KO’P NUQTA VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI 1. Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida ko’p nuqta fikrda uzilish borligini ko’rsatadi va gapning oxirida yoki, umuman, u qo’yilgan o’rinlarda uzun va ba'zan qisqa pauza bo’ladi: Devorda viloyat xaritasi, tuman hududining rejasi turli-tuman chizgilar, foto xujjatlar... Hammasi ham unib o’sdi: biri kolxoz raisi, biri rayon madaniyat bo’limining mudiri, biri deputat... Axir men... qo’limdan kelmaydi. Ayol boshim bilan...– dedi-yu, u yog’ini aytolmadi. (Misollar A.Qahhordan) Yo, Tohirga biror zahmat yetdimi... Yo... (S.Abd.)
2. Personajlarning turli his-hayajoni, emotsiyasini ifodalaydigan o’rinlarda ko’p nuqta qo’llaniladi: Hmm... dedi u va bir nima demoqchi bo’lib, fikr to’playotgan edi... (A.Q.) Saida... qop-qora va yopishqoq bir narsaga toyib yiqildi. Qon!... (A.Q.)
3. Matn yoki jumla qisqartirilsa, ko’p nuqta ishlatiladi. Bu holat havolalarda, ko’chirma nutqlarda ko’p uchraydi. Qiyoslaylik: Davlat hukumat vijdon erkinligining Konstitutsiyada belgilangan kafolatlariga og’ishmay rioya qilinishini yoqlab, dindan jamiyat va shaxs manfaat-lariga zarar yetkazadigan holda foydalanishga o’rinishlarni qoralaydi. Hukumat... dindan jamiyat va shaxs manfaatlariga zarar yetkazadigan holda o’rinishlarni qoralaydi. (gazetadan)
4. Yozuvchi aytmoqchi bo’lgan, ammo yozma nutqda berilishi mumkin bo’lmagan o’rinlarda ko’p nuqtadan foydalaniladi: Muhabbat degan so’z nimalarni niqoblamaydi: Ermak, hirs, jinoyat, ovunish... (Asq.M.) Luqmonchaga o’jarlik qilmagandirsiz, farishtam, – dedi Xoldor hansirab. Hadeb Luqmonchani gapiravermang. O’lgiday zeriktirsa ham, tinchgina gaplashib o’tirardi. Siz bo’lsangiz... (Asq. M.) Esingdami, bug’doyzorda – g’aram ichida... (E.V.) Bitta so’zni hadeb hijjalab, Oxir dedi:– fohisha, ... (H.O.)
5. Ona tili darsliklarida berilgan mashqlarda tushirib qoldirilgan va o’quvchi tomonidan qayta tiklash kerak bo’lgan so’z, grammatik elementlar, qo’shimchalar o’rniga ko’p nutqda qo’yiladi: Akam... ko’r-dim. // Akamni ko’rdim. Salim... keldim. G'G' Salim bilan keldim kabi.