«jahon sivilizatsiyalari tarixi»



Yüklə 7,3 Mb.
səhifə51/107
tarix26.10.2023
ölçüsü7,3 Mb.
#161743
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
portal.guldu.uz-JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

Nazorat savollari:

  1. Rim sivilizatsiyasining yunon sivilizatsiyasi bilan umumiy xususiyatlarini ko’rsating.

  2. Rim fuqarolik jamiyatining tuzilishini tahlil qiling.

  3. Antik sivilizatsiyaning bugungi kunga qadar o’z dolzarbligini yo’qotmagan yutuqlarini sanab bering.



16-mavzu: Vizantiya va Rossiya sivilizatsiyalari
Reja:
1. Vizantiya sivilizatsiyasi va uning ahamiyati
2. Rus sivilizatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari


Mаvzugа oid tаyanch tushunchа vа iborаlаr: Vizаntiy, Konstаntinopol, “Yangi Rim”, vаrvаrlаr, feodаlizm, sаltаnаt g’oyasi, sаltаnаt boshqаruvi, vаsilevs, sinklit, butpаrаstlik, xristiаnlik, xristiаnlik mаzhаblаri, shаrqiy xristiаnlik, bid’аtchilik, Vizаntiyaning qulаshi, Rus sivilizatsiyasi, mustаbid hukmronlik, Vizаntiya merosi, g’аrbpаrаstlik vа slаvyanpаrаstlik.
Vizantiya sivilizatsiyasi va uning ahamiyati
Sivilizatsion taraqqiyotning Qadimgi davrdan keyingi bosqichi O’rta asrlar bo’ldi. Bu davrda Vizantiya sivilizatsiyasi alohida, yetakchi o’rin tutdi.
V izantiya tarixi 324 yilda Bosfor bo’g’ozidagi qadimgi Vizantiy shaharchasi o’rnida Rimning yangi poytaxti Konstantinopolga asos solinishi bilan boshlanib, 1453 yilda turklar tomonidan bosib olinishidan so’ng yakun topdi. Mustaqil davlat va sivilizatsiya sifatida esa uning tarixi Rim ikki qismga parchalanib ketgan 395 yildan boshlanadi.
Konstantinopol Rim imperiyasining Yevropa va Osiyo qismlari tutashgan nuqtada, Sharq va G’arb chorrahasida joylashgan edi. Darhaqiqat Vizantiya sivilizatsiyasi antik meros va sharqiy – xristian maslagining o’ziga xos sintezi edi. Uning tabiiy-geografik o’rni muhim savdo yo’llarini nazorat qilish, bo’g’ozlar ustidan harbiy-strategik jihatdan hukmronlik qilish imkonini berardi. Vizantiya chegaralari uning ming yildan ortiq tarixi davomida o’zgarib turdi, biroq o’zining qudratga erishgan davrida Vizantiya Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Shimoliy Mesopotamiya, Armanistonnig bir qismi, Suriya, Falsatin, Misr, Krit va Kipr orollari, Qrimdagi Xersones, Kavkazdagi Lazika. Arabistonning ayrim hududlarini o’z ichiga olgan.


Yüklə 7,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin