QAVS VA UNING QOLLANISH ORINLARI Matn yoki gap bilan kuchsiz boglangan, tinch ohang, pasayuvchi ohang kirish ohangi bilan aytiladigan qoshimcha izoh anglatadigan qismlar qavsga olinadi: Eshon (niyati xolis ekan) ottiz ikki yoshida shunday xotinga, ya'ni mana shu Kifoyatxonga uchrabdi. (A.Q.)
Yana bir kun kechasi (Bilmam, oyning kechasi) Borilar uvullashdi, Shunday qilib, shu kecha (Aniq bilmadim necha) Qirildi bir talay qoy. (U.)
2. Remarkalar qavsga olinadi: Xonbobo: Bazm tarqalganda kelib-manda... (Kozi Qorabotirga tushadi). Kim bor.... (Yasovullar kiradi.) Olib chiqing. (S.Abd.)
3. Fikrning manbai yoki iqtibos muallifi matn ichida berilsa, qavsga olinadi: «Til aniqlashgan ongdir». (Fitrat)
4. Gazeta va jurnallardagi davomi bor, boshi jurnalning 2-sonida kabilar ham qavsga olinadi.
5. Fikrning noaniqligini korsatish, yoki aksincha, qatiyligini, tog-riligini ta'kidlash uchun soroq va undov belgilari matnda qavsga oralgan holda (?), (!) qollaniladi: Jonkash-jafokashligi boyi-basti (?) bilan, gozalligi va jondek soddaligi (!) bilan korindi. (gazetadan)
NUQTALI VERGUL VA UNING QOLLANISH ORINLARI 1. Mazmun va grammatik jihatidan bir-biriga nisbatan mustaqillikka ega bolgan qoshma gap komponentlari, sodda gap qismlari ortasida nuqtali vergul qollaniladi: Yulduzlar hali charaqlab turar, qirchshlama sovuq, lekin sharqdan osmon yorishib kelmoqda edi. (Asq.M.) Eshon Saidani qiygos pishgan olchalar oqarishib koringan binoga tomon boshlab bordi; chamadonni hujraning ostonasiga qoyib, yugurganicha qaytib ketdi. (A.Q.)
2. Gap qismlari, bolaklari guruhlanib, uyushib boglanganda ular ortasida nuqtali vergul qollaniladi: Derazalarga ip bilan osilgan oq krepdeshin pardalar salqi; derazaning chap tomoniga qoyilgan chiroyli yozuv stoli ustida kattakon sariq samovar, jumragiga rang-barang qogoz gullar taqilgan bir talay choynak, qopqogi tob tashlagan qizil patefon; stolga tirab qoyilgan qimmatbaho trilyaj, uning issiq choynak izlari qolgan tumbochkasida kerosin lampa, chaqilgan gugurt choplari, kattakon qizil sovun... (A.Q.) Otam... qoziqning uchi ham bolma, boshi ham bolma, ortasi bol; uchi bolsang, yerga kirasan, boshi bolsang toqmoq yeysan deganlar. (A.Q.)
3. Raqam yoki harflar bilan ifodalangan numerativlardagi gaplar oxiriga nuqtali vergul qoyiladi:
Saida obraziga xarakteristika: a) Saida kamtarin, sodda qiz; b) Saida ongining shakllanishi; v) Saida zamonaviy xotin- qizlarning yorqin timsoli; g) Xulosa.