Jadid adabiyoti tarixi


-mavzu: Elbek (Mashriq Yunusov) hayoti va ijodi



Yüklə 197,08 Kb.
səhifə16/17
tarix16.10.2023
ölçüsü197,08 Kb.
#156280
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
portal.guldu.uz-Majmua

14-mavzu: Elbek (Mashriq Yunusov) hayoti va ijodi
Reja:

  1. Elbek hayotiy faoliyati.

  2. Elbek she’riyati

  3. Prozaik asarlari.



Tanyach so‘z va iboralar: masallar, she’riyat, proza, an’ana va o‘ziga xoslik, ijodiy ta’sir.


Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O‘zbekiston, 2008.

  2. Qosimov B. va b. Milliy uyg‘onish. – T.: Ma’naviyat, 2002.

  3. Elbek. Tanlangan asarlar. –T.: Sharq, 1999.



Nazorat savollari:

  1. Elbek qachon va qaerda tuG‘ildi?

  2. Elbek qaerlarda tahsil olgan?

  3. Elbekning qanday asarlarini bilasiz?

  4. She’riy masallar rivojida Elbekning qanday o‘rni bor?

  5. Elbek prozasi haqida nimalar bilasiz?

  6. Elbek ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini yoriting.



Darsning maqsadi: Elbek (Mashriq Yunusov) tarjimai holi, faoliyati, asarlari haqida magistrlarga ma’lumot berish. Elbek asarlarining jadid adabiyoti tarixidagi o‘rnini belgilash.
Elbek taxallusi bilan ijod qilgan Mashriq Yunusov 1898 yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Xumson qishlog‘ida tug‘ildi. Shoirning o‘zi tarjimai holida qayd etishicha 1905 yilda 7 yoshida qishloq maktabiga o‘qishga kirdi. Maktabda 4 yil o‘qib, o‘quv yozuvini o‘rgandi. Otasi ko‘pjonli oilani boqa olmadi. 1910-1911 yillarda boshqa aka-ukalari bilan uyni tashlab Toshkent shahriga kelishga majbur bo‘ldi. Kishilar eshigida qarol bo‘lib ishladi. Bu vaqtda Toshkentda jadid maktablari ko‘p edi. 1911 yilda Eski shaharda joylashgan Devonbegim mahallasidagi “Xoniy” maktabiga o‘qishga kirdi. Moddiy qiyinchilik tufaydi o‘qish bilan birga imorat ustalariga g‘isht tashib mardikorlik qilishgga majbur bo‘ldi.
Bolaligi inqilob arafasida og‘ir iqtisodiy sharoitda kechgan Elbek singari ziyolilar 1917 yil voqealariga katta umid bilan qaraganlar. Ularning 20-yillar arafasi va boshlarida etmi-esirlarga bolalar uylari, maktab va internatlar ochgan Sho‘ro hokimimyatining har bir tadbiriga to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi demay – qarsak chalgani, olqishlagani, faqat nekbin ruh bilan sug‘orilgan asarlar yozganining sababi shunda bo‘lsa kerak.
Elbek 1914 yilda Shayxontoxur dahasidagi Tarlovboshi mahallasida ochilgan 7 yillik maktabning 6-sinfiga o‘qishga kirib, 2 yillik tahsildan so‘ng muallimlik qila boshladi. Shu yillarda u ko‘p o‘qib adabiyotga, badiiy ijodga o‘zida asta sekin mayil uyg‘ona boshlaganligini sezdi. 1917 yildan boshlab she’rlar, hikoyalar yozdi. Til va imlo masalalari, pedagogika ishlariga qiziqqani holda maqola va asarlar yoza boshladi. 1919 yilda Toshkentdagi muallimlar uchun ochilgan 8 oylik kursda tahsil oldi.
Chindan ham, XIX asrning so‘nggi kunlari – XX asrning boshlarida dunyoga kelgan qaysi bir olim yoki shoirni ko‘z oldimizga keltirmaylik, uning biror dorilfununda o‘qimay yuqori darajaga erishganini ko‘rib hayratga tushamiz. Fitrat ham, Cho‘lpon ham, Elbek ham, boshqa shoir va adiblarimiz ham asosan xususiy mutolaa yo‘li bilan jahon madaniyati xazinasidan bahramand bo‘lganlar. Fitrat va Cho‘lponlar avlodiga xos xususiyatlardan yana biri shunda ediki, ular qanchalik mashaqqatli turmush kechirgan bo‘lmasinlar, qo‘llariga qalam olganlarida, shu mashaqqatli va bevafo dunyoning kirdikorlarini fosh qilinishi emas, balki o‘zlariga yashash, ishlash va kurashish uchun ruh bergan, ichki olamlarini nurlantirib yuborgan masalalarni ko‘tarishga jazm qilganlar. Elbek ham “O‘tmishim” (1929) degan kichik dostonida o‘sha mashaqqatli bolalik yillarini ko‘rsatdi.
Elbek, boshqa qalamkash do‘stlari singari, tarixnin burilish davrida yashadi. Ammo sho‘ro davlati idora etmoqchi bo‘lgan tarix g‘ildiragi etmish to‘rt yillik mustabid tuzum davrida boshqacha bir yo‘nalishda harakat etdi. Ammo 20-yillarda bolsheviklar boshlagan yo‘lning xalq va mamlakatni qaerga olib borish, ularning esa qanday sharoit ko‘rsatilishi masalasi noma’lum edi. Shuning uchun ham Elbek singari shoir va yozuvchilar 1917 yildan keyingi hayotni “yangi hayot” sifatida idrok etib, avvalgi turmushni “qora o‘tmish” sifatida tasvirlay boshlaganlar.
Elbekning 20-30-yillardagi ijodiy faoliyatini kuzatar ekanmiz, uning nazari tushmagan soha yo‘qligidan hayratga tushmay iloj yo‘q. U til va imlo masalalariga bag‘ishlangan maqolalari bilan birga o‘zbek tilshunosligining murakkab muammolarini tadqiq etuvchi asarlar ham yaratdi. Maktablar uchun “Yozuv yo‘llari” (1921), “O‘rnak”, “Boshlang‘ich maktabda ona tili” (1923), “O‘zbekcha o‘qish kotibi” (F.Sayfiy va Sharifxonov bilan hamkorlikda), “Go‘zal yozg‘ichlar” (1925) kabi o‘quv qo‘llanmalari va majmualarini chop etdi. Xalq oG‘zaki ijodi materiallarini to‘plash maqsadida 1921-22 yillarda Bo‘stonliq tumaniga, 1932 yilda Ohangaron va Chirchiq tumanlari hamda FarG‘ona vodiysiga ilmiy ekspeditsiya uyushtirgan. Bu ilmiy safarlar natijasida to‘plangan o‘zbek xalq qo‘shiqlari topishmoq va maqolalarini “Bilim” (1 va 3-sinflar uchun), “Ashulalar” (1934, 1935), “Laparlar”, “Ertaklar” (1935) to‘plamlarida e’lon qildi. I.A.Karimov, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, M.N.Tolstoy, N.A.Nekrasov, A.P.Chexovdan tortib M.Gorkiy, D.Bedniy, V.Mayakovsiyga qadar bo‘lgan rus yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
1921 yilda Elbekning “Armug‘on” masalalar to‘plami nashr etildi. 30 yillarning o‘rtalarida tugallangan “Tozagul” she’riy romani esa uning so‘nggi asari bo‘ldi. Elbek 15-16 yilni tashkil etgan ana shu vaqt oraliG‘ida “Yolqinlar”, “Ko‘zgu”, “Sezgilar”, “Bahor”, “Mehnat kuylari” kabi 9 ta she’riy kitobini, “Anorgul”, “Go‘zal qiz”, “Turkiston”, “O‘tmishim” singari 12 dostonini, shuningdek, “Qo‘shchi Turg‘un”, “Dodamat” hikoyalar to‘plamini e’lon qildi. Bu asarlarning askari yosh avlodga bag‘ishlangan. Shoirning “Armug‘on” masalalar to‘plamidagi “Qaysi bizi bo‘ri?” masalida shunday voqea tasvirlanadi: bo‘rining qo‘lga tushib qolgan qo‘y qanchalik urinmasin, yirtqichdek rahmdil bo‘lishini qanchalik so‘ramasin, ozod bo‘lishni imkoni bo‘lmaydi. Ammo shu payt kutilmaganda odam kelib qoladi. Bo‘ri o‘ljasini tishlab qochadi. Qo‘y bo‘ridan qutilganidan behad xursand. Ammo...
Ul kishi ham qo‘yni uyga keltirib,
Pichoq bilan qo‘ydi uni tez so‘yib.
Munga qo‘yning ikki ko‘zi termulib,
Joni tipirchilab, joni ham kuyib
Aytar edi ul kishini: “Ey kishi,
Bo‘rimi yo, aytgil, endi kim vahshiy?
Qutqarding sen meni o‘lim ilgidan,
Hamda qo‘rqing shu o‘limning vahmidan
Endi so‘ng o‘zing bo‘ridan-da o‘zdirding,
Ko‘rdim, endi chin bo‘ri ham sen bo‘ding?”

Bu masal yozilgan 1921 yilda o‘zbek xalqi chor hokimiyati zulmidan qutulib, bolsheviklarga tutilgan, bolsheviklar esa 1918 yil fevralida doshnoqlar yordamida minglab vatandoshlarimizni bo‘g‘izlagan edilar.


Elbek mazkur masalda ana shu tarixiy voqeani majoziy obrazlar yordamida tasvirlab, kim bo‘ri ekanligini aniqlashni kitobxonning o‘ziga havola etadi. Ana shunday katta ijtimoiy mazmun singgan she’rlar Elbek ijodida oz emas. Elbekning “Qo‘shchi Turg‘un hikoyasida tasvirlangan Turg‘un er islohotining farzandi. U mehnatsevar, qo‘li gul, ko‘zlari hayotga doimo umid bilan qaraydigan yigit Yozuvchi bu obrazda o‘zining insoniy sifatlarini, mehnatga, ijodga tashnaligini tasvirlagan. Shoir bolsheviklar idora qilayotgan mamlakatning kelajagi, shu jumladan, o‘zbek xalqining ham faravon va dorilomon zamonlarga etishi va emin-erkin yashashiga ishongan bo‘lsa ham holva bilan og‘iz chuchumasligini yaxshi bilgan. U har bir so‘zini “yaxshi tilak – yarti mol”, deb boshlovchi kishilarga bag‘ishlangan “Tilak” she’rida bunday fikrni olg‘a surgan:
Tila tilak, bizning tilak:
Tilak bilan o‘ynar yurak.
Quruq tilk kimga kerak?
Tilak uchun sinsin bilak.

Elbekning 20 yillar avvalida Cho‘lponona ruh bilan to‘yingan “Qurolga” nomli she’rida hattoki o‘zi istamagan holda vatandoshlarini bolshevizmga qarshi kurashga chorlagandek bo‘ladi:


Qurol, oh! Qandayin go‘zal bir so‘z,
Ol qo‘lingga sen uni, ey boyqush!
Sen yiqilding bu kun zavolli yigit,
Sababini bilmas esang, tingla eshit!
Dunyoda barmog‘ingni saqlar esang,
Xo‘r bo‘lub tepki ichra qolmas esang,
Ol shuni qo‘lga, turma, tezda ol!
Shundadir baxt, shundadir iqbol.

Cho‘lpon va Fitratlar avlodining qaysi bir vakiliga nazar tashlamaylik, ularning har biri o‘z ovoziga, o‘zining ijodiy uslubiga egaligi, faqat o‘ziga, dunyoqarashiga, ijodiy kredosiga yaqin mavzularda asarlar yozganligi kundek ravshan bo‘ladi. Shu ma’noda Elbek jadid adabiyotining o‘ziga xos va milliy namoyandalaridan biridir.


Zahmatkashlar 1937 yilning qatag‘on muhitida “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, 12 yillik qamoq muddatini o‘tishi uchun Kalimoga yuborilgan va 1939 yil 11 fevralda Magadandagi Nogironlar shaharchasida vafot etgan.
Mustaqil ish topshiriqlari va ko‘rib chiqiladigan masalalar

1. Behbudiyning adabiy-estetik qarashlari. «Tanqid saralamokdur» maqolasini o‘rganish va bugungi tanqidchilikka qiyoslash. «Teatr nadur» maqolasini konspekt qilish va usha davr teatr sanatining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.


2. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston» asarini Sa’diyning «Guliston» asari bilan qiyosiy o‘rganish, An’ana va yangilanishlarni aniqlash.
Avloniy asaridan Vatan, millat taqdiri va istiqloliga oid parchalarni konspekt kilish va bugungi milliy g‘oya xamda mafkuraga taqqoslab taxlil qilish.
3. Sirojiddin Sidqiyning «Sad irshodi mullo Sidkiy Xondayliqiy» asari bo‘yicha referat yozish. Sidqiy hikmatlarining xalq og‘zaki ijodidagi variantlarini topish hamda mustaqil yaratilgan hikmatlarni aniqlash.
4. Fitratning «Mirrix yulduziga» she’rini yodlash. Undagi sifatlash, o‘xshatish, metafora, metonimiya, sinekdoxa va ramzlarni aniqlash va ular bajarib kelgan nazmiy yukni baholash.
5. Xamzaning «Yig‘la, Turkiston» she’ri poetikasi. She’rdagi milliy uyg‘onish g‘oyalari aks etgan baytlarni aniqlash. Poetik obrazlar: an’anaviy va yangi nazmiy obrazlarni belgilab, ma’nolarini sharxlash. She’rdan parcha yodlash.
6. «O‘tkan kunlar» romanida istiqlol pafosi. Roman pafosini o‘rganishdagi xilma-xilliklar. Istiqlol g‘oyasi uning bosh pafosi ekani. Mustakillikka intilish orzulari ifodalangan matnni aniqlab, konspekt qilish. Matndagi ifodali iboralarni taxlil va talqin qilish.
7. Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidagi Miryoqub monologini konspekt qilish va parcha yodlash. Monologdagi psixologizmni aniqlash. Psixologizm Miryoqub ichki olami ko‘zgusi ekanini baxolash.
8. Cho‘lponning «Qor qo‘ynida lola» xikoyasidagi detal va tafsilotlarni aniqlab chiqish. Badiiy detalning obraz yaratishdagi vazifasi aniqlanadi, tafsilotning mantikiy jihati izoxlanadi.



Yüklə 197,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin