QOSHTIRNOQ VA UNING QOLLANISH ORINLARI 1. Kochirma gap (nutq) qoshtirnoq ichiga olinadi: "Partov yer kopmi ? Qoriq qancha ?" dedi Nosirov. (A.Q.)
2. Havola, iqtiboslar qoshtirnoq bilan chegaralanadi: "Til jamiyat-ning eng muhim aloqa vositasidir", degan edi domlamiz. 3. Kochma ma'noda qollangan sozlar kesatiq yoki ozining odatdagi ma'nosidan boshqa xil ma'noda qollangan soz va iboralar qoshtirnoqqa olinadi: "Qalandarov "soyada osgan" raislardan", dedi Saida. (A.Q.) Siz ozingizga "ayol" deb qarasangiz, biz dodimizni kimga aytamiz. (A.Q.) Bu yil Mehri Zulfiqorovga, yangi yilda esa Zulfiqorov Mehrinisoga "qarashadigan" boldi. (A.Q.) Qirildi bir talay qoy, Bori-larga boldi "toy ". (U.)
4. Badiiy asar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, ashula, spektakl kabi-larning nomlari qoshtirnoqqa olinadi: "Otkan kunlar" romani Qodiriy ijodida alohida orin tutadi. (taqrizdan). Yigit gumbirlatib "Rohat"ni chalib yubordi. (O.) Jangda ham yodimda ..."Gulyor" (U.) Umida yangi kelgan "Guliston"ni varaqlab otirardi. (A.Q.)
5. Muassasa, tashkilot, korxona, fabrika, zavod, mehmonxona, do-kon kabilarning nomlari qoshtirnoqka olinadi: Arslonbek Qalandarov "Buston" kolxozining raisi. (A.Q.) "Interkontinental" mehmonxonasi Toshkentga kork bagishlab turibdi. 6. Orden, medal kabi unvonlar nomi qoshtirnoqka olinadi: Sobir Abdulla... ikki marta "Hurmat belgisi" ordeni va "Shavkatli mehnati uchun" medali bilan mukofotlandi. (G.Gulom soz boshisidan) Taniqli tilshunos olim, professor Shavkat Rahmatullayev “Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan. 7. Kashfiyotlar: osimlik, taom, kiyim-kechak; mashina, samolyot, televizor kabi maxsus atamalarning nomlari qoshtirnoqqa olinadi: U yuqoridan eshitilayotgan ovozning maqom va maromidan "Il" samolyoti uchayotganini darrov payqadi. (telejurnaldan) "Chust" doppisi hamma-ga yoqdi. "Charos" uzumi, "Neksiya, "Damas", "Tiko" mashinasi kabi. 8. Ichki monolog oziniki bolmagan kochirma gap qoshtirnoqqa olinadi: Saida bu ishni boshlaganiga poshaymonlik sezdi. "Nahotki, men ishni shunday, yana shu xilda boshlashim kerak bolsa". Bunaqada hali ish boshlamasdan oramizni buzib qoyaman-ku!..." (A.Q.)
9. Sinf, buyruq va qarorlarning ayrim bandlariga qoshib yoziladigan harflar qoshtirnoqqa olinadi: IX "A" sinf, 147-"A" sonli qaror, 18- moddaning "D" bandi kabilar.
10. Baho ballari qoshtirnoqqa olinadi: "besh", "tort", "uch", "ikki" yoki "a'lo", "yaxshi", "orta" ("qoniqarli"), "yomon" kabi. Unutib bolar-mi yarqiroq tabel Aqlimning kozgusi "besh" yakunlarin. (Y.Hamdam).
11. Matn ichida kelgan maqol va sarlavhalar qoshtirnoqqa olinadi: "Bahilning bogi kokarmas", degan gap bor(ogizdan) Maqolaga "Buston" deb sarlavha qoyilgan bolsa ham, lekin gap Qalandarov haqida ketar edi. (A.Q.)