Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


partizanlar edi. Lyudvigani dahshat bosdi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari


partizanlar edi. Lyudvigani dahshat bosdi. 
Nahot ajali yetgan bo‘lsa? Mana hozir bu yerga ham bosib 
kirishadi. Ulardan biri Lyudvigaga qarab otadi. Vassalom. Dor-
dan so‘ng, otishdan va aldashdan so‘ng marhamat tilash mum-
kinmi? Eddining zolimligi tufayli qurbon bo‘lish! Qo‘rquv bir 
zumgina harakatini jilovladi, so‘ngra o‘zini himoya etish instink-
ti uni eshikni qulflashga undadi. Lekin bir necha odim bosgach, 
to‘xtadi. G‘ururi va najotsizlik shuuri uni tutib qoldi. U bo‘lma 


246 
o‘rtasida turar, talvasa va qo‘rquv ichida eshikning ochilishini 
kutar edi. Eshik ham allakimning kuchli tepishi bilan ochildi. 
Kutubxonaga qo‘y barrasidan qilingan kalta po‘stinli va orqasiga 
surib qo‘yilgan baroq shapkali novcha bir yigit kirib keldi. U 
bo‘lmaga ko‘z yugurtirib chiqdi. 
Lyudvigani ko‘rib, kalta miltig‘ini do‘laydi. 
— Ko‘tar qo‘lingni! Ha, qurib ketsin, yana xotin kishi-ya! 
U darrov miltig‘ini tushirdi-da, halloslab: 
— Hoy, erkaklaring qayerga berkingan? Aytib chiq, bari-
bir, topib olamiz! — deb qichqirdi, lekin Lyudviganing oqarib 
ketgan chehrasini ko‘rib, darhol ovozini yumshatdi: — Biz parti-
zanlarmiz, tushundingizmi? Ha, bizdan qo‘rqmang. Biz erkak-
laringizni, zobitlarni izlab yuribmiz, xotin kishilar bilan ishimiz 
yo‘q. Sizni esa alishtirishga olib ketishim kerak. Yuring! 
Lyudviganing ko‘zlari yigitning kulrang botir ko‘zlariga 
tushdi. 
— Ehtimol, siz burjuylardan emasdirsiz? 
— Men grafinya Mogelnitskayaman. 
— H-a-a! Yuring bo‘lmasa! — deb, eshikni ko‘rsatdi yigit. 
Qurolli odamlar barcha bo‘lmalarni tintib, yo‘lakda yugu-
rishib yurar edilar. Lyudviga Iyeronim hazratlariga duch keldi. 
Uni ikkita partizan olib ketayotgan edi. 
— Ha-a, Ptaxa! Qushcha tutibsan-ku? — deb qichqirdi 
ulardan bittasi. 
— He-e, bizga mana bu g‘oz tushdi. Telefon oldidan tutib 
oldik, shtabga telefon qilayotgan ekan, — dedi ikkinchisi, har 
ehtimol uchun Iyeronim hazratlarini jubbasidan ushlab turib. 
Ularning yonidan yugurib o‘tayotgan Pshenichek oxirgi 
so‘zni eshitdi-yu, kulib turib: 
— Hazrat, biz unday ahmoqlardan emasmiz, telefon simini 
oldinroq uzib qo‘yganmiz! Shuning uchun bekor urinibsiz! Biz-
ning qo‘limizga tushdingizmi, bo‘ldi, avliyoligingiz ham qo‘llay 


247 
olmay qoladi! — dedi. 
Zinapoyada kamariga shop osib olgan kalta paxtalik kiy-
gan, baland bo‘yli bir o‘smir turar edi. 
Qo‘li beliga qistirib olingan to‘pponchaning qo‘ndog‘ida 
edi. Bu chehra Lyudvigaga tanish ko‘rindi-yu, lekin qayerda 
ko‘rganligini xotirlay olmadi. 
Lyudviga vestibyulga tushganda, allaqachon po‘stinini ki-
yib olgan Stefaniyani hamda shoshib qolgan oqsochni ko‘rdi. 
Yuqorigi qavatdan miltig‘ining qo‘ndog‘ini sudrab, Pshigodskiy 
tushib keldi. U g‘azab bilan xizmatkorlarga qarab o‘shqirdi: 
— Hoy, it avlodi, nega og‘izlaringni ochib turibsanlar? 
Panlarning po‘stinlarini ol-u kel, tez bo‘l! Bo‘lmasa... — U qari 
Yuzefga achchiq bilan ko‘z olaytirdi. 
— Ayt, haromi Vladislav qayerga berkingan? U shu yerda, 
bilaman, uyda. Ayt, qayoqqa yo‘qoldi? U hayvonning qayerga 
pusib olganligini sen bilasan — deb otasiga o‘shqirdi 
Pshigodskiy. 
Qari Yuzefning yuzi burishdi. 
— Men hech narsani bilmayman. Pan Vladislav ketgan 
bo‘lsalar kerak. Sen aftingdan dorsirab qolgan ko‘rinasan, — 
dedi otasi sekingina. 
— Mayli, ammo qo‘limni senga tegizib iflos qilgim kel-
may turibdi, — deb javob berdi o‘g‘li. — Agar shu yerda bo‘lsa-
yu, topolmasam, juda alam qiladi-da. Hoy yigitlar, olib tush bu 
yoqqa qari o‘laksani! — dedi u yuqoridagilarga qichqirib. 
Bir necha partizan mo‘ynaga o‘ralgan qari grafni ko‘tarib 
tushdi; uni qo‘rquvdan hayajon tutib qolgan edi. Vestibyulning 
hovliga chiqadigan baland eshigi ochib qo‘yilgan edi. Sibulya 
to‘g‘ri dahlizga ot soldirib kirdi. Uning ovozi butun uyga yoyildi: 
— Tez bo‘linglar, yigitlar, tez! Jadalroq qimirlanglar! Tez 
bo‘l deyman, tez! 
Pshigodskiy bo‘lmalarni tag‘in bir qaragani ketdi. Yuqori-


248 
da, Edvardning kabinetida, Shchabel bilan Sachek kabinetdan 
topilgan qog‘ozlarni graf chamadoniga tiqmoqda. Raymond esa 
polkovnikka yozayotgan xatini tugatmoqda edi. 
Ustiga ayiq terilari yopilgan ikki chana bir necha daqiqa-
dan so‘ng chorbog‘ darvozasidan chiqib ketdi. Birinchi chanada 
Lyudviga, Stefaniya ham grafinyani uzatib borish uchun 
Pshigodskiy zo‘r bilan o‘tqazgan Fransiska bor edi. Ikkinchi cha-
nada qari graf bilan ksendz joylashgan edi. 
Otliqlar o‘rtasiga olingan troykalar keng yo‘lga tushgan-
dan so‘ng tezlab ketdi. 
Zinapoya oldida faqat uchta otliq: Raymond, Ptaxa va 
Pshenichek qoldi. Yigirma daqiqadan so‘ng ular ham chorbog‘ni 
tark etdilar. 
* * * 
Mogelnitskiylarni eski ovchilar uyiga yashirib qo‘yishga 
qaror etildi. Bu uy Mogelnitskiylarning qo‘shnisi dvoryan 
Manejkevichga qarashli edi. 
Uy qalin o‘rmonning qoq o‘rtasida. Bir necha kilometr 
atrofga qarag‘ay o‘rmoni cho‘zilib ketgan. 
Bu yerga yaqinroq turgan Gniliye Vodi qishlog‘i yetti 
kilometr kelardi. 
— Bu yer juda xilvat. Ularni bu yerdan, tumshug‘ining ta-
gidan izlash Mogelnitskiyning xayoliga ham kelmaydi, u 
Sosnovkaga osiladi, — deb turib oldi ehtiyotkor Sibulya. 
Bu yerga saharlab kelgan Olesya bilan Sarra qorovul chol-
ni xotini bilan qaznoqqa qamab qo‘yishdi va bu ixtiyorsiz qa-
moqning uzoqqa cho‘zilmasligini uqtirishdi; ularning ishi shun-
dan boshlandi. 
Qishloq bolalari “Bir so‘m yigirma tiyin” deb laqab qo‘y-
gan o‘ng oyog‘i oqsoq partizan ularga qarashib turdi. U chana 


249 
bilan otlarni otxonaga joylab, o‘zi uyga kirdi; shapkasini yechdi, 
so‘ngra oshxonaning burchagiga osib qo‘yilgan butga cho‘qinib, 
sekin yelkasidan miltig‘ini oldi. 
Olesya hazil aralash so‘radi: 
— Iye, Xudoga ishonasanmi, amaki? 
— Ha, ya’ni, men senga aytsam, boyagi, ishonmayman-
ku, lekin nasroniylarning odati o‘zi shu-da, — deb javob berdi 
“Bir so‘m yigirma tiyin”. — Ha. Ularning dini polyak dini bo‘lsa 
ham, lekin avliyolari biznikidaqa. 
Ular katta pech bilan kaminga o‘t yoqishdi. Bu uyda ye-
makxonadan boshqa, tag‘in uchta bo‘lma hamda oshxona bor 
edi. Yemakxonaning devorlariga yirtqich hayvonlarning kallalari 
osib qo‘yilgan. O‘tirgan chang va o‘rgimchak uyalari bu uyda 
ko‘pdan beri odam turmaganligidan dalolat berardi. 
Manejkevichning mulki bu yerdan o‘ttiz kilometr narida 
edi; bu uyda o‘rmon qorovuligina yashardi. 
“Bir so‘m yigirma tiyin” otlarga qaragani chiqib ketganda 
Olesya sekingina Sarraga: 
— U yoqda nima bo‘lyapti? A, Sarrajon? — dedi. 
Sarra indamay, dubdan qilingan xarrakning chetiga kelib 
o‘tirdi. Olesya xavotir bo‘lib xona ichida yurar, deraza oldiga 
kelganda: “O‘rmon so‘qmog‘ida bironta odam ko‘rinib qolmas-
mikin?” — deb picha to‘xtab qo‘yar edi. U Sibulyaning xotini 
hadya etgan egnidagi oq po‘stinchasini yechmagan va boshiga 
naridan-beri qilib tivit ro‘mol o‘rab olgan edi. Oyoqlaridagi 
piymasi bilan xuddi ayiq bolasiga o‘xshab yurardi. 
— Oh, Sarrajon, yuragimning nechog‘liq ezilayotganligini 
bilsayding! Otamning nima bo‘lganini bilish uchun hech narsani 
ayamagan bo‘lur edim! — dedi Olesya uning yoniga o‘tirib. — 
Nima uchun indamaysan, Sarra? Nahotki ularni o‘ldirishsa? 
U qo‘llari bilan tizzasini quchoqlab, jim bo‘ldi. Umid goh 
qaytib kelar, goh yana uni tark etardi. Bu dudmollik va intizorlik 


250 
qizni oxiri behol etdi. Sarra uni indamay o‘ziga tortdi. Olesya 
ham uning yelkasiga bosh qo‘ydi. 
— Bunday qilma, Olesya. Goh ishonasan, goh umidsiz-
lanasan. Sen, loaqal, bittasida tursayding, yo‘qsa senga qarab, 
kalavamning uchini yo‘qotib qo‘yyapman. 
Kaminda lovullab yonayotgan quruq palyonlar charsilla-
moqda. 
Uy ichi suv quygandek. Faqat nari yoqdagi qaznoqda o‘tir-
gan chol-kampir qo‘rqib pichirlashadi. 
* * * 
— Ha-a! Eson-omon o‘tiribsizlarmi? Qani, mehmonlarni 
kutib olinglar! — dedi oshxonaga otilib kirgan Ptaxa. 
Ovchilar uni bir zumda odam bilan to‘ldi. Bu yerga faqat 
Lyudviga bilan Stefaniyani olib kelishdi. Qari graf bilan Iyero-
nim hazratlarini yarim yo‘ldan Sibulya Sosnovkaga olib ketdi. 
— Shunday qilsak, tuzuk bo‘lar. Odam hodis, har nima 
bo‘lishi mumkin. Men bo‘linmam bilan Manejkevichning yeriga 
borib yurishim to‘g‘ri kelmaydi. U yerga beshtasini qo‘riqchi 
qilib qo‘ysak, kifoya. Mayli, o‘zingizning yoshlaringiz qo‘riq-
layverishsin, biz Sosnovkaga ketamiz. Mogelnitskiy butun zahri-
ni bizga sochadi. Biz o‘z ishimizni qildik, endi qishloqni yolg‘iz 
qo‘yib bo‘lmaydi. Shundaymi? — dedi Sibulya Shchabelga 
qarab. 
U biroz o‘ylangach rozi bo‘ldi. 
Lyudviga bilan Stefaniya yemakxona yonidagi bo‘lmaga 
joylandi. Bu xonada teri qoplangan ikkita keng-keng divan va 
pianino bor edi. Fransiskani ham shu yerga keltirishdi. 
Raymond, Ptaxa, Pshenichek, Olesya va Sarra yemakxo-
naga joylashishdi. Epchil Leon qo‘riqchi va uning xotini bilan 
tanishib oldi. Leon qo‘lidan kelganicha ularni yupatdi, do‘stlar-


251 
cha suhbat etdi; natijada ularga shunchalik yoqib qoldiki, hatto 
chol-kampir g‘amlab qo‘ygan ovqatlaridan berib, qornini ham 
to‘yg‘izib qo‘yishdi. Chol-kampir g‘amlab qo‘ygan ovqat ancha-
gina ekan, buni Leon hademay bilib oldi. 
Xonaga judayam xushbo‘y go‘sht ko‘tarib kirganda, uni 
hayratli olqishlar bilan kutib olishdi; u har vaqtdagiday so‘zlarni 
buzib talaffuz qilarkan, kulib turib: 
— He, bu chol-kampirlar xo‘b alomat odamlar ekan-da, 
cho‘chqa go‘shtiyam berishdi, — dedi. — Ha, Andriy, nega 
olayib qarayapsan? O‘margandir deb o‘ylayapsanmi? Yur bo‘l-
masa, so‘rab kelamiz. Seni qara-yu! 
Xonaga Pshigodskiy bilan Shchabel kirdi. 
— Hamma narsa joyida ko‘rinadi, — dedi Shchabel Ray-
mondning so‘zsiz savoliga javoban. 
— Chanalar bilan otlar otxonaga kirgizib qo‘yildi, poyloq-
chilar o‘rni-o‘rnida. Laylak qor yog‘yapti, yarim soatdan keyin 
hamma iz bosiladi. Sibulya esa jo‘rttaga Xolmyanka yonidan 
o‘tadi. U yerda Sibulyani sezishib, xabar qilishadi, keyin bizdan 
gumon ham qilishmaydi. Bu ayiq xo‘b mug‘ambirlik qildi-da! 
— Haligi rohib qalay, yoqadimi? — deb so‘radi Raymond. 
Gurungga Ptaxa aralashdi. 
— O‘laksa ekanligini ko‘zi aytib turibdi: odamga to‘g‘ri 
qaray olmaydi. Men odamning ichida nima borligini ko‘rib tura-
man... 
— Agar ko‘rsang, ertalabdan beri hech nima yemagan-
ligimni va hozir qornimning o‘lguday ochligini bilishing kerak, 
— deb bardoshsizlik bilan uning so‘zini bo‘ldi Leon. 
Ptaxaning achchig‘i chiqdi: 
— Sen-a? Hech nima yeganing yo‘qmi? Ola, rosa vijdon-
siz ekan-ku, Lenka! Tavba, qaysi bir chexni olma, qip-qizil yol-
g‘onchi chiqadi! 
— Men: “Chexlar yolg‘onchilikni xoxollardan o‘rgan-


252 
gan”, — deb eshitgan edim, — dedi Leon g‘ijinib. 
Hamma dasturxonga o‘tirganda, jonsarak “Bir so‘m yigir-
ma tiyin” qopdan bir buxanka non oldi-da, og‘alarcha sakkizga 
bo‘ldi. 
Sarra go‘shtni to‘g‘radi. 
Pshigodskiy o‘rnidan turib, yon xonaning eshigi oldiga 
bordi-da, uni sekin ochib chaqirdi: 
— Fransiska! 
— Nima deysan? — dedi Fransiska biroz turib. 
— Bu yoqqa chiqib ovqat ye, — dedi Pshigodskiy quruq-
qina qilib. 
— Chiqmayman! 
Shundan keyin Mechislav eshikni kengroq ochdi, ostona-
dan o‘tib, tag‘in ham quruqroq bir ohangda takror etdi: 
— Ehtimol, chiqarsan? 
Lyudviga bilan Stefaniya bu mojaroni kuzatib turardilar. 
Ular po‘stinlarini ham yechmasdan divanda o‘tirishardi. Lyudvi-
ga bu mojarolarga parvosiz, o‘z qayg‘usiga cho‘kkan, Stefaniya 
esa qo‘rqqan va parishon edi. 
Yolg‘iz Fransiskagina paltosini yechdi. Xona issiq edi. U 
kichkinagina stol yonida bo‘liq, chiroyli qo‘llarini baland siynasi 
ustida qovushtirib o‘tirardi. 
U yana o‘jarlik bilan rad qildi: 
— O‘zing yeyaver. Mening qornim to‘q. 
Ikkita dushman oldida xotinining shunday muomala qili-
shidan Mechislav xijolat tortdi. U Fransiska bilan yarashish niya-
tida qilgan epaqasiz harakati uchun achindi. Lekin qaytib ketish 
qiyin edi. 
Nogoh Stefaniya divandan turdi. Shoshib uning oldiga 
keldi. 
— Pane Pshigodskiy, bizni nima qilasizlar? — dedi u 
hayajon ichida sekingina. 


