Ahamoniylar sulolasi va Parfiya davrida Eron. Forslarning davlat birlashmasi tarixi yarim afsonaviy xususiyatga ega. Suloa asoschisi an’anaga ko’ra Ahamon sanaladi. M.a. 675-650 yillarda Ahamonning o’g’li Chishpish forslarni boshqargan. Ossuriya manbalarida m.a. VII asrda Oshshurbanipalning zamondoshi bo’lgan Kurush (Kir) tomonidan boshqarilgan Parsumash viloyati xususida so’z boradi.
M.a. 558 yilda fors qabilalarining podshosi bo’lgan Kir II Fors davlatining haqiqiy bunyodkoridir. Fors qabilalari ichida eng yiriklaridan biri bo’lgan pasargadlar hududi forslar konsolidatsiyasi markazi bo’ldi. Ular ko’p o’tmay Midiyaga qarshi kurash boshladi va 550 yilda uni mag’lub etdi. 549-548 yillarda forslar Midiyaga qaram bo’lgan boshqa hududlarni (Парфия, Гиркания, Арманистон) ham bo’ysundirdilar. M.a. 547 yilda Lidiya podsholigi vayron qilindi. Shundan so’ng Kichik Osiyodagi yunon davlatlari Kirning hukmronligini tan oldilar. M.а. 549-548 йилларда форслар M.a. 545- va 539-yillarda Kayxusrav hozirgi Afg’oniston, O’rta Osiyo yerlarini bosib oladi. Fors davlat hududi Hindistonning shimoliy-g’arbiy chegaralarigacha, Hindiqushning janubiy yonbag’irlari va Sirdaryo havzalarigacha yetdi.
M.a. 539 yil kuzida Bobil bosib olingach, barcha g’arbiy mamlakatlar (Suriya, Falastin, Finikiya) Misr chegarasigacha forslar qo’liga o’tadi. Kayxusrav fors davlatining shimoliy-sharqiy chegaralari xavfsizligiga jiddiy xavf solib turadigan O’rta Osiyodagi ko’chmanchi qabilalar ustiga yurish boshlaydi. Kayxusrav m.a. 530 yilda Amudaryoning shimoliy qismiga o’tadi va massaget qabilalari bilan bo’lgan jangda mag’lub bo’lib, o’zi ham halok bo’ladi.
Uning vorisi Kambiz (Kombiz, м.а. 529-522 yy) m.a. 525 Misrga yurish qilib, uni bosib oladi va fir’avn deb e’lob qilinadi. M.a. 522 yilda Kambiz halok bo’ladi va hokimiyat uchun kurashdan so’ng taxtga Doro I (m.a. 522-486-yillar) o’tiradi. Doro I taxtga o’tirishi bilan unga qarshi Bobilda ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirayotgan bir vaqtda Fors, Midiya, Elam, Marg’iyona, Parfiya, Sattagidiya (hozirgi Afg’onistonda) O’rta Osiyoning sak qabilalari va Misr qo’zg’olon ko’taradilar. Bir yil davom etgan qonli urushlardan so’ng bu qo’zg’alonlar bostiriladi.
Erishgan zafarlarini abadiylashtirish maqsadida Doro I Bobil va Ekbatani bog’lab turuvchi qadimgi karvon yo’li ustida joylashgan, Kirmonshohdan 30 km. sharqdagi Bexistun qoyalarida 400 qatorli bitik va relyeflar o’yib yozdiradi.
Doro olib borgan urushlar tufayli O’rta Osiyoda saklar, Frakiya, Makedoniya, Hindistonning shimoliy-g’arbiy qismi bo’ysundiriladi. Shu tariqa m.a. VI asr oxiriga kelib sharqda Hind daryosidan g’arbda Egey dengizigacha, shimolda Armanistondan janubda birinchi Nil ostonasigacha bo’lgan hududda cho’zilgan jahon tarixidagi birinchi imperiya vujudga keldi. Ahamoniylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar va madaniy ana’analar jahon tarixida katta rol o’ynadi. Ammo ko’p o’tmay Ahamoniylar saltanati kuchli raqib – Aleksandr Makedonskiy bilan duch keldi. M.a. 329 yilda Baqtriyaning bosib olinishi bilan Ahamoniylar saltanati quladi.
Ahamoniylar turlicha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga va madaniy an’analarga ega bo’lgan xalqlarni birlashtirgan. Bunday xilma-xil viloyatlarni samarali boshqarish uchun Doro I tomonidan ma’muriy-moliya islohoti o’tkazilgan. Mamlakat 23 ta (Gerodotda 20 ta) satraplikka bo’lingan. Satrapliklar mamlakatning eski davlat va etnografik chegaralariga mos kelgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar - Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari mavjud bo’lgan.
Markaziy davlat boshqaruvi Ahamoniylar saltanatining ma’muriy poytaxti – Suzada joylashgan. Podsho saroyi kuz va qishni Bobilda, yozni - Ekbatanada, bahorni – Suzada, katta bayramlar vaqtini - Pasargad va Persepolda o’tkazgan. Ahamoniylar saltanatining rasmiy tili oromiy tili bo’lgan.
S atrapliklarni boshqarish uchun doimiy pochta xizmati yo’lga qo’yilgan. Ulkan imperiyaning soliq tizimi ham puxta ishlab chiqilgan edi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat’iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo’lgan. Gerodot bergan ma’lumotga ko’ra fors podsholariga qaram bo’lgan xalqlar yiliga 7740 bobil kumush talantini to’lashgan (232 200 kg). Hind satrapligi esa o’lponni oltin qum bilan to’lagan. Pul solig’idan tashqari o’lpon mahsulot tarzida ham to’langan.
Doro I butun saltanat uchun yagona pul birligini joriy etadi. Faqat podsho tomonidan zarb ettirilgan 8,42 g. oltin tanga “doroyi” tangasi deb atalgan. Mahalliy satrapliklarda esa turli qiymatdagi kumush tangalar zarb etilgan. Oddiy savdoda zarb etilmagan kumush quymalaridan keng foydalanilgan.