KOP NUQTA VA UNING QOLLANISH ORINLARI 1. Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida kop nuqta fikrda uzilish borligini korsatadi va gapning oxirida yoki, umuman, u qoyilgan orinlarda uzun va ba'zan qisqa pauza boladi: Devorda viloyat xaritasi, tuman hududining rejasi turli-tuman chizgilar, foto xujjatlar... Hammasi ham unib osdi: biri kolxoz raisi, biri rayon madaniyat bolimining mudiri, biri deputat... Axir men... qolimdan kelmaydi. Ayol boshim bilan... dedi-yu, u yogini aytolmadi. (Misollar A.Qahhordan) Yo, Tohirga biror zahmat yetdimi... Yo... (S.Abd.)
2. Personajlarning turli his-hayajoni, emotsiyasini ifodalaydigan orinlarda kop nuqta qollaniladi: Hmm... dedi u va bir nima demoqchi bolib, fikr toplayotgan edi... (A.Q.) Saida... qop-qora va yopishqoq bir narsaga toyib yiqildi. Qon!... (A.Q.)
3. Matn yoki jumla qisqartirilsa, kop nuqta ishlatiladi. Bu holat havolalarda, kochirma nutqlarda kop uchraydi. Qiyoslaylik: Davlat hukumat vijdon erkinligining Konstitutsiyada belgilangan kafolatlariga ogishmay rioya qilinishini yoqlab, dindan jamiyat va shaxs manfaat-lariga zarar yetkazadigan holda foydalanishga orinishlarni qoralaydi. Hukumat... dindan jamiyat va shaxs manfaatlariga zarar yetkazadigan holda orinishlarni qoralaydi. (gazetadan)
4. Yozuvchi aytmoqchi bolgan, ammo yozma nutqda berilishi mumkin bolmagan orinlarda kop nuqtadan foydalaniladi: Muhabbat degan soz nimalarni niqoblamaydi: Ermak, hirs, jinoyat, ovunish... (Asq.M.) Luqmonchaga ojarlik qilmagandirsiz, farishtam, dedi Xoldor hansirab. Hadeb Luqmonchani gapiravermang. Olgiday zeriktirsa ham, tinchgina gaplashib otirardi. Siz bolsangiz... (Asq. M.) Esingdami, bugdoyzorda garam ichida... (E.V.) Bitta sozni hadeb hijjalab, Oxir dedi: fohisha, ... (H.O.)
5. Ona tili darsliklarida berilgan mashqlarda tushirib qoldirilgan va oquvchi tomonidan qayta tiklash kerak bolgan soz, grammatik elementlar, qoshimchalar orniga kop nutqda qoyiladi: Akam... kor-dim. // Akamni kordim. Salim... keldim. G'G' Salim bilan keldim kabi.