SHART ERGASH GAPLI QOSHMA GAP reja: 1. Shart ergash gapning ta'rifi.
2. Shart ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar va kompo-
nentlarning orinlashish tartibi.
3. Shart ergash gapli qoshma gapga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi voqea-hodisaning qanday shart bilan yuzaga kelishini ifodalaydigan ergash gap shart ergash gap deyiladi: Ogit solinsa, yer unumdor boladi gapida bosh gapdagi voqelikning bajarilishi ma'lum shartga, ergash gapdagi voqelikning yuzaga kelish-kelmasligiga asos-langan.
Shart ergash gaplar har uch zamonda aniq ravishda yuzaga keladigan harakatni yoki taxmin qilingan voqelikni ifodalaydi. Shunga kora shart ergash gaplar ikki turga ajratiladi: 1) aniq voqea-hodisani ifodalaydigan shart ergash gaplar; 2) moljallangan, taxmin qilingan (noaniq) voqea-hodisani ifodalovchi shart ergash gaplar.
Shart ergash gaplar aniq voqeani ifodalaganda, ergash gapdagi shart ("A") bosh gapdagi natija ("B") ni keltirib chiqaradi. Agar ergash gapdagi "A" bolmasa, bosh gapdagi "B" ham bolmaydi: Agar yerga ogit solinsa, hosil mol boladi "A" bolsa, "B" boladi. Yerga ogit solinmasa, hosil mol bolmaydi. "A" bolmasa, "B" bolmaydi.
Ergash gapdagi shart noaniq voqea ifodalaganda, ergash gapdagi voqeaning yuzaga kelmaganligini, uning faqatgina moljallanganligini, taxmin kilinganligini anglatadi: Qalandarov biroz sabr qilsa, ortiqcha sozga orin ham qolmas edi. (A.Q.) Xat orqali xabar bersangiz, men ham borgan bolarmidim (S.Zun.) Agar Bozorning aqli bolsa edi, men, senga oxshash kambagallar bilan maslahat qilar edi. (S.Ayn.)
Shart ergash gapda quyidagi holatlar ifodalanadi: 1) aniq shart: Sen kulmasang, kulmaydi bahor (Q.), 2) tanbeh, ogohlantirish: Ozgalar yuzin tomosha aylasam, chiqsin kozim (N.), 3) gumon, achinish, afsusla-nish: Pul tolasa, izvoshchi shundoq olib borib korsatib kela qolar (Asq.M.). Eh, yosh vaqtim bolsa, unda boshqa narsa der edim ("S.").
Shart ergash gapli qoshma gaplar quyidagi vositalar bilan yasaladi:
1. -sa+chi:Xop deya qolsa-chi, biz ketardik (Asq.M.).
2. bolmasa, yoqsa: Doim olga qarab harakat qil, bolmasa ish ongidan kelmaydi. (Asq.M.) Och darvozang, yoqsa boshing olaman (I.)
3. –sa+edi: Urush bolmasa edi, bugungi taraqqiyotimiz yanada yuqori bosqichda bolardi ("S.").
4. -gan+da (-gan+da edi). Bu shakl bilan hosil bolgan ergash gaplar shaklan payt ergash gapga oxshasa-da, mazmunan shart ergash gapdir. Bosh gapdagi fe'l kesimning zamoni (tugallanmagan otgan zamon) uning shart ergash gap ekanligini korsatib turadi. Ergash gapning tarkibida agar, mabodo, bordi-yu kabi sozlar kelganda, shart ma'nosi yana ham aniq korinadi: Agar shu tuproq bolmaganda edi, menda na yurak, na baxt, na oila bolar edi. Bordi-yu hamma bir-birining fikriga qoshila berganda, hech qanday korash ham bolmas edi (Asq.M.).
5. -r (-r) ekan, -gan ekan, emas ekan, -moqchi ekan:Modomiki, otam rahmatli va'da qilgan ekan, biz albatta u kishining orzusini amalga oshiramiz (O.). Modomiki, tarkibni kopaytirish mumkin emas ekan, shu tarkibning ozidan mumkin qadar koproq foydalanishga harakat qilishimiz kerak boladi (A.Q.). Nazokat ishingizga komaklashmoqchi ekan, xursand bolishingiz kerak (S.Zun.).
6. -mi: Kessondan havo chiqdimi, demak, suv opirib kiradi. (Asq.M.) Choy damladingmi, hidi gurkirab tursin. (H.G.) Intizom buzildimi, ishda unum bolmaydi. (U.)
7. -sa bor+mi: Inson bolasi jazm qilsa bormi, tog yorilib, yol beradi. (Asq.M.)
8. -ki: Bu shakl bilan birikkan qoshma gaplarda ahd kilish, qasam ichish, va'da berish ma'nolari ifodalanadi: Sening kozing surmasidan ayrilgan bu kozlarimga lahad tuproqlari tolsinki, bir odim sendan yiroq qolsam. (H.H.)
9. -may: Yer kokarmay, mol toymas. Jafo chekmay, jonona qayda, Toqqa chiqmay, dolana qayda (maqol).
10. -gan+dan keyin: Kol kalta bolgandan keyin, qayoqqa uza-tasan. (O.)
Shart ergash gap ehtimol, ajab emas, mayli, balli, qani (endi), bas, boldi, bolgani kabi soz-gaplarni izohlab keladi: Yuragimga ot solib yondirsang, mayli. (U.) Yuragimni berib ketsang, bas. (U.) Menga bir ishora qilsang, bolgani. (H.H.) Zamona oxir bir inqilob olsa, ajab ermas. (Zavqiy)
Ba'zan bosh gapdagi bas, boldi kabi sozlardan song shu sozlarni izohlovchi tuliq ikki tarkibli gap keltiriladi: Menga bitta ishora qilsa, bolgani, darrov oldiga boraman. Bosh gapga -sa, -sa edi, -sa+chi, -gan+da (edi), -r (-ar) ekan, -gan+dan keyin, bolmasa, yoqsa, -mi, -sa bormi, -maykabi yordam-chilar orqali birikkan shart ergash gap kopincha bosh gapdan oldin, biriktiruvchi shakllar ergash gap tarkibida, -ki bilan birikkan ergash gap bosh gapdan keyin, -ki bosh gap tarkibida qollaniladi.
Tahlil namunasi:
Til bolsaydi oz qalbining sirdoshi, Kesilmasdi til egasining boshi ("K.D".)
1) ikkita sodda gapdan tuzilgan,
2) birinchi komponent sabab ergash gap; ikkinchisi bosh gap,
3) ergash gap bosh gapga -saydi (-sa edi) boglovchisi orqali birikkan, boglovchi ergash gap tarkibida bolib, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi orinda kelgan,
4) chizmasi: -sa edi,