Jahon adabiyoti tarixi


Nemis tanqidiy realizm adabiyotining o‘ziga xosligi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə117/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   183
Nemis tanqidiy realizm adabiyotining o‘ziga xosligi. XIX asrning 30-40 yillarida Germaniyada ijtimoiy-siyosiy yuksalish boshlandi. Mamlakat 18 ta feodal davlatga bo‘linishiga qaramay, mashinasozlik sanoati va qishloq xo‘jaligi jadal suratlar bilan rivojlandi. San'atda, jumladan, adabiyotda ham XIX asrning boshlarida yetakchilik qilgan romantizm o‘rnini realizm egallay boshladi(Hayne, Byuxner, Veert, Gerveg, Feyligrat).
30-yillarda “Yosh Germaniya”(Gutskov, Vinbarg, Laube, Kyune, Mundt) harakati shakllandi va ular tashkiliy birlashmagan bo‘lsa-da, “Yosh Germaniya” chilarni estetik qarashlari, mavjud tuzumga salbiy munosabatlari birlashtirib turar edi.
H.Hayne (1797-1856) ijodi. Buyuk nemis shoiri va mutafakkiri Hayone Dyusseldorf shahrida yahudiy savdogar oilasida duyoga keldi. Shahardagi litseyni tugatgach, 1819-yildan Bonn, Gettingen va Berlin universitetlarida o‘qidi. Huquqshunoslik diplomini olgan bo‘lsa-da, bu sohada ishlamadi. Shoirning ilk ne'ri Gamburg shahridagi jurnalda chop etildi.
1827-yili Haynening ko‘p yillik mehnati samarasi bo‘lgan “Qo‘shiqlar kitobi” lirik she'rlar to‘plami nashrdan chiqdi. To‘plab: “Yoshlik iztiroblari”, “Lirik intermetsso”, “Vatanga qaytish” hamda ikki qismli “Shimoliy dengiz” deb nomlangan besh qismdan iborat.
“Yoshlik iztiroblari”da shoir ma'shuqasining bevafoligidan chuqur iztirobda qolgan yosh yigit obrazi orqali nemis yoshlarining tipik vakilini tasvirlaydi.
Ular meni qiynaydi rosa,
Qon qolmadi rangu-ro‘yimda,
Ba'zilar sevgandan bo‘lsa,
Ba'zilari dushmanligidan.


Ular og‘u qo‘shdi oshimga,
Ular qo‘shdi suvga ham zahar,
Ba'zisi do‘st, keldi qoshimga,
Ba'zilari dushmandan battar.


Lekin o‘sha dilbarki-dilbar,
Sitamidan hanuz dil nolon,
Yomonlik ham qilmadi menga,
Ham sevmadi meni hech qachon.
1830-yili shoirning ikkinchi yirik asari “Yo‘l lavhalari” ocherklar to‘plami bosib chiqarildi. Bu to‘plam muallifning g‘oyaviy-siyosiy jihatdan yetilib borayotganini ko‘rsatdi. “Yo‘l lavhalari” Germaniyaning yevropa davlatlariga nisbatan hali ham qoloq, tarqoq ekanini ta'kidladi.
Shoir Germaniya bo‘ylab qilgan sayohatini ocherklar shaklida yozib, feodal tartiblarini keskin tanqid ostiga oladi. To‘plamda xalq afsonalari, mubolag‘a va romantik bo‘yoqlardan keng foydalaniladi, Garsning go‘zal manzarasi, nemis zaminining o‘ziga xos milliy rang-barangligi katta mahorat bilan chizib beriladi.
1830-yili Fransiyada bo‘lib o‘tgan Iyul inqilobidan keyin Hayne Parijga keladi va umrining yigirma besh yilini(1831-1856) shu yerda o‘tkazadi. 1833-yili uning “Romantik maktab” kitobi nashrdan chiqdi. Asar adabiyot muammolari va estetik qarashlarga bag‘ishlangan bo‘lib, Hayne nemis romantizmi manbalari, uning nazariyasi va amaliy qo‘llanishi masalalarini tahlil qiladi. Muallifning fikricha, romantiklar o‘rta asr adabiyoti an'analarini davom ettirdilar. XVIII va XIX asrlar nemis adabiyotini sharhlar ekan, u Shiller va Lessing ijodini yuqori baholadi, chunki Shiller o‘z asarlari bilan faol kurashga chorlagan bo‘lsa, Lessing buyue g‘oyalarni madh etdi, “fikrlar Bastiliyasini vayron qilib, erk qasrini qurishda ishtirok etdi”.
Haynening 1839-44 yillarda yozilgan she'rlari “Zamonaviy she'rlar”(1844) to‘plamiga jamlandi. “Qo‘shiqlar kitobi”dagi lirik ohanglar ushbu to‘plamda jangovorlik ruhi bilan almashdi. Shoir o‘zining “qasoskor qo‘rg‘oshinlarini” dushmanlarining “qappaygan razil qorinlariga” qaratdi, xalqni mavjud tuzumga qarshi murosasiz kurashga chaqirdi( “Tashlandiq bola”, “Doktrina”, “To‘xta!”). “Tashlandiq bola” she'rida u prusslarning Gogensollern sulolasi vakilini haromzoda, pastkash, vahshiy deb ataydi:
Gazandaning nomin aytish shart emas, -
U ablahni g‘arq qil, yo o‘tda yoq, gunoh bo‘lmas!
Tashlandiq Gogensollern umumlashma obraz bo‘lib, unda nemis qirollarining barcha qusurlari o‘z aksini topgan.
To‘plamga kiritilgan “Teskari dunyo” she'rida shoir ironiya(kinoya)dan ustalik bilan foydalanib, xalq dushmanlarini fosh etadi:
Oshpazlarni buzoqchalar pishirar,
Ayollarni govmushlar sog‘ar;
Ilmu-fan, ziyo uchun, ey voh,
Nasroniy ukkilar janggohga borar.
Haynening satirik she'rlari o‘zining aniq yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. “Xitoy bog‘dixoni”, “Yangi Aleksandr”, “Siyosiy shoir”, “Tungi qorovulga” she'rlarida nemis knyazlari, liberallari tanqid qilinadi. Masalan, Xitoy ismperatori obrazida zamondoshlari pruss qiroli Fridrix Vilgelm Gogensollern IV ni osongina tanidilar:
Isyonkor ruh yo‘qoldi butkul.
Hamma majbur qichqirar bardam:
Bizga nechuk konstitutsiya?
Bizga kaltak, kerakdir kaltak”.
1844-yili Haynening “Germaniya. Qish ertagi” poemasi yaratildi. Shoirning o‘zi uni “Siyosiy-romantik” janrda yozilgan deb aytgan. Asarda Germaniyaning 1848-1849 yillar arafasidagi vaziyati tasvirlanadi. Shoir ijodining yuqori chshqqisi bo‘lgan bu doston Vatan ozodligi, kelajagi haqida yozilgan. “Germaniya. Qish ertagi” chuqur umumlshmalar dostoni. Asarning mohiyati ikki majoziy obraz orqali ochib berilgan: birinchisi – “Jirkanch qush” pruss burguti, eski jamiyat ramzi bo‘lsa, ikkinchisi, shoirning doimiy hamrohi bo‘lgan “bolta ko‘targan odam” ya'ni, xalq ramzi. Asar chinakam xalqchillik ruhida yozilgan. Xalq afsonalari, tarixiy voqealar tavsifi birin-ketin almashib turadi. Shoir Vatani sarhadlariga qadam qo‘yar ekan, ona tilisini eshitib ko‘zlaridan o‘t chaqnaydi, xursandchilikdan yuragi to‘lib-toshadi.
Doston alohida yo‘l manzaralari tasvirlangan boblardan iborat bo‘lsa ham, g‘oyaviy-badiiy jihatdan butun asar. Barcha fragmentlar asosiy qahramon – sayyoh-shoirning lirik kechinmalari va tanqidiy mushohadalari bilan birlashtirilgan. Asarda lirika, epos va publitsistika uzviy bog‘langan, unda uchraydigan ko‘plab tabiat manzaralari tasviri ijtimoiy-siyosiy ma'noga ega.
H.Hayne uzoq davom etgan kasallikdan keyin 1856-yili Parijda vafot etdi. Hayne she'riyatining bir qismi o‘zbek tiliga o‘girilgan. Oybek, Mirtemir, Shukrullo, Xayriddin Saloh, Abdulla Sher kabi shoirlarimiz o‘zbek kitobxonlarini buyuk nemis shoiri lirikasidan bahramand qilganlar.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin