280
N. Ostrovskiyning “Bo‘ron bolalari” romani
ustida qilmoqchi bo‘lgan ishlari haqida
“Bo‘ron bolalari” romani qahramonlarining kelajak hayoti
qanday bo‘lar ekan?” Romanning birinchi kitobini o‘qib tugat-
ganida miyasiga mana shunday savol kelmagan bironta kitobxon
topilmasa kerak.
N. Ostrovskiyning Moskva va Sochi muzeylarida jangchi-
ning xomaki materiallari saqlanadi; yuqoridagi savolga ana shu
materiallardan ma’lum darajada javob topish mumkin. U yerda
muallifning fikrlari, alohida yozuvlari, qaydlari, romanning va
undagi ayrim qahramonlarning umumiy taraqqiyoti haqida
taxminlar bor.
— Romanning ikkinchi kitobida, — degan edi muallif, —
bir yoqdan, dushman kuchlarining birikkani, panlar Polshasi to-
monidan Ukrainaning bir qismi bosib olingani va Petlyura bilan
topishgani ko‘rsatilsa, ikkinchi yoqdan, mayda partizan bo‘lin-
malaridan armiya tuzilgani, dehqonlar ommasining dvoryanlarga
qarshi kurashi, o‘z-o‘zidan qo‘zg‘olonlar ko‘tarilgani ko‘rsatila-
di. Bu qo‘zg‘olonlar chet el bosqinchilariga qarshi umumxalq
harakatiga aylanib ketadi. Petlyurachi to‘dalar tor-mor bo‘ladi.
N. Ostrovskiy romanning uchinchi kitobida pilsudchilar-
ning xalqqa qarshi olib borgan va hech nima bilan oqlash mum-
kin bo‘lmagan jinoyatlarini ko‘rsatmoqchi edi. Pilsudchilar
Kiyevni ishg‘ol qilishadi. Burjuaziya tantana etadi. Lekin Uman
yonida otliq armiyaning temir saflari yig‘iladi. Dahshatli zarba
dushmanni orqaga uloqtiradi. Ukrain xalqi g‘olibona hujum
boshlaydilar, Ukrainaga suqilib kirgan bosqinchilar quviladi.
Fashistlar yirtqichlik qilishadi: go‘zal binolarni yiqitishadi, qo‘l-
281
lariga tushgan narsalarni telbalarcha, vahshiylarcha yakson qili-
shadi, qishloqlarga o‘t qo‘yishadi, temir yo‘l stansiyalarini port-
latishadi. O‘zlarini “madaniyat homiylari” deb atagan yirtqich
odamlar bosib o‘tgan yo‘llarda daryo-daryo qonlar to‘kiladi.
N. Ostrovskiy o‘z qahramonlari Raymond va Andriy,
Pshenichek va Olesyalarning hayoti bilan yashaydi...
— Vujudim bu jondosh, qondosh odamlar to‘g‘risidagi
fikrlar bilan to‘liq, — derdi u ko‘p vaqt.
Bu qahramonlarning kelajak taqdirlari N. Ostrovskiy
miyasida ancha aniqlanib qolgan edi.
“Bo‘ron bolalari” romanining qahramonlari fuqarolar
urushining og‘ir sinovlariga sharaf bilan chidash berib, keyin
yangi hayotning faol bunyodkorlari bo‘ladilar, chunki ular mana
shu yangi hayot yo‘lida fidokorona kurashgan kishilardir.
Olesyaning kelajagi Ostrovskiyning ko‘ziga ravshan
ko‘rindi...
Otasi mashinist Kovallodan keyin Olesyaning o‘zi ham
armiyaga ketadi. U ajoyib kokillarini kesadi-da, erkakcha kiyinib
olib, qomati kelishgan jozibali yigitchaga aylanadi. Olesya —
jangovar komdiv Shchabel komandirlik qiluvchi diviziyaning
jasur otliq askari. Shchabel unga muhabbat izhor qiladi, Olesya
esa unga bir shart bilan rozilik berardi: “Oldin Ukraina dush-
manlardan butkul ozod bo‘lsin, innaykeyin. Shoshma, avval
urush tamom bo‘lsin, keyin senga tegaman”, — derdi qiz
Shchabelga.
Lekin uning yori vafo qilmaydi. Olesya uning kayf ichida
boshqa xotin bilan yaqinlik qilganligini bilib qoladi-da, bu xiyo-
natni kechirmay, aloqasini butkul uzadi.
Qiz urushdan keyin o‘z shahriga qaytib keladi. U bu yerda
Andriyning frontdagi qahramonligini, dovyurak jangchi degan
dovruq chiqarganini eshitadi.
282
Hademay shaharda Andriy Ptaxaning o‘zi ham paydo
bo‘ladi...
Andriy Ptaxa Olesyaning Shchabelga tegishga rozi bo‘l-
ganligini eshitib, sevgilisidan ayrilgani uchun ich-ichidan ezila-
di. Ko‘ziga qon to‘lib, jangda halok bo‘lish payiga tushadi. Qiz-
g‘in, jangari tabiati, panlarga bo‘lgan nafrati uni nihoyat darajada
dadil, goho telbalarcha harakatlar qilishga undaydi. U juda mush-
kul ahvollarga tushib qoladi, lekin bu mushkulotdan hamisha
omon chiqadi. Uyiga ko‘kragida cho‘g‘dek yopib turgan orden
bilan qaytadi.
Andriy Olesyaning shaharda ekanligini, erga tegma-
ganligini eshitib, suyunganidan boshi osmonga yetadi... Ular eski
qadrdon do‘stlar kabi uchrashishadi. Andriyning sadoqati, vafo-
dorligi Olesyaning yuragiga o‘t yoqadi. Olesyaning otasi o‘lgan
edi, mana endi u otasidan ayrilgandan keyin Andriy Ptaxaning
o‘zi uchun eng yaqin, eng aziz kishi ekanligini sezadi.
Olesya bilan Andriyning baxtli, ahil hayotini, biram shirin
qora ko‘z o‘g‘ilcha ko‘rganlarini, Andriy o‘g‘lini nechog‘lik se-
vib po‘palaganini Ostrovskiy poyonsiz mehr, shodlik bilan tilga
oladi.
Ostrovskiy Vasilyokni juda ko‘p esga oladi. U bu obrazga
o‘z xislatlaridan, tarjimai holidan ko‘p narsa kirgizgan.
Ostrovskiyning o‘zi yosh bolaligida inqilobiy qo‘mitaning top-
shirig‘i bilan varaqalar yopishtirar edi. Vasilyok ham sira qo‘rq-
masdan, tap tortmasdan inqilobchilarning xitobnomalarini jan-
darmlar ko‘zida odamlarga tarqatadi. Kolya Ostrovskiyga o‘x-
shash, Vasilyok ham uyidan armiya qochib ketadi. U otliq askar
qismlaridan birida arzanda bo‘lib tarbiyalanadi.
Andriy dovyurak ukasining qayerda ekanligidan uzoq
vaqtlargacha darak topolmay, qattiq xavotirda yuradi. Axiri, bir
kun frontda tasodifan uchrashib qoladi.
283
Bu tasodif shunday bo‘ladi.
Andriy bir guruh jangchi bilan darhol daryodan o‘tish
to‘g‘risida buyruq oladi-yu, ko‘prikka ot qo‘yib kelganda u yer-
dan otliq askar qismi o‘tib ketayotganini ko‘radi. U qo‘shinlar
ichiga otini qistab kiradi-da, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a o‘tib borayotganda
orqasidan achchiqqina bir qamchin yeydi. U ham qamchinga
qamchi berish uchun g‘azab bilan o‘giriladi, lekin qo‘li baland
ko‘tarilgan holda qotib qoladi: oldida Vasilyok turar edi. Boshida
to qoshlarigacha bostirib kiyilgan popoq, egnida bo‘yiga loyiq
kelmagan keng, uzun shinel. Vasilyok shu qadar kulgili bir qiyo-
fada ediki, Andriy ukasini quchoqlashdan avval chin ko‘ngildan
qah-qah urib kulib yuboradi.
Mana shu uchrashuvdan keyin ular uzoq mahalgacha diy-
dor ko‘rishishmaydi.
Vasilyok polkda qoladi. U o‘sha yerda balog‘atga yetadi.
Urush tamom bo‘lib, Vasilyok armiya xizmatiga chaqirilganda,
u uchuvchilar maktabiga kiradi.
Raymond Rayevskiyning hayoti qanday bo‘ladi? Ostrovs-
kiy bu haqda hech nima aytmaydi. Balki, bu obraz uning o‘zi
uchun ham u qadar ravshan bo‘lmagandir. Raymondning otasi
sabotli jangchi edi. Ostrovskiy Raymondning ham otasi yo‘lidan
borishini juda yaxshi bilar edi.
Mohir inqilobchilar oilasida tarbiyalangan Raymond ikki-
lanishni bilmas edi. U kurashning eng xavfli uchastkalarida bo‘-
ladi, Polshaning, Chexoslovakiyaning yashirin tashkilotlarida
ishlaydi.
Pshenichekning hayoti dastavval fojiali bo‘ladi deb o‘yla-
gan edi. Birinchi jangdayoq u bir oyog‘idan ajraladi. Nogironlik
hissi uni azoblaydi. Ish axtarib borib suv tegirmoniga joylashadi.
Bu yerda Fransiskaga duch keladi; Fransiska erining zulmidan va
o‘xshovsiz jaholatidan to‘yib, uni tashlaydi-yu, qarindoshlari-
284
ning oldiga ketib qoladi; uning qarindoshlari tegirmonchi bo‘la-
di.
Mana shunday qilib, Pshenichek Fransiskani yaxshi ko‘rib
qoladi. Juvonning shafqatli yuragi unga iyiydi. Lekin bora-bora
o‘rtadagi ip uziladi: Fransiska u bilan turolmaydi; uning umr
yo‘ldoshiga va bu go‘zal, sog‘lom xotinga tevarakdagi odamlar-
ning achinib qarashlari Fransiskaning ayollik izzat-nafsini xo‘r-
laydi.
Fransiskaning ichidan ezilishini Pshenichek tushunadi.
Fransiska: “Seni tashlab ketaman”, — deganda u o‘ziga har qan-
cha og‘ir bo‘lsa ham xotinini ushlab turolmaydi. Pshenichek
armiyaga qaytishga jazm qiladi. Ammo o‘sha mahal: “Borib g‘oz
boqsang-chi. Sendaqa cho‘loq bilan ovora bo‘lib yurishga biz-
ning vaqtimiz bormi?” — deydiganlar topildi. Shunday bo‘lsa
ham u bo‘sh kelmaydi: yalinib-yolvorib bo‘lsa ham partizanlar
bo‘linmasiga oshpaz bo‘lib qoladi (kasbi konditer emasmidi).
Uni partizanlar manziliga keltirishadi. U shunaqa shirin ovqatlar
va ajoyib olmali piroglar pishira boshlaydiki, hademay hamma
uni yaxshi ko‘rib qoladi.
Lekin unda jangchi qalbi urib turar edi. Shuning uchun
hozirgi taqdiri bilan kelisholmasdi. Oshpaz qattiq janglardan
keyin jangchilarning pulemyotlarini tirishib-tirmashib tozalaydi,
pulemyotlarni qismlarga ajratish, keyin yana yig‘ishda ularga
qarashadi. Shunday qilib yurib o‘zi ham pulemyotni mukammal
bilib oladi. Bir kun komandirdan o‘zini ham jangga birga olib
borishini so‘raydi. Pshenichek burungiday qo‘rqmasdan jang qi-
ladi, pulemyoti ham dushmanni xatosiz “urib” beradi. Bu qahra-
monni oldin birinchi, keyin ikkinchi marta orden bilan mukofot-
laydilar.
Urush tugagandan so‘ng unga yog‘och oyoq qilib bera-
dilar, buni shu qadar ustalik bilan qiladilarki, mayibligi sezilmay
285
qoladi.
Urush tugagandan keyin u yana Fransiska bilan uchrasha-
di. Ko‘p azob-uqubatlarni, ko‘p sinovlarni boshidan kechirgan
bu ikki sitamdiyda endi uzil-kesil qovushadi. Fransiska — g‘ay-
ratli, tashabbuskor xodima. Pshenichek kattakon bir korxonani
uddaburolik bilan boshqaradi.
Mixelsonlar oilasi qatli omda batamom qurbon bo‘ladi.
Faqat Sarragina baxtiyor bo‘ladi, chunki u qutulib qoladi. Sarra
aziz kishilari jasadi ustida turib, butun kuch-quvvatini xalq ozod-
ligi uchun sarf qilishga qasamyod qiladi. Bu ulug‘ maqsad yo‘li-
da u shaxsiy hayotidan ham voz kechadi. U inqilobiy harakatga
butun borlig‘ini bag‘ishlaydi va oxirida dongdor rahbar bo‘ladi.
Uning g‘oyaviy jihatdan mustahkamligi, prinsipialligi va o‘ziga
nisbatan talabchanligi omma orasida obro‘yini nihoyatda ko‘ta-
radi.
Sarra bolalik chog‘larida kechirgan og‘ir musibatlar qalbi-
da chuqur jarohatlar qoldirgan: ko‘zlarida mung, hasrat abadiy
yashirilgan, chiroyli jamolini kulgi, tabassum ham qariyb tark
etgan edi.
Kazimir va Vladislav Mogelnitskiylar o‘z hayotlarini sha-
rafsiz bir o‘lim bilan tugatadilar. Ostrovskiy qari it graf Kazimir
bilan uning kichik o‘g‘li Vladislavni tirik qoldirish fikrida emas
edi.
Buning bir qancha varianti bor edi.
Keyingi variantga ko‘ra qari graf Mechislav Pshigodskiy-
ning qo‘lida halok bo‘ladi: xotini Fransiskani xo‘rlagani uchun
Mechislav qari grafdan mamnunlik bilan qasos oladi.
Vladislav bo‘lsa partizanlarning qo‘liga tushadi. U o‘zini
saqlash uchun graflik martabasidan, butun davlatidan voz kecha-
di, do‘stlarini sotadi, partizanlarga “ulug‘ mukofotlar” va’da eta-
di, ammo yaramas, qo‘rqoq va pastkash sotqin sifatida halok
286
bo‘ladi.
Lyudviga-chi, nima b.o‘ladi?
Edvard Mogelnitskiy xotini to‘g‘risida: “romantik xilqat”
deb o‘ylaydi. Haqiqatan ham, Senkevich va Jeromskiy roman-
laridan tarbiya olgan Lyudviga hayotdan juda-juda uzoq. U sod-
dalik qilib, erini ideal kurashchi deb o‘ylaydi. Hayot esa uning
ko‘zini shafqatsiz ochadi. Kitobxonlar Lyudvigani inqilobchilar
lageriga o‘tar deb o‘ylasalar ham lekin u o‘tmaydi. Uning “tishsiz
insonparvarligi” rivoj olmaydi. Urush dahshatlaridan Angliyaga
bosh olib ketadi.
Edvard Mogelnitskiy o‘zining avvalgi mulkini talashib,
xalqqa qarshi olib borgan keyingi kurashlarida haqiqiy bashara-
sini ko‘rsatadi. Uning basharasi shu qadar jirkanchki, ilgari vafo-
dorlik bilan sevgan xotini ham u bilan turishni istamaydi.
Ostrovskiy Lyudviga to‘rrisida shunday derdi:
— Lyudvi keyincha qayerga olib borar ekan deb ko‘p kishi
xavflanadi, hatto qarshi ham bo‘ladi. Lekin uni bundan yuqoriga
ko‘tarmayman. U hozir o‘z insonparvarligining cho‘q-qisida.
Ostrovskiy graf Edvard to‘g‘risida ham gapirgan.
Edvard Mogelnitskiy fuqarolar urushidan keyin Fransiya-
da zo‘r diplomatlik vazifasida ishlaydi.
Edvardni halok qilish to‘g‘ri kelmas edi. Fuqarolar urushi-
da u halok bo‘lmaydi. Yoshlar bilib qo‘ysinlarki, o‘sha mahalda
dushmanlarning hammasi ham qirib tashlangan emas. Edvard
singari mulkini, davlatini qaytarib olish uchun hamma narsaga
tayyor turgan, hech bir tinib-tinchimaydigan ba’zi ashaddiy
dushmanlar qolgan. Bunday dushmanlar bilan hali dahshatli
kurash bo‘ladi.
“Bo‘ron bolalari” romani qahramonlarining taqdirlari
to‘g‘risidagi fikrlar umuman mana shulardan iborat.
|