«jahon sivilizatsiyalari tarixi»


Kavkazortining keyingi madaniyat markazlari: Kolxida, Iberiya va Albaniya



Yüklə 7,3 Mb.
səhifə23/107
tarix26.10.2023
ölçüsü7,3 Mb.
#161743
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
portal.guldu.uz-JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

Kavkazortining keyingi madaniyat markazlari: Kolxida, Iberiya va Albaniya.
Urartuning halokatidan keyingi davrda sinfiy jamiyat va davlatchilikning shakllanishi yana uchta Kavkazorti markazida yakuniga yetdi: Kolxida, Iberiya va Albaniya. Urartuning merosxo’ri bo’lgan Qadimgi Arman podsholigidagi singari bu yerda ham keyinchalik mahalliy va qadimgi Sharq madaniy an’analariga antik sivilizatsiya katta ta’sir ko’rsatdi.
Shu tariqa Kavkazorti sivilizatsiyasini quyidagicha davrlashtirish mumkin: m.a. I ming yillikning ilk asrlarida bu yerda sinfiy jamiyat va davlatchilikning yagona markazi Urartu mavjud bo’lgan; so’ngra bu hududga Kavkazortining Qora dengizbo’yi qirg’oqlarida yuzaga kelgan qadimgi Kolxida; ellinistik davrda esa – bu regionning qolgan hududlari - Iberiya va Kavkaz Albaniyasi ham qo’shilgan.
Sobiq Urartu mulklarining katta qismi Midiya davlati, so’ngra Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirdi. Ular bir necha satraplik tarkibiga kiritilgan va markaziy hokimiyatga boj to’lagan. Shunday satrapliklar doirasida m.a. VI-V asrlarda o’z ichiga urartlarning avlodlari va boshqa qabilalarni qamrab olgan qadimgi arman xalqining shakllanishi boshlangan.
Ahamoniylar boshqaruvga jalb etgan mahalliy zodagonlar ichida satrapliklarning birini boshqargan Yervantitlar (yunoncha Orontitlar) bor edi. Satrap va uning atrofidagilarning madaniyati va turmush tarzi ahamoniylar namunasida tashkil etilgan. Erebunidan topilgan m.a. V asrga oid yunon tangalari madaniy va savdo aloqalarining kengayganligidan dalolat beradi. Qadimgi Eron diniy ta’limotlari, xususan zardo’shtiylik, qadimgi Armanistonga katta ta’sir ko’rsatgan. Biroq ommaviy, xalq madaniyati ko’p jihatlarda ururtu an’analarini davom ettirgan.
Yervantitdar mulkining markazi Armavir bo’lgan. Armanistonning mustaqilligi m.a. 220 yilda, Antiox III ning bu davlatni Salavkiylar davlati doirasida tashkil etgan Buyuk Armanistonga qo’shishi bilan nihoyasiga yetdi.
Salavkiylar davlati zaiflashgan davrda (m.a. II asr) Van ko’lidan g’arbdagi hududda Zariadr (arm. Zarex) boshchiligida Sofen, Van va Sevan ko’llari oralig’ida Armaniston kabi davlatlar barpo etilgan. Armanistonning birinchi podshosi Artashes I (m.a. 189-161 yy) Artasheslar sulolasiga asos soldi va yangi poytaxt Artashagni barpo etdi.
M.a. 95 yilda parfiyaliklar yordamida Artasheslar taxtiga Tigran II o’tiradi. Ko’p o’tmay bu uddaburon siyosatchi parfiyaliklarning o’zini siquvga ola boshladi. Qadimgi Arman podsholigining qisqa yuksalishi davrida Salavkiylarning sobiq mulklarining bir qismi va Van ko’lidan janubi-g’arbdagi yerlarni qo’shib olib, ellinistik yunon polislari tipidagi yangi poytaxt – Tigranokertni barpo etadi.
Biroq Old Osiyodagi umumiy vaziyat murakkablashib borib, Tigran II rimliklar bilan kelishishga majbur bo’ladi. Pompey bilan m.a. 66 yilda imzolangan tinchlik shartnomasiga ko’ra “Buyuk Armaniston”ning chegaralari qisqaradi, “podsholar podshosi” o’zini “rim xalqining do’sti va ittifoqchisi” deb tan oladi.
Trayan davrida, 114 yilda Armaniston Rimga tobe davlatga aylandi va II asrgning ikkinchi yarmiga kelibgina o’z mustaqilligini qayta qo’lga kiritdi. Armanistonni o’zlariga bo’ysundirishga intilgan Sosoniylar kuchli qarshilikka duch keldilar. Qadimgi an’analarga ega bo’lgan davlat mafkuraviy mustaqillikka ham erishishga harakat qilib, Tiridat III (287-330 yy) davrida xristianlikni davlat dini deb e’lon qildi.
Miloddan oldingi so’nggi asrlar va milodiy birinchi asrlarda Armaniston yuksak madaniyatga ega davlat edi. Urbanizatsiya jarayoni buning yorqin dalilidir. Doimiy rejalashtirish asosida barpo etilgan qadimgi arman shaharlari ellinistik shaharsozlik qoidalari asosida barpo etilgan. Milodiy I asrda bunyod etilgan Garnidagi Mixr ibodatxonasi arman me’morchilikning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi. Armaniston haykaltaroshligi rang-barangligi bilan ajralib turadi, unda ellinistik va mahalliy an’analar uyg’unlashib ketgan. Kulolchilik, metallsozlik, zargarlik ham yuksak taraqqiy etgan.
A ntik davrdagi Armanistonning ma’anaviy hayoti haqida u qadar ko’p narsa ma’lum emas. Armaniston diniga sinkretizm xos bo’lib, unda qadimgi mahalliy e’tiqodlar va Eron ta’siri qorishib ketgan. Arman xudolarining panteonida Mixr, Anait va Vaxagn kabi xudolar muhim o’rin tutgan.
Kavkazorti tarixida Kolxida alohida o’rin tutadi. Uning tarixi antik mualliflar, arxeologik tadqiqotlar natijalari tufayli yaxshi o’rganilgan. Kavkazortining boshqa davlatlaridan farqli ravishda Kolxida O’rtayer dengizi madaniyatlari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan va m.a. VI asrda yunon koloniyalashtirishining ob’ektiga aylangan. Qora dengizning sharqiy qirg’oqlarida vujudga kelgan yunon koloniyalarining iqtisodiy asosini vositachilik savdosi tashkil etgan.


Yüklə 7,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin