Aholisining soni 80 mln. kishini (2013-yil iyul oyi), o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 0,9% ni tashkil etadi. Islom diniga mansublar 89% (asosan shialar), qolganlari boshqa dinlarga mansublar. Davlat tili - fors tili. Etnik tarkibi: forslar - 60%, ozarbayjonlar - 16%, kurdlar - 9% ni tashkil etadi, yana 600 ming armanlar, 100 ming yahudiylar, 80 ming lo‘lilar, ko‘plab arab, turkman, gruzin va boshqalar istiqomat qiladi. Mamlakatdan tashqarida 600 ming eronlik yashaydi. Aholi zichligi har km2 ga salkam 50 kishi. Shahar aholisi 71,3%, tug‘ilish har ming kishiga 20,6 kishi. 0‘lim darajasi har ming kishiga 8,4 kishidan to‘g‘ri kelib, tabiiy o‘sish 1,2% ga teng. 0‘rtacha umr davri erkaklarda 69 yosh, ayollarda 73 yoshga teng. Aholining tarkibida 14 yoshgacha bo‘lganlar 38%, 15-64 yoshgacha bo‘lganlar 55 %, 65 yoshdan kattalar 7 % ni tashkil qiladi. Eron BMT, XYF, OPEK ga a’zo. 1979-yil 1-aprel kuni mamlakat mustaqil Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Mamlakat iqlimi subtropik va kontinental iqlim. Mamlakat hududining yarmini tog‘liklar tashkil etadi. Eng baland joyi Demavend vulqonida (5604 metr). Mamlakat hududining shimoli-sharqiy qismida pasttekisliklar bor. Asosiy daryosi - Karun. Yer maydonining 11 % ini o‘rmonlar egallagan bo‘lib, unda eman, shamshod, temir daraxti, akatsiya, kashtan, zarang o‘sadi. Mamlakat janubida past butalar mavjud. Hayvonlardan tog‘ echkisi, qo‘y, bo‘ri, tulki, sirtlon, qoplon, ayiq, olmaxon, bug‘u, to‘ng‘izlar bor. Qushlardan flamingo, kaklik va boshqalar yashaydi. Eron - industrial-agrar mamlakat. Qishloq xo‘jaligida bug‘doy ko‘p u etishtiriladi. Haydaladigan yerlar 10%, doimiy donli ekinlar 1%, yaylovlar 27%, o‘rmonlar 11 %, boshqa yerlar 51 % ni egallaydi. Sug‘oriladigan yerlar maydoni 94 ming km2. Arpa, sholi, sabzavot ekinlari, sitrus o‘simliklari, shaftoli, anjir, anor, xurmo kabilar u etishtiriladi. Qandlavlagi, choy, shakarqamish, tamaki yetishtirish ham rivojlangan. Chorvachilik eksportbop xususiyatgaega. Qo‘ychilik, echkichilik, qoramolchilik, tuyachilik rivojlangan. Mamlakat qora ikra eksporti bo‘yicha jahonda 1-o‘rinda turadi. Dur yig‘ish ham mavjud. Eron jahonda neft va tabiiy gaz bilan eng yaxshi ta’minlangan. Shuningdek, temir rudasi, ayrim rangli metall konlariga ham ega. Metallurgiya sanoati shakllangan. Sanoatning plastmassa va soda, oltingugurt va ammiak, sun’iy gaz, ishqorlar ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. To‘qimachilik, oziq- ovqat, tamaki fabrikalari bor. Sement va qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Mamlakatda yig‘ma avtomobillar, traktorlar, sovitkichlar, konditsionerlar, televizorlar, magnitofonlar, radiopriyomniklar, uy-ro‘zg‘or va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Turizm ancha taraqqiy etgan. Yirik shaharlari: Tehran, Mashhad, Isfaxon, Tabriz, Sheroz, Abadan. Afg’oniston.Rasmiy nomi-Afg’oniston Islom Respublikasi. Poytaxti-Kobul. Hududi-652090 kv km. Aholisi-33 397 058 kishi (2012). Davlat tili-doriy (50%) va pushtun (35%). Davlat dini-islom. Pul birligi-afg’oni. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi-G’arbiy Osiyoning sharqidagi davlat. Janubda Pokiston (chegara uzunligi 2430 km), g’arbda-Eron (936 km), shimolda-Tojikiston (1206 km), Turkmaniston (744 km), O’zbekiston (137 km), sharqda Xitoy (76 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 5529 km. Tog’lar mamlakat hududining75% egallaydi. Asosiy tog’ tizimi-Hindiqush, Afg’onistonning shimoli-sharqida joylashgan. Afg’onistonning eng yuqori nuqtasi-Novshak tog’i (7475 m). Shimoli va janubi-g’arbida Baqtriya, Registon, Dashti-Margo tekisliklari mavjud. Yirik daryolari-Amudar, Hilmend, Herirud, Qobul. Foydali qazilmalari-tabiiy gaz, neft, ko’mir, mis, oltingugurt, rux, temir rudasi, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar. Haydaladigan erlar-12 %, yaylov va o’tloqlar-46 %, o’rmon va butazorlar-3 %. Iqlimi kontinental, subtropik. Afg’oniston 30 viloyatga bo’lingan. Davlat boshlig’i-Prezident.
Iqtisodiy asosan qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan. 2012 yilda YaIM miqdori 19847 mln (aholi jon boshiga 622) dollarni tashkil etgan. Eksportga tabiiy gaz, meva va yong’oq, qo’lda to’qilgan gilamlar, movut, paxta, qorako’l chiqariladi. Oziq-ovqat va neft mahsulotlari import qilinadi. Sanoati sust rivojlangan. Qishloq xo’jaligida natural xo’jalik hukmronlik qiladi. Temir yo’llarining uzunligi-24,6 km, avtomobil yo’llari-21 000 km. Asosan Amudaryodan o’tadigan suv yo’llari uzunligi-1200 km (500 tonnagacha bo’lgan kemalar suzishi mumkin).
Qo’shimcha.Afg‘oniston Islom Respublikasi Yevrosiyo materigi ichkarisida joylashgan bo‘lib, Eron, Turkmaniston, 0‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston davlatlari bilan chegaradosh. Ma’muriy jihatdan 29 ta viloyatga bo‘linadi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat - Loyya Jirg‘a va Milliy Kengash. Davlat boshlig‘i - Prezident.