ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
reja:
1. Aniqlovchi ergash gapning ta'rifi.
2. Aniqlovchi ergash gapli qoshma gaplarda nisbiy olmoshlar.
3. Aniqlovchi ergash gaplarning bosh gapga biriktiruvchi vositalar
va kompenentlarning orinlashish tartibi.
4. Aniqlovchi ergash gapli qoshma gaplarga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchini yoki ifodalan-magan aniqlovchini izohlab, toldirib, keluvchi ergash gaplar aniqlovchi ergash gap deyiladi. Masalan, Ozbekiston shunday diyorki, fasllari gulga oralgan (U.) gapida ergash gap (fasllari gulga oralgan) bosh gapdagi aniqlovchi vazifasida qollanilgan shunday sozini izohlab, aniqlab kelgan. Bu hol qoshma gapni transformasiya qilganda yaqqol seziladi: bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan bolak (shunday) vazifasida endi aniqlovchi ergash gap (fasllari gulga oralgan) qollanil-gan boladi. Qiyoslang: Ozbekiston shunday diyorki, fasllari gulga oralgan. –Ozbekiston fasllari gulga oralgan diyor.
Bosh gap birinchi orinda kelganda, uning aniqlovchisi sifatida shunday, ba'zi bir xil, ayrim, bir, ba'zi bir, hech bir, shunday bir kabi nisbiy olmoshlar qollaniladi va bular ergash gap tomonidan aniq-lanadi.
Shunday: Sahro shunday olamki, ishchi qollar bolsa, hamma narsa bor. (Asq.M.) Hasad shunday otdirki, agar u tutasa, holu quruq birday yonadi. ("K.D.")
Shunday bir: Endi shunday bir hikoya aytib berki, unda doimo shoshiladigan, ishning orqa-ongini oylamasdan harakat qiladigan bir odamning ahvoli tasvir etilsin... ("K.D.")
Ba'zi, ba'zi bir, ayrim: Ba'zi bir rahbar xodimlarimiz borki, ular tanqiddan togri xulosa chiqarmaydilar. Ayrim ilmiy muassasalar borki, unda fan yutuqlarini ishlab chiqarishga faol tadbiq etish yomon yolga qoyilgan (gazeta).
Bir: Bir qizlarki, har biri bir parizod deysiz (O.). Bir olkaki, tuprogida oltin gullaydi. (O.) Bir vatanning oglimenkim, har taraf gul, lola, bog. (G.G.)
Dostları ilə paylaş: |