Dedi fe'li kochirma gapdan keyin kelgan muallif gapining kesimi vazifasida kelganda, ma'no va vazifasi jihatidan deb aytdi, deb soradi, deb gapirdi kabi deb+sozlash fe'llariga deyarli teng boladi. Bunda deb boglovchi emas, demoq fe'li vazifasini bajaradi.
Demoq sozi aslda muallif gapining kesimi bolsa ham, kochirma gap va muallif gapi borligini korsatsa ham, bora-bora kochirma gaplik xususiyatini yoqotgan sintaktik qurilmalarda boglovchilik vazifasini bajaradi. Yozuvda bunday gaplar kochirma gaplarga xos bolgan tinish belgilari bilan yozilmaydi. Bunday holda deb muallif gapining kesimi emas, ergash komponentning tarkibiy (formal) qismi hisoblanadi: Ular sizning oz bolalaringiz emas deb, hech kim aytolmaydi. (Asq.M.) Galaba guli sizga munosib deb, Ziyoda yonib turgan chinni gullarni qaytarib uzatdi. (Asq.M.)
2) Kochirma gap muallif gapidan keyin kelganda, muallif gapining tartibi odatdagicha boladi. Bunda muallif gapining kesimi, kopincha, aytdi, soradi, javob berdi, gapirdi, dedi, ba'zan shivirladi, oshqirdi, tutoqdi, baqirdi, oyladi kabi psixologik holatni anglatuvchi fe'llar bilan ifodalanadi: Hind dedi: "Aqlli odamlar uchun dostlikdan aziz hech narsa yoqdir". Barzuya dedi: "Dostlikning eng ulug sharti sir saqpamoqdir". ("K.D".) Qalandarov dongilladi: Saqich chaynasa chaynagandir, qiz bola, lekin boshqasidan xabarim yoq! (A.Q.)
3) Kochirma gap muallif gapining ortasida keladi. Bunda muallif gapining ega tarkibi kochirma gapdan oldin, kesim tarkibi kochirma gapdan keyin keladi. Ba'zan kesimga qarashli bolgan toldiruvchi va hol kochirma gapdan oldin ham keladi, lekin kesimning ozi doimo kochirma gapdan keyin keladi: Haydarov: "Nima balo, sahroda boshqa bir viloyat tuzish haqida gap ketayaptimi?",– deb qoyardi goho ozicha. (Asq.M.) Sayramov cholni ikki qoli bilan yengil, lekin samimiy ravishda sekin quchoqlab: –Hali konglingiz gunchaday yosh, bilaman, ota, dedi. (O.)
4) Kochirma gap muallif gapining har ikki tomonida keladi. Bunda muallif gapidagi bolaklarning tartibi kopincha invereiyaga uchraydi kesim tarkibi oldin, ega tarkibi keyin keladi: Hurmatli rayosat, hurmatli rais! deb boshladi Zargarov sozini, keyingi yillarda har kuni kombinatlar, konlar, shaharlar, yollar, kanallar, kommunikasiyalar qurilmoqda (As.M.) –Menimcha, ortoq Zargarovning takliflari hayotiy zaruratdan kelib chiqayapti, dedi Haydarov ornidan turib, agar sahroda u kishi tavsiflagan yagona territorial organ yuzaga kelsa, viloyat rahbariyatining ishiga katta yordam berardi. (Asq.M.)
Kochirma gapning muallif gapidan oldin, keyin, uning ortasida kelishi, muallif gapining kochirma gap ortasida qollanilish hollari uslubiy jihatdan farqli bolib, uni muayyan nutq qurilishi boshqaradi. Bundan tashqari, kochirma gapning muallif gapidan oldin, ortasida kelishi muallif gapidan keyin kelishiga qaraganda, faolroqdir. Muallif gapining kochirma gap oldida kelish holati eski adabiy uslubda, jonli tilda kop uchraydi.
Kochirma gap birdan ortiq shaxsning sozlashuvidan iborat bolsa, bunday kochirma gaplar muallif gapisiz dialog shaklda beriladi. Dialogik fikrning kimga qarashli ekanligini nutq jarayoni boshqaradi.
Xush, endi nima qilasiz? Bilmayman. Ma'lumotingiz bormi? Yetti yillik. Yana oqiysizmi? Nima edi, ishdan haydaysizlarmi? (A.Q.).
Jonli tilda, ba'zan adabiy tilda ham, ikki darajali kochirma gap yoki qosh kochirma gap uchraydi. Ya'ni, "kochirma gap+muallif gapi" shaklida tuzilgan kochirma gapli qurilmalar boshqa bir muallif gapi bilan birikib, kochirma gapli qoshma gapning murakkab turini hosil qiladi: Qodirov har bir ishga tajriba kozi bilan qarash kerak deydi, dedi Oyqiz. (O.) Aya, gapir, "Hali xirmon-xirmon gap bor degan eding", dedi Oktam. (O.) Chalasini kitobdan organdim-da, toppa-togri imtihonga bordim. "Molodes" deyishdi, dedi Egambyordi. (O.)
Yuqoridagi birinchi misolda uchta gap bor: "Har bir ishga tajriba kozi bilan qarash kerak" birinchi gap, "Qodirov deydi" ikkinchi gap, "dedi Oyqiz" uchinchi gap; birinchi gap ikkinchi gapga nisbatan kochirma gap, birinchi va ikkinchi gaplar uchinchi gapga nisbatan kochirma gap bolganligidan, qosh kochirma gap hosil bolgan.
Demak, bunday kochirma gaplarda birinchi darajali va ikkinchi darajali kochirma gaplar mavjud. Chizmasi:
Har bir ishga tajriba kozi dedi dedi
bilan qarash kerak Qodirov Oyqiz
Ozgalar gapining mazmuni saqlanib, grammatik shakli yoki gap-ning grammatik qurilishi ozgartirilib berilishi ozlashtirma gap deyiladi.
Ozlashtirma gap kochirma gapdan ohangi va ayrim fe'l shakllari-ning ishlatilmasligi bilan ham ajralib turadi. Kochirma gapda juda kop qollanadigan demoq fe'lining deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari ozlashtirma gapda deyarli qollanilmaydi. Uning ornida ozlashtirma gapda koproq aytmoq, gapirmoq, ta'kidlamoq fe'llari qollanadi: 1. Prezident Ziyoda boshliq laboratoriyada qandaydir favqulodda yangilik yuz berganini aytib, bugunoq yetib kelishi kerakligini yana bir bor ta'kidladi. 2. Haydarov tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poptaxtga yuborishga va'da qildi. (Asq.M.)
Birinchi gapning kochirma gap shakllari quyidagicha: Prezident aytdi va yana bir bor ta'kidladi: "Ziyoda boshliq laboratoriyada qandaydir favqolodda yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak. –Prezident: "Ziyoda boshliq laboratoriyada favqulodda qandaydir yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak", dedi va yana bir bor ta'kidladi. "Ziyoda boshliq laboratoriyada favqulodda qandaydir yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak", dedi prezident va yana bir bor ta'kidladi. Ikkinchi misolda Haydarov va'da qildi muallif gapi; tezlik bilan bir tadbir topib "tilla qiz"ni (Ziyodani demoqchi) bugunoq poytaxtga yuborishga ozlashtirma gap.
Bu gapning kochirma gap shakllari quyidagicha: Haydarov va'da qildi: "Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman". Haydarov: "Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman", dedi (deb va'da qildi). –Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman", dedi (deb va'da qildi) Haydarov. Kochirma gapli qurilmalar ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmunan birikuvi yoki mustaqilligini saqlagan holda qoshilishidan tashkil topsa, ozlashtirma gapli qurilmaning tarkibi birgina sodda gapdan iboratdir. Bunda muallif gapi mavjud bolib, ozlashtirma gap birikmali toldiruvchi shaklida boladi: Choy tayyor, yuvining dada, dedi Saodat (Asq.M.) Bu uch gapdan iborat kochirma gapli qurilmani ozlashtirma gapga aylantirsak, bitta sodda gap shakllanadi: Saodat dadasiga choy tayyorligini, yuvinishini aytdi. Agar ergash gapli qoshma gap kochirma gap shaklida bolsa, kopincha ergash gap (shart, ravish, tosiqsiz, payt, oxshatish, olchov-daraja kabi) ozgarmaydi, bosh gap ozlashtirma shaklini oladi: Qiyoslaylik: Mardonaqul aka, dedi Fotima, siz yerni agdarib, sahro changini kokka sovurmasangiz, konglingiz tinchimaydi. –Fotima Mardonaqul akaga yerni agdarib, sahro changini kokka sovurmasa, kongli tinchimasligini aytdi. Oq ovozi eshitilganda, biz hujumga otgan bolamiz, deyishdi partizanlar. –Partizanlar oq ovozi eshitilganda, hujumga otgan bolishlarini aytdilar. Kochirma gap ozlashtirma gapga aylantirilganda, uning shakligina emas, ba'an uslubiy xususiyatlari ham ozgaradi. Ayniqsa, sozlovchi-ning nutq jarayoniga turli munosabatini ifodalovchi ekspressiv xarak-terdagi sozlar, ayrim kirish sozlar, undovlar, masalan, axir, xosh, ha, yoq, xop, mayli kabi gap bilan boglanmagan elementlar, soz-gaplar, kopincha tushib qoladi: Xush, qanday yangiliklar bor, soradi Oktam. (O.) // Oktam qanday yangiliklar borligini soradi. He, raisimizning ozlariga oxshabdi-ku, dedi u. (A.Q.) //U raisimizning ozlariga oxshashligini aytdi. Undov gap, atov gap, ritorik soroq gap kabilarni ozlashtirma gapga deyarli aylantirib bolmaydi: Ana zamon! Ana hikmat! dedi "Sakson" ota yayrab kulib. (O.) Umida yalt etib Saidaga qaradi va quvnoq tovush bilan: Salom, Saidaxon! deb qol berdi, kolxoz kotibasi Umida! Umida Umarova! (A.Q.) Umida bilan istar-istimas, sovuqqonlik bilan kurishdi: Ha-a, ortoq Umarova, qadrdon, qanday shamol uchirdi? (A.Q.)
Kochirma gap ozlashtirma gapga aylantirilganda, kochirma gap-dagi fe'l kesimning zamoni deyarli ozgarmaydi: Idorada ishlayapman, –dedi Umida (A.Q.) // Umida idorada ishlayotganligini aytdi (hozirgi zamon); Idorada ishlaganman, dedi Umida. // Umida idorada ishla-ganligini aytdi (otgan zamon). Idorada ishlamoqchiman, dedi Umida // Umida idorada ishlamoqchi ekanligini aytdi (kelasi zamon).
Kochirma gapning sub'yekti birinchi shaxs kishilik olmoshi bilan, muallif gapining egasi esa har uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari (men, sen, u) bilan ifodalansa, ozlashtirma gap tarkibida kochirma gapning egasi qollanilmaydi: Men aytdim: (men) kitobni oqiyman. Sen aytding: (men) kitobni oqiyman. U aytdi: (men) kitobni oqiyman. Bu gaplarning ozlashtirma gap shakllari quyidagicha: Men kitobni oqishimni aytdim // Sen kitobni oqishingni aytding // U kitobni oqi-shini aytdi. Kochirma gapning egasi kishilik olmoshining koplik shakli bilan ifodalanganda ham, shunday boladi: