Nazorat uchun savollar: Qadimgi Eronning qaysi diniy ta’limotlari antik dunyoning filosofik qarashlariga va xristianlik hamda islomda esxolatik ta’limotlarning yuzaga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi?
Elam sivilizatsiyasi yuzaga kelgan va gullab-yashnagan davrni aniqlang.
Эрон цивилизациясининг ҳар бир тараққиёт босқичига хос хусусиятларни кўрсатинг.
Eron va O’rta Osiyo xalqlari madaniy aloqalari haqida ma’lumot bering.
9-mavzu: Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo sivilizatsiyasi Asosiy savollar: 1. Dongshon sivilizatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Milodiy I ming yillikda yuzaga kelgan sivilizatsiyalar
Mаvzugа oid tаyanch tushunchа vа iborаlаr: Jаnubiy - Shаrqiy Osiyo, Dongshon sivilizatsiyasi, lаkvyetlаr, “dongshon nog’orаlаri”, Mаlаyya, Yavа, Indoneziya, аustroosiyo vа аustroneziya xаlqlаri, nаmvyetlаr, vyetlаr, mon-kxmerlаr, аjdodlаrgа sig’inish, “tog’-ibodаtxonа”, stupа, buddizm, mаxаyanа, hinduiylik.
Dongshon sivilizatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari Dongshon sivilizatsiyasi m.a. I ming yillikning boshlarida Hindixitoy yarimorolining shimoliy-sharqiy qismidagi Qizil daryoning quyi oqimlarida yashagan austroosiyo til oilasiga kiruvchi tilda so’zlashuvchi lakvyetlar tomonidan barpo etilgan.
Dongshonliklarning ma’naviy madaniyatida ajdodlar ruhiga sig’inish ustunlik qilgan va u asta-sekin sinfiy jamiyatning alohida dinini shakllantirgan. Sholikor lakvyet-dongoshliklarda, boshqa dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarda bo’lgani kabi, osmon jismlariga, hosildorlikka topinish ham mavjud bo’lgan. Dongshonliklar dinining ko’pgina elementlari boshqa austri xalqlari tomonidan qabul qilingan, rivojlantirilgan va to’ldirilgan.
Dongshon sivilizatsiyasining tushkunlikka yuz tutishi uning vakillari diniy tasavvurlarining o’zgarishi bilan bog’liq edi. Lakvyetlarning xanliklar bilan aloqaga kirishishi xanliklar ma’naviy hayotining ta’sirini olib kelmagan bo’lsa-da, bilvosita diniy ma’lumotni saqlashda tasviriy vositadan ko’ra matn rolining oshishiga olib keldi.