Ozarbayjon. Ozarbayjon Respublikasi Zavkavkaze ning sharqida joylashgan bo’lib, hududi va aholisi soniga ko’ra Gruziya va Armanistondan katta. Maydoni 86,6 ming km2 siyosiy – ma’muriy jihatidan Nanichevan avtonom respublikasi 64 rayondan tashkil topgan. Ozarbayjon shimoldan Dog’iston respublikasi, sharqdan Kaspiy dengizi, janubdan Eron, g’arbdan esa Armaniston, Gruziya bilan chegaradosh.
Iqtisodiy – geografik o’rni baholanganda Kaspiy dengizi sohillari yuqori baholanadi, chunki, Kaspiy orqali Rossiyaning markaziy rayonlari bilan, Qozog’iston, Tukrmaniston, Eron respublikalari bilan bog’langan. Ozarbayjon hududining asosiy qismini Qura – Araks pasttekisligi va Shirvan tekisligi egallagan. Ozarbayjon hududi Qora dengizdan kichik Kavkaz tog’lari orqali to’silganligi sababli iqlimi arid, sug’orib dehqonchilik qilishni talab etadi. Asosiy daryolari Qura, Araks va uning irmoqlaridir. Minchechaur, Araks kabi suv omborlari va Samur – Apsheron kanalini qishloq xo’jaligidagi ahamiyati katta. Tabiiy boyliklardan Ozarbayjon hududida nef’t, tabiiy gaz, temir rudasi, alunit uchraydi. Asosiy boyligi nef’t, shuning uchun HGMT da Boku nef’tchilar shahri deb tan olinadi.
Nef’t asosan Apsheron yarim oroli va uning atrofidan, Kaspiy dengizi tubidan qazib olinadi. Neftyanie Kaini koni Ozarbayjondagi eng yirik gaz konidir. Ozarbayjon nef’tining 60% i dengiz tubidan qazib olinadi. Shunga qaramay mamlakatda nef’t qazib olish yil sayin kamaymoqda. Sababi nef’t qazib olish Ozarbayjonda XIX asrning o’rtalaridan boshlangan, tabiiy gaz qazib olish esa 1928 yildan boshlangan. Shuningdek Boku nef’ti 5 ming metr chuqurlikdan qazib olinadi. Boku nef’tining tan narxi qimmat, lekin sifati yaxshi, toza aralashmalarsiz bo’lganligi uchun uni “oq nef’t” deyishadi.
Temir rudasi Dashkesan konidan qazib olinadi, uning bir qismi Ozarbayjonda, bir qismi Gruziyada eritilinadi. Alunit esa Alunit tog’da qazib olinada va Sungant shahrida eritiladi. Mamlakatda boshqa tabiiy resurslar uchramaydi.
Aholisi – 7553000 (1996 y), 9 574 000 kishi (2015 y) bo’lib, aholi zichligi 1km2 ga -111 kishi. Tug’ilish koeffitsenti 14‰ li, o’lim 6‰ li, bir ayolga 1,9 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 29%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 16%, o’rtacha umr 69-75 yosh. YaMD 63 983 mln. dollar (2015 y), jon boshiga 6 794 dollar. Aholisining asosiy qismi ozarbayjonlar, qisman ruslar. Urbanizatsiya darajasi bo’yicha MDH ning Evropa qismida eng past ya’ni 54 % ni tashkil etadi. Ozarbayjon respublika sifatida 1920 yil tashkil topgan, lekin mustaqillikka erishgandan so’ng (1990y) bir qator milliy nizolar bo’lib o’tdi. Tog’li-Qorabog’ avtonom oblast markazi Stepanakert-Xankendi bo’ldi va avtonom oblast bekor qilindi. Naxichevan va Dog’iston mojarolari.
Millioner shaharlari: faqat Boku – 1081000. Yirik shaharlari: Genja (Kirovobod)-282 000, Sumgant-236 000, Minchechaur-91 000 kishi. Davlat tili – ozarbayjon, boshqarilish shakli – respublika. Ozarbayjon respublikasi asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, ximiya sanoati va mashinasozlik sanoati bo’lib, ularning taraqqiy etishi neft qazib olish bilan bog’liq.
Neftni qayta ishlash sanoati Bokuda joylashgan bo’lib, u butun Ozarbayjon neftini hatto chet el neftini (Qozog’iston, Turkmaniston) qayta ishlaydi. Shuning uchun Boku ilgari Qora Boku deb atalgan. Qayta ishlangan neft mahsulotlari Armaniston, Gruziya, Rossiya va chet ellarga sotiladi.
Ximiya sanoati esa neft chiqindilaridan sintetik kauchuk, smola, shina, erituvchi moddalar va motor moylarini ishlab chiqaradi. Ximiya sanoatini yirik markazlari: Boku, Sumgant va Neftechalada joylashgan.
Mashinasiozlik sanoati mahsulotlarining 25 % ini neft va gaz sanoati jihozlari: burg’u mashinalari va burg’u ustunlari, so’zuvchi burg’u moslamalari va nasoslari, burg’u quduq jihozlari tashkil etadi. Mashinasozlik sanoati yana priborlar (GRP, gaz kranlar va h.k), elektro va radio texnikalarni ishlab chiqaradi. Mashinasiozlik sanoati markazlari: Boku, Mingechaur, Genja, Xankendi.
Qora metallurgiya sanoatining markazlari Sumgant shahri bo’lib, u erdan neft sanoati uchun quvurlar va prokat ishlab chiqariladi.
Aholi va sanoatni elektr energiyasi bilan ta’minlashda Minchechaur va Shamxor GES lari, Ali-Bayram (tabiiy gaz), Boku va Sumgant IES lari (mazut) ning ahamiyati yuqori.
Baliq ovlash Kaspiy sohillarida rivojlangan bo’lib, baliq-konserva sanoati Boku, Sumgant, Bank, Lenqoran shaharlarida mavjud.
Qishloq xo’jaligi intensiv harakterga ega. Dehqonchilik ustun turadi. Ozarbayjonda paxta, sholi, bug’doy, o’zum tamaki, choy etishtiriladi. Bog’dorchilik va ipakchilik rivojlangan. Choy va subtropik ekinlar Lenqoran pasttekisligda etishtiriladi. Katta va Kichik Kavkaz tog’ etaklarida Ozarbayjon o’zumzorlarini 60% i joylashgan. Talish tog’i. Asosiy eksporti: neft, neft mahsulotlari, gaz, neft sanoati uskunalari va jihozdari, neft quvurlari, meva-cheva konservalari. Asosiy importi: metall, ko’mir, mashina, o’rmon. Ozarbayjonda dengiz bo’yi turizmi rivojlanmoqda. Pul birligi – manat.