Jahon ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi B Bahritdinov va b 1
tarkibiy siljishlar bilan birga sotish muammolari va transport ta’minotining keskinlashuvini keltirib chiqaradi. Transport sohasida ishlab chiqarish quvvatiarining tez sur'atlar bilan sishi jahon savdo bozorlarida yuk tashish muammolariga talabning kuchayishi bilan bog’liq ravishda, eng muhimi, mijozlarning transport xizmatlari sifatiga qyadigan yangi talablar oqibatida sodir bo’ladi. Raqobatchilik kurashi keskinlashgan bir sharoitda asosiy kapitalni yangilash zarurati z rolini o’ynaydi. Jahon transport bozorlarida ITT ga xos www.ziyouz.com kutubxonasi
xususiyatlar transport turlari raqobatbardoshligining doimiy ravishda o’sib borishi, bir-birlarining o’rnini bosishi salohiyatli imkoniyatining kuchayishi, aralash (intermodal) aloqalarning rivojlanishi kabilarda namoyon bladi. Transportning mintaqaviy turlari koYoq raqobatga uchraydi. Bu ayniqsa yuklar dengiz bandargohlariga yetkazilishini ta’minlaganda yaqqol namoyon bladi. Transport tizimlari zining texnik darajasi, ko’lami, tashkiliy shakllari va transport oqimlarini zlashtirish sifatiga kra mijozlarning yangi talablariga moslashadi, bunda xarajatlar ikkinchi ringa surib qyiladi. Ushbu yangi talablar quyidagilar bilan bog liq: jnatmalar tabaqalanishining kuchayishi (yuklarni mayda turkumlar bilan tashish ehtiyoji ortib bormoqda); ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi; yuk tashish samaradorligini oshirishga intilish, bunda transport jarayonining kapital sig’imliligiga dosh bera olish nazarda tutiladi; ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalarning zgarib borayotgan tarkibiga moslashish zarurati; passajir va yuk tashish muntazamliligi va davriyligini ta’minlash; yuklarning butligi va yetkazib berish tezkorligi darajasining oshishi;