Jadid adabiyoti tarixi


-mavzu: Tavallo hayoti va ijodi. O‘zbek jadid adabiyotida ijtimoiy tahlil



Yüklə 197,08 Kb.
səhifə14/17
tarix16.10.2023
ölçüsü197,08 Kb.
#156280
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
portal.guldu.uz-Majmua

12-mavzu: Tavallo hayoti va ijodi. O‘zbek jadid adabiyotida ijtimoiy tahlil
Reja:

  1. Tavallo tarjimai holi

  2. Tavalloning adabiy merosi.

  3. G‘azaliyotining mavzu va obrazlari.

  4. O‘zbek jadid she’riyatida ijtimoiy tahlil.



Tayanch so‘z va iboralar: G‘azaliyot, musiqiylik, she’riy san’atlar, mavzu va obrazlar, ijtimoiy tahlil.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O‘zbekiston, 2008.

  2. Qosimov B. Milliy uyg‘onish. –T.: Ma’naviyat, 2002.

  3. Tavallo. Ravnaqul islom. –T.: Fan, 1993.



Nazorat savollari:

  1. Tavallo qaerlarda tahsil olgan?

  2. Tavalloning qanday asarlarini bilasiz?

  3. Tavallo ijodining o‘zbek she’riyati rivojidagi o‘rni haqida ma’lumot bering.

  4. Tavallo qanday ayblar bilan qamoqqa olindi?

  5. Tavallo she’riyatining mavzu va obrazlarini yoriting.

  6. O‘zbek jadid adabiyotida ijtimoiy tahlil haqida nimalar bilasiz?



Darsning maqsadi: Tavallo ijodining jadid adabiyoti tarixidagi o‘nnini ko‘rsatish. O‘zbek jadid adabiyotida ijtimoiy tahlilning o‘rnini yoritish.
Shoir Tavalloning ismi sharifi To‘lagan Xo‘jamyorov bo‘lib, XX asr boshida Toshkent adabiy muhitining vakilidir. Bo‘lajak shoir 1883 yilda Ko‘kcha dahasida Obi Nazar mahallasida o‘ziga to‘q Xo‘jamyor Jiyanboev oilasida dunyoga keldi. Eski maktabda savod chiqardi. “Beklarbegi” madrasasida rus-tuzem maktabida o‘qidi. Mol savdosi bilan shuG‘ullanadigan Xo‘jamyor akaning Avliyoota, Prejvols shaharlari bilan yaqin aloqalari bor edi. 17 yoshli To‘lagan 1900 otasining maslahati bilan Prejvols shahriga borib, Usmonjon Solihjonboev degan kishining qo‘lida ish yurituvchi (prikazchik) bo‘lib ishlay boshladi. 1909 yilda shoirning otasi vafot etadi. Ko‘p o‘tmay To‘lagan Toshkentga qaytadi. Shahar savdo shirkatlaridan birida ish yurituvchilik qila boshlaydi. Oilali bo‘ladi, 2 qiz ko‘radi. So‘ng Maqsud, Mahmud ismli o‘G‘illar ko‘radi. 10-yillarda vaqtli matbuotda “Tavallo” taxallusi bilan she’r va maqolalari bosila boshlaydi. 1914 yilda Toshkentda nashriyot shirkati tuzib, kitob chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. 1915 yilda esa Avloniylar tashabbusi bilan tuzilgan “Turon” jamiyatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Lekin asl kasbi savdo ishlaridan uzilib ketmaydi. 1918-19 yillarda Toshkentning dastlab Eski shahar, so‘ng yangi shahar ijroya qo‘mitalariga a’zo bo‘lgan. 1919 yilda partiyaga kirib Iskoga xizmatga olingan 1924 yilda kasaba uyushmasiga ishga o‘tadi. 1925-26 yillarda Toshkent sanoat birlashmasi hunarmandchilik sanoati kasaba uyushmasi raisi bo‘lib ishlaydi. 1927 yilda 23 oktyabrda moliyaviy kamomad aybi bilan partiyadan o‘chirilib, 5 yil qamoqqa hukm qilinadi. Biroq, 1928 yilda 11 yanvarida aybi isbotlanmaganligi sababli ozod etiladi.
1937 yil 14 yanvarda Tavallo “aksininqilobiy”, “Turon”, “Sho‘royi islom”, “Ittihodi taraqqiy”, “Milliy ibtiqod”, “Milliy istiqlol” tashkilotlarining a’zosi, “Millionerning o‘G‘li”, “She’rlarida millatchilik g‘oyalarini ilgari surgan” yanada ayblanib, qamoqqa olinadi. Tavallo 1919 yilda Osipov qo‘zg‘olonida qatnashganlikda ham ayblanadi. 1937 yil 19 oktyabrda NKVD qoshidagi uchlik majlisida Tavallo otib o‘ldirishga hukm etildi. Hukm shu yilning 10 noyabrida ijro etildi. Adib 1968 yil 18 oktyabrda oqlandi, M.Zokirov, O.Sharafiddinovning “Tirik sabrlar” kitobida (1968 yil) uning asarlari ilk bor nashr etildi. Shoir ijodini baholashda asosiy manba “Ravnaqul islom” bo‘lib, 70 tacha she’rni o‘z ichiga olgan. To‘plamdagi she’rlarda turkchilik, islomchilik ruhi ustuvorlik qiladi. Vazni aruzda. Biroq mazmunan yangi bo‘lib Turkistonni qoplangan jaholat va nodonlik, tutqunlik va turG‘unlik haqida shoir birinchi navbatda, zamon hodisalaridan ilhom va ta’sir oladi. Shuningdek, shoirning so‘nggi davr turk, tatar, ozarbayjon shoirlarining she’rlari bilan ham yaxshi tanish ekanligi bilinadi. Tavallo har bir she’r millat, uning shu kundagi axvoli, jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, tarixi va taqdiriga boG‘lanadi. Shoir jahonning, chunonchi Ovrupa va Amerika xalqlarining taraqqiyot asridagi hayotiga nazar tashlaydi. Bir tomonda ilm-fan, texnika yangiliklarini turmushga joriy etib, oG‘irini engil, hayotini faravon qilayotgan millatlar, ikkinchi tomondan Odam Atodan kelayotgan, allaqachon eskirib ishdan chiqqan ishlab chiqarish usuli va vositalariga mahkam yopishib, dunyoni shuni so‘nggi mo‘’jizadek ushlab olgan Turkiston. Shoir har ikkisini muqoyasa qiladi. Bu muqoyasa esa hajviy mazmun tashiydi.
Osmondagi sayyoralar, boqg‘il, qayong‘a boralar,
Ey nafs ila avvoralar, nechun bilolmaysan hanuz?
Simsiz birovlar so‘zlashub, millat g‘amini o‘ylashuv,
Yurganda siz to‘y-to‘ylashib, hech bir uyolmaysiz hanuz.
Askar otib bil, Zambarak, borlarni qildi bedarak,
Siz bog‘da cholub tortarak, sabqon, otolmaysiz hanuz.

Xalq ommasining mustamlakachilik zulmi va zulmatidan xira tortgan ko‘zlarini ochish, uning so‘nggi asrlarda o‘z qa’riga tortgan qoloqlik muhitidan xalos etish uchun avvalo o‘zi kechirayotgan turmushning anyachli manzaralarini, o‘zining nochor ahvolini, elu yurtni chirmab tashlagan jaholat va nodonlik illatlarini unga yaqqol ko‘rsatish lozim edi.


Tavallo, boshqa jadid shoilari singari, nafaqat Rossiya, balki Yevropa xalqlari hayotidan, shu mamlakatlardagi ilmiy va madaniy hayot yangiliklaridan yaxshi xabardor bo‘lgan. Shuning uchun ham u Turkiston xalqining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy qoloqlikda yashayotgan bilan aslo murosa qila olmadi.
1917 yil fevral inqilob natijasida “oq podsho” taxtdan ag‘darildi: jadidlar orzu qilgan kuch etib keldi. Ammo sopqon otishni ham bilmagan, to‘y-to‘ylashidan boshqa dardi, orzu-havasi bo‘lmagan xalq, yana qul bo‘lib qoldi. “Oq podsho” o‘rniga “qizil podshochalar” bolsheviklar keldi.
Tavallo “Yevropaliklar hunari birlan bizning hunarimizning farqi” degan hajviyasida bunday yozdi:
Evropa ahli, siz quloq tutingiz,
Biz hunarlar yozub tonushtiramiz
Kelturung zambarak, qurol necha xil,
Bizni sopqon ila otushtiramiz.
Aftomobil arobangiz qayda
Ho‘qand aroba bilan chopushtiramiz

1917 yil voqealaridan keyin Turkistonda turli siyosiy partiyalar maydonga keldi. Ayrim jadidlar qatori Tavallo ham so‘l eserlar partiyasi dasturini xalq manfaatiga yaqin hisoblab, shu partiyaga a’zo bo‘lib kirdi. Ammo u 1918 yildayoq eserlar bilan kelisha olmasligini sezib, ular partiyasidan bosh olib chiqdi.


Tavallo 1935 yildan boshlab bir qancha muddat eski-tuski nashrlarni yiG‘ib ularni qayta ishlovchi korxonalarga etkazib beruvchi tashkilotda ishladi. Kuni kecha o‘z she’rlari bilan xalq o‘rtasida katta obro‘-e’tibor qozongan iste’doddan shoir ana shu tarzida so‘nib, so‘nibgina emas, xor bo‘lib yashadi. Jamiyat o‘rtasidagi qadr-qimmatini yo‘qotgan Tavallo, ayniqsa, sevimli farzandining vafot etganidan keyin alamidan ichkilikka berildi.
Tavallo 20-30-yillarda ham hajviy she’rlar yozishdan davom etgan bo‘lsa-da, “Mushtum” jurnalida “Mag‘zava” taxallusi bilan e’lon qilgan she’rlarida aks etdi.
Shoirning sevimli mavzularidan biri hurriyat edi. U inson erkini har narsadan ustun qo‘ydi. Uning talqinidagi erkning ma’nosi g‘oyat keng. Bu erk siyosiy, iqtisodiy mustaqillikdagi tortib nafsga, huzur-halovatga, qullikdan ozod bo‘lishgan o‘z ichiga qamrab oladi. U xotin-qizlar hurriyatiga keng e’tibor berdi.
Shoirning bir qator she’rlarida davr yangiliklari voqealari haqida. Masalan, “Oyna” jurnalining (1913), “Sadoyi Turkiston” gazetasining (1914), Qors (Turkiya)dagi zilzila (1914), Birinchi jahon urushi va u bilan boG‘liq hodisalar Tavallo diqqatidan chetda qolgan emas. O‘zbek teatrining maydonga kelishi voqealariga baG‘ishlangan bir elga, to‘rt she’r bor. Shundan biri bevosita ilk o‘zbek teatr tomoshasi 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi “Koliziy” teatrida Avloniy truppasi tomonidan Behbudiyning “Padarkush” dramasi qo‘yilishiga bag‘ishlangan.
Tavallo mashhur tatar shoiri Abdulla To‘qay vafotining bir yilligiga bag‘ishlangan she’rida dil orzularina izhor etib, bunday yozgan edi:
Har zamon dod aylanarman she’ra tanqid aylanib,
Avf qilg‘il, yozaman tutganda majnuniyatim.
Har zamon yod etsa millat bizni Abdullodek,
Shul menga iqbolu maqsad, baxtu mas’uliyatim.
Millatim, millatim, bir yaxshi xizmat qilmadim,
Qil sado, boshimga kel, ketsun boshimdan g‘aflatim.

Shoirning bir armoni O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan kunlarda ro‘yobga chiqdi.


O‘zbek jadid adabiyotida ijtimoiy tahlil barcha tur va janrlardagi asarlarda ko‘zga tashlanadi. Jadidlar jamiyat hayotini doimo tahlil etdilar. Dolzarb masalalarga diqqatni qaratib, tahlil etdilar, fikrlarini bildirdilar.


Yüklə 197,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin