncha.
2. Ozbek punktuatsiyasining tarixiga doir.
3. Punktuatsiyaning tilshunoslikning sohalari bilan aloqasi.
4. Ozbek punktuatsiyasining asos va tamoyillari.
Punktuatsiya termini lotincha punctum sozidan olingan bolib, aslda nuqta, orin, joy tushunchalari bilan boglangan bolsa ham, tilshu-noslikda nutq oqimidagi intonatsion-prasodik toxtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yigindisini (tinish belgilarini) anglatadi.
Punktuatsiya tilshunoslikning bir sohasi bolib, tinish belgilari (punktorgramma) va ularning qollanish qonun-qoidalarini orgatadi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika) ning uzviy qismi bolib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bolma-gan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tinish belgilari yozma nutqni togri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining ozaro logik-grammatik munosabatlarini korsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga oz yozma nutqini aniq, togri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, oquvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish belgi yozuvchi tomonidan qanday ma'no va vazifada qollangan bolsa, mazkur tinish belgi oquvchi tomonidan ham xuddi shunday vazifada tushuniladi.
Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashti-rish uchun qollaniladi" (Baduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining orinli qollanmasligi ma'lum bir sintaktik qurilmani ham mazmun, ham tuzilishii jihatidan ozgarib ketishiga olib keladi. Masalan, Afandi podshoga qarab: Siz axmoq odam emassiz, dedi (latifa) gapida axmoq sozidan keyin pauza berilib (tire yoki vergul qoyilib) oqilsa, gap podshoning aklliligi haqida emas, balki uning ham axmoq, ham yomon odamligi haqida boradi. Qir-adirda lola gulpar ochilgan (U.) gapida lola sozidan keyin vergul qoyilmasa, faqat lolalar ochilganligi; vergul qoyilsa, loladan tashqari boshqa gullar ham ochilganligi anglashiladi.
Tinish belgilari yozuvdan keyin paydo bolgan. Qadimgi yozuvlar piktografik (rasm yozuv), logografik (soz yozuv) shakllarida bolganli-gidan, punktuatsiyaga extiyoj sezilmagan. Punktuatsiya yozuvning keyingi taraqqiyotida shakllana boshlagan.
Yozuvning sintetik usulidan analitik yozuv usuliga otilishi, endi yozuvda grafemalarni belgilarni ajratish, bir harfli sozni kop harfli sozdan, sozni sozdan ajratish ehtiyojining tugilishi, fikrni mantiqli bayon qilish, maqsadni togri ifodalash zaruriyati kabilar bora-bora yozuvga ayrim ishoralarning kiritilishiga olib keldi. Qadimgi yozma matnlarda sozlar: a) bosh joy, interval (oraliq masofa), b) nuqtalar, v) ayrim belgilar (masalan, qizil rang) vositasida ajratilgan.
Orta Osiyoning qadimgi yozuvlarida ham (oromiy, turkiy runik kabi) ajratuvchi belgilar saqlangan, ancha faol qollanilgan, bularni shartli ravishda qadimgi yozuvlarga xos «punktuatsion» belgilar deyish mumkin.
Orta Osiyoda arab yozuvi maydonga kelgandan keyin, oromiy, turkiy runik kabi yozuvlardagi mavjud an'anaviy yozuv tizimi buziladi. Arab grafikasida yozuvning yordamchi elementi sifatida: a) ta'kid belgi-lari" tik togri chiziq, qizil va oq-qora ranglar; b) "ma'no belgilari" "Qur'on"dagi turish va determinativlar; v) "bezak belgilari" qollangan.
Demak, XIX asrning II yarmigacha arab grafikasidagi ozbek yozu-vida tinish belgilari bolmagan. Ozbek punktuatsiya tarixi, asosan, XIX asrning II yarmidan keyin boshlanganki, buning ob'yektiv va sub'yektiv tarixiy sabablari bor:
1. XIX asrning II yarmida Orta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilinishi Orta Osiyo xalqlari madaniyatining, jumladan, ozbek xalqi madaniyatining rivojlanishida omil boldi. Rossiya va u orqali boshqa Yevropa xalqlari bilan bolgan turli xil madaniy aloqalar yozuvda ham oz ifodasini topadi.
2. XIX asrning II yarmida Orta Osiyoda poligrafiyaning vujudga kelishi: bosmaxonalar, nashriyotlarning paydo bolishi, kitob, gazeta, jurnallarning nashr etilishi, ozbek adabiy tilining matbuot tili darajasiga kotarilishi yozuv madaniyatini, savodxonlikni tinish belgilari qollash ilmini shakllantirdi. Bunda 1917 yildan muntazam ravishda ikki tilda (ruscha va uzbekcha) nashr etilgan "Turkiston viloyatining gazeti" ham muhim ahamiyatga ega boldi.
3. Bu davrda tarjimachilik ishlari juda ravojlandi. Rus tilidan ozbek tiliga qilingan tarjima matnlarda, tabiiyki, tinish belgilari ozbekcha nushaga ham otdi.
4. Turkiy tillar, turkiy yozuvlar tadqiq qilina boshlandi: ilmiy asar-lar, grammatik qollanmalar paydo boldi. Turkologlar tomonidan tahlil qilingan ozbekcha matnlarda ham tinish belgilari qollanila boshlandi.
Bu holat keyinchalik ozbek yozuvida an'anaga aylandi. Shunday qilib, XX asr boshlarida ozbek punktuatsiyasi shakllanib yetdi.
Xususan, 1920 yillardan keyin barcha turkiy tillar bilan birga, ozbek grafikasining rivojida, xususan, orfografik va punktuatsion qoida-larning ishlanishida ozgarishlar roy berdi. Ozbek tiliga kopgina tinish belgilari (soroq, undov, qoshtirnoq, kop nuqta kabi) kiritirildi.
Punktuatsiya tilshunoslikning grafika sohasi bilan zich boglangan. Ma'lumki, grafika muayyan tilning yozuv tizimini bir butun holda, barcha belgilar yigindisini organuvchi soha, Shulardan tinish belgilar punktuatsiya tomonidan organilishidan qat'i nazar, keng ma'noda punktogrammalar ham grafikaning tarkibiy qismidir. Grafika tinish belgilaridan tashqari, raqamli, diakritik va tarnskripsion belgili kabi yozuvlarni ham oz ichiga oladi. Shunday bolsa ham, punktuatsiya oz organish ob'yekti va vazifasi jihatidan grafikadan, yozuvning boshqa belgili shakllaridan ajralib turadi.
Demak, grammalar (tinish belgilar) muayyan yozuv tizimining yordamchi, ayni paytda, zarur qimsi bolgan shartli belgilar yigindisidir.
Punktuatsiya orfografiya bilan aloqador. Orfofafiya sozlarning togri yozilishini organib, morfologiya bilan zich boglansa, punktuatsi-ya gaplarning togri tuzilishi, undagi fikrning togri ifodalanishi uchun xizmat qilib, sintaksis bilan zich boglanadi.
Masalan, soroq, undov, nuqta kabi tinish belgilaridan song gapning bosh harf bilan, ikki nuqta, nuqtali vergullardan keyin gapning kopincha kichik harf bilan yozilish holatlari punktuatsiya bilan orfografiyaning aloqadorligini korsatuvchi omildir. Bundan tashqari, savodxonlikni oshirishda orfografiya qanchalik ahamiyatga ega bolsa, punktuatsiya ham shuncha ahamiyatga egadir. Orfografiya ham, punktuatsiya ham grafik vositalar bolib, togri yozish togri tuzish, togri ifodalash haqidagi ta'limotdir.
Punktuatsiya uslubiyat bilan aloqador. Tinish belgilarining notogri qollanilishi gap mazmunida galizlik, mavhumlik va noaniqlikni keltirib chiqaradi. Masalan, Ey tabib, qoy, boqma dardim bedavolardan biri (Muq.) gapida uch holat bor: a) qoy sozidan keyin vergul oqilmasa, “tabib “qoyboqar”ga aylanadi; b) "dardim"dan keyin vergul qoyilsa, “dardim “boqma”ga boglanadi kesim+toldiruvchi (boqma dardimni) munosabati tugiladi; v) "boqma"dan keyin vergul qoyilsa, "ega+kesim" (dardim bedavolardan biri) tugiladi.
Punktuatsiya sintaksis bilan uzviy aloqador. Punktuatsion qoidalar sintaktik qonuniyatlar, me'yorlar asosida talqin qilinadi. Punktuatsiya qoidalarini sintaktik qonuniyatlarga boglab bayon qilishning oz ilmiy metodik asoslari va usullari bor. Punktuatsiya qoidalarini aniqlashda mazkur tilning barcha sintaktik, uslubiy xususiyatlari hisobga olinadi. Tinish belgilari qollashni gap qurilishi, uning grammatik-semantik shakllanishi boshqaradi. Masalan, Muhayyo, Surayyo, Ra'no, Muqaddas, Kozimni yashnatib, kiyibsiz atlas (X.Saloh) gapida vergul uch xil vazifada: 1) uyushgan undalmalarni biriktirish; 2) ularni gap bilan grammatik boglanmaganligi uchun gapdan ajratish; 3) oborotdagi qisqa pauzani qoplash uchun qollanilganki, buni shu gapning konkret sintaktik qurilishi taqozo qilgan.
Punktuatsiya sintaktik fonetika, gap ohangi bilan uzviy boglan-gan. Ohang (intonatsiya) ovozning rang-barang tovlanishi: tinch boshla-nishi, kotarilishi (kulminatsiyasi), pasayishi, susayishi, tinishi (uzilishi); tempi: tez va sekinligi, osoyishtaligi; sifati: choziq, qisqaligi, kuchli va kuchsizligi; davriy va davomliligi, takrorlanishi kabilarda korinadi.
Ohang juda murakkab bolib, urgu, pauzalar, melodika kabilar uning komponentlari hisoblanadi. Ohang gap mazmun-mundarijasining ajralmas qismi: usiz gap shakllanmaydi, gapning kommunikativ (aloqa-aralashuv) vazifasini ohang boshqaradi. Ohangning ozgarishi gapning mazmun va tuzilish jihatidan ozgarib ketishiga sabab boladi: mazmun farqlaydi, gap qayta shakllanadi. Quyidagi gaplarning ohangini qiyos-laylik:
1. Turgun ukam vrach boldi.
2. Turgun, ukam, vrach boldi. 3. Turgun ukam vrach boldi. 4. Turgun, ukam vrach boldi. 1-gapda Turgun bilan ukam ortasida pauza yoq: Turgun – aniq-lovchi, ukam ega; 2-gapda Turgun bilan ukam sanash ohangi bilan aytiladi: uyushiq egalar; 3-gapda "ukam" gapga nisbatan sal tez va pasayuvchi ohang bilan aytiladi: ajratilgan bolak; 4-gapda Turgun sozi murojaat ohangi bilan gapdan ajratilib, biroz pauza qilinadi: undalma.