253 
Mechislav ham o‘shanday sekin javob berdi: 
— Men pan emasman, otboqarman, grafinya! 
— Sizni bu so‘zim bilan haqorat etmoqchi emas edim. 
Axir, siz polyaksiz, bu so‘zning muomalada ishlatilishiga tushu-
nasiz. Undan tashqari, men siz bilan bu haqda gaplashmoqchi 
emasman. Men bilan grafinya Lyudviga taqdirimizni bilmoqchi 
bo‘lamiz... — ovozi qaltirab ketdi, qo‘rquv himoya etish quroli 
tariqasida uni po‘pisa qilishga undar edi — Menga qarang, pane, 
kechirasiz... — u duduqlanib qoldi. — Bo‘lmasa sizni nima deb 
atay! 
Mechislav muloyim bo‘lishga tirishib: 
— Biz bir-birimizni o‘rtoq deymiz, — deb javob berdi. 
Stefaniya upa qo‘yilgan lablarini nafrat bilan burdi. 
— Lekin o‘zingiz yaxshi tushunasiz, men sizning o‘rto-
g‘ingiz emasman. Hay, bu qolsin. Talab etamiz: bizni nima qil-
moqchi bo‘lganlaringizni aytib berasizlar. Esingizdan chiqmasin, 
Pshigodskiy, bu ishlar uchun qattiq javob berasiz... 
— Mayli, bir yo‘lini qilarmiz! — deb uning so‘zini bo‘ldi 
Pshigodskiy. 
— Otangiz bilan akangizni o‘ylasangiz bo‘lar edi. 
— Men ularni esdan chiqarganim yo‘q. 
— Uyalmaysizmi, a? Oilangiz shuncha yillardan beri biz-
ga sadoqat bilan xizmat qilsa-yu, siz bosqinchilik bilan unga 
la’nat keltirasiz! — dedi o‘zini tutolmay Stefaniya. 
— Stefa! — deb Lyudviga uni to‘xtatdi. 
— Esingizda bo‘lsin, Pshigodskiy, agar bizni hozir qo‘yib 
yubormasangiz, baribir, dordan qochib qutulmaysiz. O‘zingiz 
tushunasiz-ku, graf shunday tashlab qo‘ymaydi... 
— Stefa! — dedi Lyudviga bu safar achchig‘i kelib. 
Fransiska tashvishlanib qimirladi. U Mechislavning yuzi-
dan hozir yomon bir narsa qilib qo‘yishi mumkinligini ko‘rib, tez 
erining oldiga keldi: 


254 
— Yur, ovqat yeymiz! 
Orqalaridan eshik berkildi. Qo‘rquv yana Stefaniyaga 
qaytib keldi. 
— Halok bo‘ldik, Lyudvis! Axir, bu bosmachilar hech ni-
madan toyishmaydi, Sventa Mariya! — dedi shipshib Stefaniya. 
— Nega bunday gaplar bilan ularning jahlini chiqarasan? 
— Nima, bu jin urgurning oldida o‘tirib yig‘laymi bo‘l-
masa? 
— Yig‘lash ham kerak emas, to‘nglik qilish ham. 
— To‘nglik? Axir, u bir maxluq-ku! Attang, o‘sha vaqtda 
Shmultke dorga osib qo‘ya qolmagan ekan-da! Edvard “bunday 
hayvonlarni faqat osish kerak” degan so‘zi juda to‘g‘ri ekan! 
Menga qanday gapirganini o‘zing ko‘rding-ku! — deb pichirladi 
Stefaniya Lyudviganing yoniga o‘tirib. 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin