JAHON TARIXIDA SOXIBQIRON AMIR TEMURNING SAVDO-SOTIQ VA PUL SIYOSATI.
Kurs ishing tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishi umumiy betni tashkil etadi
I.BOB. SOHIBQIRON AMIR TEMUR MARKAZIY OSIYODA BARPO ETILGAN MARKAZLASHGAN DAVLATNING ASOSCHISI.
I.1. Amir Temur davri tarixnavisligi Amir Temur hayoti va faoliyatini gavdalantirish uning zamoni mohiyati, ruhi, muhitining tsvirlash uchun gapni tarix faniga tayanib kelgan va bundan buyon ham tayanadigan asaszaminli eng muhim yozma manbaalrdan boshlash maqbul. Amir Temur hayoti davrida zamondoshlari tomonidan vauning homiyligida yoki Sohibqiron vafotidan keyin hali voqealarning ohiri to’kilmay va salaflarning merosini etiborga olgan holda yaratilgan asarlar ilk manbalar sifatida g’oyat qimmatlidir. O’sha davr taqozosiga ko’ra bu asarlar forsiy tilda yozilgan. Buyuk olim G’iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islom Yazdiyning “Ro’znomai G’azovoti Hindiston” (“Hindistonga yurish kundaligi”) risolasi A.Temur faoliyatiga oid ilk asar hisoblanadi. Bu risola A.Temurning shaxsiy ko’rsatmasi bilan1399-1403 yillar oralig’ida yozilgan1. Unda 1398-1399 yillardagi yurish batavsil tasvirlangan.
G’iyosiddin Ali risolasiga A.Temurning munosabati e’tiborga sazovordir. Bu munosabat A.Temur shaxsiy xislatlarining ayrim jihatalrini birmuncha yoritib beradi. Yuqorida takidlanganidek, bu asar ”G’ayritabiiy iboralarsiz va kitobxon uchun tushunarli uslubda” yozilishi lozim edi. Shu sababli G’iyosiddin Alining ko’pincha asosiy ishga aloqasi bo’lmagan va bayon mavzuini xiralashtiradigan, tushinish qiyin bo’lgan dabdabali va jimjimador tasvirlari Amir Temurga unchalik yoqmadi2. Ammo shunday bo’lsa ham, G’iyosiddin Ali Yazdiyning risolasi unda aniq ma’lumotlar bayon etilgani jihatidan qimmatli manba hisoblanadi. A.Temur va Temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar orasida NizomiddinShomiy va Sharofiddin Ali Yazdiyning “ Zafarnoma” asarlari, o’ziga xosligi va qimmatli dalillarga boyligi bilan , shubxasiz, birinchi o’rinda turadi.
Nizomiddin Shomiy(taxminan 1409-yilda vafot etgan) o’z asrini 1402-1404-yillar orasida Amir Temurning topshirig’i bilan yozgan. Asarda Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishida (1370) to uning G’arbiy Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Turkistonga qilgan 7 yillik yurishi (1399-1404) voqealari bayon etilgan. Asarning oddiy til va sodda uslubda yozilganligi undan foydalanishni yengillashtiradi. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” si bizgacha ikki tahrirda yetib kelgan. 1-tahriri 1404-yil iyun oyida A.Temurning Erondagi Movoraunnahrga qaytish paytida unga taqdim qilingan nusxa bo’lib, hali unga nom berilmagan edi. II-tahriri o’sha paytlarda Ozarbayjon va Iroqni idora qilib turgan Mirron shoning o’g’li Mirzo Umarga taqdim qilingan nusxadir. Muallif uni bir qadar tahrir qilgan. Muqaddimaga bazi qo’Shimoliychalar kiritgan.
Mashhur tarixshunos olim Xofiziy Obru Shomiyning bu asariga qo’Shimoliycha yozgan va u “Zayli Zafarnomai Shomiy” deb ataladi. Unda A.Temurning vafotigacha (1405-yil 18-fevral) bo’lib o’tgan voqealar bayon etilgan. Mazkur asarning qo’lyozma nusxalari juda kam bo’lib, Turkiya hamda Armaniston kutubxonalarida saqlanadi. Asarda ko’p parchari rus tilida “сборникматериалов, отнасящихсияк истории Залотой орды ” (М.,1941) va “Материалыпо истории Туркмении ” (М.,1939) nomli majmualarda elon qilingan. Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” sining matni, zarur izohlar va ko’p ko’ratgichlar bilan to’ldirilib, chex sharqshunos olimi Filiks Taur tarafidan chop etilgan. Asarning Najotiy Lug’at qilgan turkcha va o’zbekcha (1996-y) tarjimalari ham bor.
Ya’na bir “Zafarnoma” Sharofiddin Ali Yozdiy (1454-y. vofot etgan) ning qalamiga mansub bo’lib. Ko’tarinki uslubda bahodirlik qissasi tarzida yozilgan. Agar “Zafarnomai Temuriy”, “Tarixi Jahon kushoyi Temuriy”, “Fatixnomai Sohibqironiy” nomlari bilan ham atalgan bo’lib, Nizomiddin Shomiy asari asosida yozilgan. Sharifiddin Ali Yazdiy asarining bir qancha afzal taraflari bor. Masalan, ko’plab dalil va hodisalar aniqlab yozilgan. Halil sulton hukumronligi yillari voqealarini o’z ichiga olgan. Asarning yana bir muhim afzalligi shundaki, uning katta muqadima qismi ham bo’lib unda Jo’ji, Jiqatoy usullari hamda Elhoniylar davlatining A.Temurgacha bo’lgan tarixi qisqacha bayon etilgan. Muqaddima “Tarixi Jahongiriy” va “Muqaddimai Zafarnoma ” nomlari bilan ma’lum . Sharofiddin Ali Yozdiy bu asarini Fors hokimi, Temuriyzoda Ibrohim Sultonning topshirig’I bilan yozgan (1425-y).
Asar Amir Temur tarixi uning tavallud topishidan (1336-yil) to Halil Sulton hukumronligiga chek qo’yilishigacha (1409-y) bo’lgan davr Movaraunnahr, Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda kechgan voqealarni o’z ichiga oladi. Asarning qo’lyozma nusxalarini Osiyo va Yevropadagi talaygina mamlakatlarining kutubxonalarida uchratish mumkin.
Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” sining matni 2 jildda Kalkutta (1885-1888) va Tehron (1957) da Mavlaviy Muhammad Ilohdod va Muhammad Abbosiylar tarafidan chop etilgan. Fransus (Peti de La Krua, 1722) va ingliz (J.Darbe,1723) tillariga qisqacha tarjimalari ham bor. Asarning Shayboniy xonlardan Ko’chkunchixon (1510-1529) zamonida Muhammad ibn Darvesh Ali al-Buxoriy o’zbek tiliga qilgan durustgina qilgan tarjimasi ham yetib kelgan.1 XIX asrda shoir va vazir Munisning topshirig’iga binoan Xudoyberdi ibn Qo’shmuhammad Xivaqiy qilgan tarjima va Yaroqbiy Qo’ng’rotning ko’rsatmasi bilan no’malum tarjimon qilgan o’zbekcha tarjimalari, shuningdek Mustafo Rahimning turkcha tarjimasi (Istambul, 1929) ham mavjud.
Asardan ayrim parchalar fransuz, rus, ingliz, italyan v ao’zbek tillarida chop etilgan. Parchalar Oltin O’rda hamda A.Temurning 1360-1370 (Movarounnahr),1398-1399 yillardagi ( Hindiston yurishi) tarixiga oiddir.
Har ikkala “ Zafarnoma” Movoraunnahr, Eron va Ozarbayjonning ijtimoiy-siyosiy va entik tarixini, xalqning madaniy hayotini, shuningdek Amir Temur va Temuriylar davlatining boshqa mamlakatlar bilan siyosiy munosabatini o’rganishda muhim manbadir.
Sharfiddin Ali Yazdiy asarning o’ziga xos xususiyati shundaki, u xasos yilnomachi sifatidagina emas , balki iste’dodli adib, mohir bayonchi sifatida ham namoyon bo’ladi. Keyinchalik ulug’ o’zbek shoiri va mutaffakkiri Alisher Navoiy risolaning shu jihatini alohida o’qtirib, Sharofiddin Ali Yazdiyning asrini mahorat bilan yozilgan eng mukammal risolalar jumlasiga kiritadi (2). Hozirgi zamon ilmiy adabiyotida “Zafarnoma ” “Markaziy Osiyo tarixnavisligining durdonasi” sifatida baholanadi. XX asrning yirik sharqshunosi va forsiy manbalar bulog’ini A.K. Arends Shomiy va Yazdiy “Zafarnoma” larning solishtirib, ushbu haqqoniy gapni aytgan edi: “Amir Temur haqidagi dastlabki asarlardan biri Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” nomli rasmiy tarixi bo’lib, bu asar hali Amir Temur hayotlik vaqtidayoq tuzilgan edi. Biroq Amir Temur davr tarixiga oid anchagina to’liq ma’lumot Sharofuddin Ali Yazdiyning ilm-fanda “Zafrnoma ” nomi bilan mashhur bo’lgan asarida berilgan…”
Tarixchi va olim Sharofiddin Ali Yazdiy Amir Temur tarixini yoritishga katta ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Muallif o’z kitobini imkoni boricha ishonchli faktik materiallar, Amir Temur buyrug’iga asosan uning kitoblari tomonidan yozib qoldirilgan voqealar, bu voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishilar ma’lumoti asosida badiy tarzda bayon etgan…1 Shuning uchun ham, ortiqcha maqtovlar bo’lishiga qaramay, Sharofiddin Ali Yazdiy Amir Temur shaxsiyatidagi ziddiyatlarni ancha haqqoniy tasvirlagan.Yazdiy keltirgan xabarlarning haqqoniyligiga “Zafarnoma” ning noshiri A. O’rinboyev ham qator asosli dalillar keltiradi. U bunday yozadi: “Muallifning takidlashicha, Ibrohim Sulton (Shohruhning o’g’li) Temur haqida maxsus Kitob yozdirishni niyat qilgan va 822/1419-1420 yilarda o’z davrida kitoblar- baxshi va munshilar tamonidan Temur haqida turkey hamda forsiy tilida yozib qoldirilgan mavjud ma’lumotlarni unga keltirib berish haqida farmon chiqargan. Keyin esa materiallar o’rganila boshlangan…2 Asarning Amir Temur tarixidan bayon etuvchi asosiy qismida yozilishicha, podsholikning barcha tomonlaridan Amir Temur haqidagi turkey va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hammasi she’riy va nasriy nusxalari to’plami bo’lgaj, materillar bilan tanishish uchun uchta guruh tuzilgan.
Turkiy va forsiy tillarining bilimdonlari ikki guruhni, voqialarni o’z ko’zi bilan ko’rganlar esa bir guruhni tashkil etgan. Dastlab Amir Temur haqidagi harbir hikoya to’qilgan, agar u vaqiani o’z ko’zi bilan ko’rgan kishini talqiniga to’g’ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni toppish uchun turli shaharlarga choparlar yuborib maskur voqeani Amir Temurning boshqa zamondoshlaridan surishtirgan yoki qo’Shimoliycha ma’lumotlar to’plagan.
Boshqa guvohlarning hikoyalarini ham eshitgach,Ibrohim Sulton aytib turgan va dastlabki xomakisi yozib borilgan. Ana shu materiallar asosida esa Sharofuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarini yozgan.
Ibrohim Sultonning burug’ini asosan bu kitobni yozish vaqtida sanalar, joy nomlari,ular orasidagi masofa haqidagi barcha ma’lumotlar juda sinchiklab tekshirilishi shart bo’lgan. Sharofiddin Ali Yazdiy oldiga asarni jonli hamda tushunarli qilib yozish talabi qo’yilgan,shuningdek u hujjatlarga qattiy rioya qilishi, Ibrohim Sultonning bevosita nazorati ostida amalga oshirilgan dastlabki xomaki yozuvdan chetga chiqmasligi xamda narsani bo’yab ko’rsatmasligi kerak ekan
SHunday qilib , SHarafuddin Ali Yazdiyning “ Zafarnoma”si Amir Temur xaqidagi yozma manbalar orasidagi aniq xujjattlarga asoslangan eng xaqqoniy va eng ishonchlisidir. Demak, bu asrdagi barcha kishilarnig , joylarning nomlari , voqealarning sanalari tarixiy xaqiqat bo’lib , barcha-xabarlar rost va xaqqoniydir.
Tarixchi ba elshunos olim Shaxobiddin Abdullox ibn Lutfullox ibn Abdurashid al-Xavofiy (Xofizi Abro’) xam Amir Temur tarixnavisligining yana bir namoyondasi bo’lib maydonga keldi . Uning o’z so’zlariga qaraganda ,u Amir Temur saroyida xizmatda bo’lgan , muayyan darajada unga yaqin turgan . Xofizi Abro’ Amir Temurning xizmatida Sharqning bir qancha mamlakatlarida bo’lgan , Amir Temurning vofotidan keyen uning o’g’li SHoxrux saroyida tarixnavis bo’lgan. Xofizi Abro’ 1431 yilda vafot etgan. Xofizi Abro’ Amir Temur va SHoxruxga yaqin odam bo’lgani uchun xam u keltirilgan ma’lumotlar o’ta muxim.
Hofizu Abro’ bir necha muhim tarixiy asarlar yozib qoldirgan. Ulardan biri “Majmu’ayi Hofizi Abro’” deb ataladi.Undan mashhur arabiynavis tarixchi Tabariy (839-923) ning “Kitobi rusul va-l-muluk va-l-xulafo” (“Payg’ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi”) kitobining Bal’amiy qilgan forscha taxriri, aniqrog’I xalifa Muqtadir zamoni (908-932) dan toxalifa al-Mustasim (1242-1258) davrigacha bo’lgan tarix shuningdek, “Zayli majmua’ at-tavorixi Rashiduddin” Eronning 1306-1393 yillaridagi tarixi va “Zayli zafarnomai Shomiy” asari o’rin olgan. “Majmua’ayi Hofizi Abro’” dan ayrim parchalar matni Xonboba Bayoniy (1938) , Feliks Tauer va J.M. Maytra (1934) tomonidan nashr etilgan.
Hofizu Abro’ning ikkinchi asari “Zubdat ut-tavorixi Boysung’uriy” (“Boysung’ur Mirzoning saralangan tarixi”) nomi bilan mashhur va umumiy tarix tarzida yozilgan asardir. Unda Olamning “yaratilishi” dan to 1426-yilgacha bo’lib o’tgan voqealar qayd qilib o’tiladi. Asarning to’rtinchi qismida Amir Temur tarixi Shomiyning “Zafarnoma” si asosida qisqa tarzda va Shohrux Mirzo tarixi (1430-yilga qadar) batafsil bayon etiladi. “Zubdat ut-tavorixi Boysung’uriy” ning nusxalari kam, ular Angliya,Fransiya, Turkiya, Eron, Afg’oniston va Rossiya kutubxonalarida saqlanmoqda.
Hofizu Abro’ asarida Amir Temur haqida bayon etilgan ayrim ma’lumotlar tadqiqotchilar e’tiborini tortdi. Masalan, Hofizu Abro’ning guvohlik berishicha, Amir Temur din va shariatni mustahkamlash borasida sidqidildan g’amxo’rlik qilgan. Amir Temur zamonida Samarqand yaqinidagi Angor tumanida va Murg’ob daryosi havzasining yuqori qismida ariq va zovurlar qazilganligi haqidagi ma’lumotlar ham shu asarda bayon etilgan. Hofizu Abro’ o’z risolasi mazmuniga Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” sidan matnlarni qo’shib, shu tariqa ularni avlodlar uchun saqlab qoldi.
Movaraunnahr va Xurosonning 1404-1409-yillardagi siyosiy tarini o’rganishda Xoja Tojiddin as-Salmoniyning “Tarixnoma” kitobi katta ahamiyat kasb etadi. Asar “Zayli Zafarnoma” (“Zafarnoma” ga qo’Shimoliycha) nomi bilan ham ma’lum. Asar muallifi haqida juda kam ma’lumotga egamiz. Faqat uning asli Isfaxondan ekanligi, mohir hattot va devoni insho (yozishmalar devoni) ning ko’zga ko’ringan xodimi sifatida ma’lumligi, muzafarriylar davrida 1397-yili Sherozdan Samarqandga kelganligi,1409-uni Shohrux Xurosonga olib ketganligi va uning topshirig’i bilan mazkur asarni yozishga kirishganligi ma’lum, xolos. Lekin u kitobni yozib tamomlay olmadi. Saroyda Faxriddinga qarshi fitnada ishtirok etgani uchun qamoqqa olindi.
Xoja Tojiddin as-Salmoniy Amir Temurning so’ngni kunlari va Shoxrux tarixini yozishni mo’ljallagan edi. Faqat 5-6 yillik tarixini yozib ulgardi,xolos. Xullas, “Tarixnoma” da 1404-yilning kuzida Konigilda bo’lgan tantana va to’yu tomoshalar, Amir Temurning Xitoyga yurishining boshlanishi, uning vafoti, Xalil Sultonning Markaziy hokimiyatini tortib olishi (1405-yil mart oyining o’rtalarida ) va 1409-yil mart oyi oxirlarida uning Xudoydod boshliq bir guruh amirlar tarifidan asir olinishi tarixidan so’z yuritiladi.
“Tarixnoma” ning uchta nusxasi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ulardan biri qusurli va Angliyaning Britaniya muzeyida (tartib raqami OR 159), qolgan ikkitasi Turkiyada Sulaymon Fotih (tartib raqami 4305) va Lola Iola Ismoil afandi kutubxonasida (tartib raqami 304) saqlanmoqda. So’ngi nusxa to’laroq bo’lib, foydalanishga qulay. Asarni nemis tiliga Gans Robert Remer va rus tiliga Z.M. Buniyotov tarjima qilgan. Amir Temur tarixi Eronlik tarixchi olim Mo’ ‘iniddin Natanziyning sharqshunoslar orasida “Muntaxab ut-tavirixi Mo’ ‘iniy ” (“ Mo’ ‘iniyning saylanma tarixi”) nomi bilan mashhur bo’lgan asarida ham qisqa tarzda bayon etilgan. Asar 1413-yili Sherozda Temuriy Iskandar Mirzo saroyida yozilgan.
“Muntaxab ut-tavorixi Mo’ ‘iniy” ning ikkita taxriri mavjud: biri yuqorida nimi zikr etilgan Iskandar Mirzoga bag’ishlangan, ikkinchisi Shohruxga taqdim etilgan nusxa , Iskandar Mirzo Shohrux tomonidan tor-mor qilinganidan keyin (1414-yil 20-iyul) tahrirdan chiqarilgan. Unda Iskandar Mirzo haqidagi hikoyatlar bir muncha qisqartirilgan, uning sha’niga aytilgan hamdu sanolar olib tashlagan. Asarda eng qadimgi davrlardan to Amir Temur vafotigacha (1405-yil 18-fevral ) bir qator o’lkalarda yuz bergan muhim tarixiy voqealar qiqacha bayon qilingan. Ko’p hollarda muallif har bir sulola vakillariga alohida bob bag’ishlagan. Asarning so’ngi qismlari Markaziy Osiyo tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Asarda Amir Temur yashagan hukmronlik qilgan davrda yuz bergan tarixiy voqealar bir muncha mufassal bayon qilingan. Ushbu davr tarixini muallif asosan o’zi to’plagan materiallarasosida yozgan. Amir Temur zamonidagi voqea-hodisalar Natanziyga yaxshi ma’lum bo’lgan, shuningdek u saroy solnomalaridan foydalanish mashhur, tarixiy voqealarning hali hayot bo’lgan ishtirokchilaridan o’ziga kerakli ma’lumotlarni so’rab-surishtirib bilib olish imkoniyatiga ega bo’lgan. Ba’zi o’rinlarda muallif shohidlardan eshitib yozganiga ishora qiladi. “Muntaxab ut-tavorix” dagi ayrim xronolik chalkashliklar, nazarimizda, Natanziy og’zaki ma’lumotlardan ko’p foydalangani natijasidir. Asarda Amir Temurning vatanparvar lashkarboshi va tadbirkor davlat arbobi sifatida kamol topib borishi yorqin aks ettirilgan. Muallif mamlakatdagi tarqoqlikni tugatishda va mo’gul xonlarining Movoraunnahrga bosqinchilik tajovuzlariga chek qo’yishda Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatig’oyat katta ro’l o’ynayotganini ta’kidlaydi.
Amir Temur hukmronligi davri tarixi ko’tarinki uslubda bayon etiladi. O’tga bir yarim asr davomida tanazuldan boshi chiqmagan Turonda ulkan ulkan o’zgarishlar yuz bera boshlaydi: “Andak fursatda Samarqand shu qadar go’zal va obod bo’ldiki , Oliy jannatga ta’na qilib, yer yuzining behishtiga aylandi. Shaharning tevarak atrofida ham ko’rkam bog’lar va dilkash imoratlar bunyot ettirdi. Rub ‘I muskunnning hamma joylaridan bu muborak shaharga otlanib, hazrat Amir Sohibqironning adolatli va marhamatli soyasidan panoh topishdi.
Hazrat barcha yo’llarda yomlar (maxsus bekatlar ) barpo etishni buyurdi va xalq o’tib kechadigan joylarni xarobalarni tuzatib obod qildirdi. Oily rabitlar va xonaqoxlar qurdirib, faqiru miskinlar uchun hayriya tarzida ularning eshiklarini ochib qo’ydi. Chunonchi Amir Sohibqiron ko’p muddatgacha zaminning bepoyon gilamida yashovchi haloyiqning shodu xurramligiga bois bo’lib, ulkan bir davlatni idora etdi ”.
“Muntaxab ut-tavorix ” da Amir Temurning shaxsiy xislatlari qaysi ilmlarga qiziqqani haqida ham muhim ma’lumotlar bor. “Amir Sohibqiron ilmu hikmat ahli va fan arboblari bilan do’stlashgan edi. Tarix kitoblarini eshitish orqali ummatlar nasibi va sharhi hollarini turk, arab va ajam podsholarining turgan turgan joylari va qilgan ishlari va bu ilmning boshqa tarmoqlarini chuqur egallagan edi. Tib va nujum ilmlarining mashhur masalarida ham yetarli ma’lumotga ega edi. Tib va nujum ilmlarining mashhur masalalarida ham yetarli ma’lumoyga ega edi. O’zining aksar vaqtini sayyidlar, olimlar va mashoyihlar bilan suhbatlashishga sarf qilar edi”.
“Muntaxab ut-tavorix ” ning manba sifatida qimmatli jihatlaridan yana biri shuki, Amir Temurning harbiy dahosi va lashkarining jangovorligi haqida boshqa manbalarda uchramaydigan ba’zi muhim ma’lumotlar bayon qilingan. Natanziy keltirgan turkey tildagi o’sha davrga oid bir qancha harbiy atamalarh hatto Nizomiddin Shomiy va Sharofuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” larida ham uchramaydi. Bu hol Natanziy asarining originalligi, muharrir o’z davriga oid harbiy atamalrni sinchiklab o’rganganligini tasdiqlaydi hamda, ehtimol, u Amir Temur lashkarida jang qilgan bazi yirik sarkardalardan ham o’z asari uchunmuhim ma’lumotlarni so’rab olganini taxmin etishga asos beradi.
“Muntaxab ut-tavorixi Mo’iniy” ning nusxalari Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Eron kutubxonalarida saqlanadi. Uning baz’zi nusxalarining ruscha tarjimasi “Oltin O’rda tarixiga oid materiallar” to’plamida nashr etilgan. Asarning to’la farnsuscha tarjimasini Jak Oben qilgan. Hofizi Abro’ va Mo‘iniddin Natanziydan keyin Kamoliddin Abdurazzoq ibn Mavlon Jamoliddin Ishoq as-Samarqandiyningnomi alohida ajralib turadi. U 1413-yilda shohruxsaroyiga yaqin bo’lganimom oilasida tug’ilgan.
Abdurazzoq Samarqandiy, avvalgi sahifalarda takidlanganidek, Shohruxning diplomatiya sohasidagi topshiriqlarini bajargan. Shohrux vafotidan keyin boshqa temuriyzodalar huzurida xizmat qilgan,1463-yildan boshlab hirot madrasalaridan birida shayz bo’lgan va shu yerda taxminan 1483-yilda vafot etgan. G’oyat mashhur bo’lgan “Matlaai sa’dayn va majmai bahrayn” (“Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo’shilish joyi”) asari Abdurazzoq Samarqandiy qalamiga mansubdir. Bu asar XIV- XV asega iod voqealarni o’z ichiga oladi. Muallif qo’lyozmani 1470-yilda yozib tugatdi, keyinchalik unga ba’zi o’zgarish va qo’Shimoliychalar kiritdi.1 Yuqorida tilga olganimizdek, Hofizi Abro’ning “Zubdat at-tavorix” asari Abdurazzoq Samarqandiy uchun asosiy manba bo’ldi. Tadqiqodchilar Abdurazzoq Samarqandiyni Nizomiddin Shamiy va Sharofuddin Ali Yazdiy qalamiga mansub “ Zafarnoma” lardan (8) va boshqa ba’zi mualiflarning asarlaridan ham bahramand bo’lganligi, ammo uning asarida mazkur asarlarda uchramaydigan bir qancha tavsilotlar ham borlini ta’kidlaydilar shu jihatdan Abdurazzoq Samarqandiy asari Amir Temur va uning davri tarixini o’rganishga oid muhim manbalardan hisoblanadi.
Sahrofuddin Ali Yazdiyning “Zafarnomasi” bilan Abdurazzoq Samarqandiyning bu kitobida Amir Temur va Temuriyzodalar tarixi batafsil bayon qilingan, mazkur kitob Sharq va G’arbda ko’p martalab mnashr etilishining sababi ham shunda.
Amir Temur zamondoshi—mashhur arab tarixchisi Abduraxmon Abu Zayd ibn Xaldunning (1332-1406) fikrlari diqqatga sazovor. Uning ko’p jildli asoisy tarixiy-ijtimoiy asari “Kitob al-ibor” (“Nasihatomuz misollar kitobi”) jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi ta’limotga hamda musulmon Sharqkari xalqlari va Mag’rib xalqlari tarixini o’rganishga qo’shilgan katta hissa deb tan olingan.
Ibn XAldum Damashq shahrining Amir Temurga topshirilishi shartlari haqida muzokara olib borgan Damashq delegatsiyasi tarkibiga kirgan edi. Shu tariqa Ibn Xaldum Amir Temur bilan shaxsan suhbatlashishga musharraf bo’lgan. Ibn Xaldumning Amir Temur tashqi siyosiy faoliyatiga qanday munosabatda bo’lishidan va unga qanday nazar bilan qarashidan qat’iy nazar, u Amir Temurning betakror va yorqin shaxsiga xolis baho bermasdan iloji yo’q edi. Xaldum Amir Temurning harbiy tarix sohasidagi teran bilimidan hayratga tushdi. Ibn Xaldum o’sha paytda Amir Temur sehrgarlik va jodugarlik kuchiga ham ega degan tasavvurlarni qat’iyan rad qildi, uning nmunozara va bahslarini yaxshi ko’radigan o’tkir zakovatli va teran zehnli inson ekanligini ta’kidladi.
Ibn Xaldumning dalolat berishicha Amir Temur undan “o’zingizning Mag’rib mamlakatingizni, uning manzu\illari va shaharlarini batafsilroq bayon etib beringiz” ,—deb iltimos qilgan.
Amir Temur o’z suhbatdoshining at-Tabariy (X asr boshlarida yashagan tarixchi) qarashlarini shaxsan qanday baholashini so’radi. Mana shularning hammasi Amir Temurning keng bilimli va sinchkov donishmand sifatidagi qiyofasini qimmatli jihatlar bilan to’ldiradi.
Amir Temur zamondoshlaridan biri IBN Arabshoh (Shihobiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim (1389-1450) asari Amir Temur haqidagi manbalar qatoridan alohida o’rin oldi. Ibn Arabshoh Damashqda tug’ilib o’sgan. Bu shahar Amir Temur qo’l ostiga o’tganida u 12 yoshda edi. U aka-ukalari hamda onasi bilan birag Samarqandga olib ketiladi, bu yerda 1401-yildan to 1408-yilgacha yashaydi. Ibn Arabshoh shu yerda ta’lim oladi, shaqr tillaridan bir nechtasini o’rganadi, har holda Amir Temurning o’z saroyida bo’lmasada, Temuriylardan birining saroyiga yaqinroq turganligi seziladi. 1408-yildan keyin Sharq mamlakatlari bo’ylab ko’plab sayohatlar qilgach, ona shahri Damashqqa qaytadi, so’ngra Qohirada yashaydi va shu yerda vafot topadi.
Ibn Arabshox tarix,adabiyot grammatikagaiod bir qancha asarlar yozgan. Uning qalamiga mansub “Ajoyib ul-maqdur fi axbori at-Taymur” (“Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”) Amir Temurga va uning zamoniga bag’ishlangan salmoqli asardir. Ibn Arabshox Amir Temurga nisbatan dushmanlik ruhidagi mualliflarjumlasidan edi. Bu hol uning asarida to’la aks etdi.
Shunday bo’lishi tabiiy edi, chunki jahon tarixidagi eng yirik arboblardan hech biri va hech adabiyotda bir xil, bir ma’noda baholangan emas. Ularning hayoti va faoliyati to’g’risidagi bilimlar jamlanishi jarayonida ularning tarafdorlari bilan g’animlari o’rtasida, tabiiy bahslar bo’lib turgan, ijobiy va salbiy yoki betaraf tarzdagi va shu kabi turli-tuman fikrlar aytib kelingan. Mana shunday muayyan holatda, Ibn Arabshoxning Temur davlati va unga chegaradosh mamlakatlar siyosiy xo’jalik va madaniy turmushini qo’Shimoliycha ravishda oydinlashtirib beruvchi ko’pdan-ko’p diqqatga sazovor misollarni bayon qilishi g’oyatmuhimdir. Dunyodagi ko’pgina sharqshunoslar,tarixchilar, san’atshunoslar Ibn Arabshoh asarining ana shu jihatiga zo’r e’tibor bilan qarab kelmoqdalar. Diqqatga molik yana bir jihati shundan iboratki, Ibn Xaldum kabi Ibn Arabshox ham Amir Temurga naqadar salbiy nazar bilan qaramasin, har holda uning shaxsini munosib baholadi: “Yetmish yoshli Temurning fikrlari hali ham qat’iy,jismoniy jihatdan kuchli va baquvvatdir…— deb yozadi Ibn Arabshox.— U istehzo va soxtalikni yoqtirmaydi, baxtsiz hodisaro’y berganda g’amga botmaydi, doim sergak va mardona turadi, uning oldida hamma itoatgo’y bo’lib qoladi va hurmat bajo keltiradi. U mard va jasur adamlarni yoqtiradi… U masalaning mohiyatini darhol payqab oladigan mohir bahschi edi… U farosati bilan haqgo’y—yolg’onchini darrov farqlar edi”3. Lekin shunday bo’lsada Ibn Arabshoxning faqat o’zi ko’rganlari haqida yozganlari ishonchga sazovor. Birovlardan eshitib yozganlariesa ko’pincha uydurma va hatto afsonadan iborat. Muallif asarni yozishda birorta ishonchli manbaga asoslangan.
“Ajoyib ul-maqdur fi axbori at-Taymur” asarining qo’lyozma nusxasi Fransiya, Misr, Suriya , Turkiya va Rossiya kutubxonalarida saqlanmoqda.
Mtni Leyden (Gollandiya), Qohira (Misr), Kalkutta (Hindiston)da chop etilgan undan ko’pgina parchalar lotin (S.N.Manger),fransuz (P.Vate), ingliz(I.I.Sanders), rus (A.E.Shmidt) tillarida nashr etilgan. O’zbek tilida ikkita jildan iborat kitobda (U.Uvatov) chop qilingan.
Ibn Arabshox bayon etgan yana bir ma’lumot diqqatga sazovordir. Muallifning yozishicha, “Ajoyib ul-maqdur fi axbori at-Taymur” zamonida (albatta, ijtimoiy tuzum, diniy axloq va rasm-rusumlar doirasida) xalq ommasi Sohibqiron amri bilan o’tkazilgan barcha katta bayram va ziyofatlarda ishtirok etrdi. Temur shaharda bo’lmagan vaqtlarda uning saroylaridagi katta bog’larga Samarqandning aholisi bemalol kiraverardi. Ibn Arabshoxning dalolat berishicha, podshoh oilasidagi katta bayramlar sharafiga Samarqand xalqini har xil to’lovlaradn ozod qilish odati ham amal qilar edi.
XV asrda yashagan arman tarixchisi Foma Metsopesining asari ham “Ajoyib ul-maqdur fi axbori at-Taymur”ga ashaddiy dushman o’rduga mansub manbalar qatoriga kiradi. Ammo undan ham ba’zi bir e’tiborga loyiq ma’lumotlar topsa bo’ladi . Amir Temur va uning sohibi toj farzandlari tarixi va yana bir yirik tarixshunos olim—Muhammad Ibn Xovandshoh ibn Muhammad (u ko’pincha Mirxond nomi bilan mashhur) tarafidan yozilgan.
Mirxondning bu asari “Ravzat us-safofi siyrat al-anbiyo va-l-mulk va-l-xulafo” (“Payg’ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqida janat bog’i ”) nomi bilan mashhur bo’lib,yetti jilddan iborat. Asarning yeetinchi jildi ( to 1467-yilgacha bo’lgan voqealar), muallifning betobligi va zamonnning nosozligi tufayli,nihoyasiga yetmay qolibketgan. O’ziga xos jo’g’rofiy bo’lgan jo’g’rofiy qo’shimcha bo’lgan asar xotimasi va yozilmasdan qolgan qismlar olimning nabirasi Xondamir tarafidan oxiriga yetkazilgan. Alisher Navoiyning topshirig’i bilan yozilgan bu asar umumiy tarix tarzidagi asardir. U dunyoning “yaratilishi” dan to 1523-yilga qadar Movoraunnahr, Eron, va Musulmon Sharqidagi boshqa mamlakatlarda kechgan voqealar haqida hikoya qiladi. Asarning I-V jildlari termadir, so’ngi ikkijildi, aniqrog’i VI jildi XV asrningikkinchi yarmi tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Unda Amir Temur va Temuriylar tarixi Sulton Boyqaro va uning avlodi zamonigacha , ya’ni 1523-yilgacha bayon etilgan.
“Ravzat us-safo” ning qo’lyozma nusxalarini Angliya , Turkiya, Hindiston, Eron, Rossiya, Yugoslaviya, Misr, Fransiya, Tatariston, Armaniston, Tojikiston, Shvetsiya, Qudusi Sharif, Gollandiya va o’zbekiston kutubxonalarida uchratish mumkin.Asar matni Hindiston va Eronda chop etilgan. Undan ayrim parchalar fransuz,shved,lotin, nemis va boshqa tillarga tarjima qilinib, chop etilgan.
“Ravzat us-safo” ning usmonli turkcha va o’zbekcha tarjimalari ham bor. O’zbekcha tarjimasi Xivada Munis, Ogahiy va Muhammad Yusuf tarafidan amalga oshirilgan. “описаниетюркскихрукописейИнститутанародовАзии” (Lelingrad, 1965) tuzuvchilarining so’zlariga qaraganda, asarning Fozil Mulla Kichik tarafidan 1737-yili qilingan uyg’urcha tarjimasiham bizgacha yetib kelgan.
Davlatshox Samarqandiy (1435-1495) ning “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar zikrida”) asarida (1486-yili yozilgan) hatto maxsus tarixiy asarlarda uchramaydigan o’ta foydali ma’lumotlar mavjud. Bu asar muqaddima, xotima va yeti qismdan iborat. Temur va Temuriylar davrida o’tgan shoirlar (ularning orasida Temuriyzoda shoirlar ham bor), asarning VI-VII qismlarida va asar xotimasida qayd etilgan traixiy voqealar, Xuroson sarbadorlari haqida keltirilgan ma’lumotlar malumotlar bor.
Endi “Temur Tuzuklari” ning muallifi va uning original yoki original emasligi haqida. Bo’lmasa bu masala ko’pdan beri bahs-munazaralarga sabab bo’lmoqda. Masalan, ingliz sharqshunosi E.G.Braun bilan sharqshunos olimi V.V. Bartold “Temur Tuzuklari” Amir Temur tarafidan yozilganligini inkor qilibgina qolmay, balki asarning originalligiga ham shubha bildirganlar (29). Lekin asarni sinchiklab o’rganilganda va uni Amir Temurning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bag’ishlangan asarlarga, xususan Nizomiddin Shomiy va Sharofuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” kitoblari asariga solishtirganda, bu davoning asossiz ekanligi ma’lum bo’ldi.
“Temur Tuzuklari” va uning jahon kutubxonalarida saqlanayotgan nusxalari haqida batafsil ma’lumot keltirgan ingliz sharqshunoz olimi Ch.A.Storinning mufassal katalogida “Temur Tuzuklari” Amir Temur tarafidan yozilganligi ishonarli isbotlangan. Asarning matni va inglizcha tarjimasini chop etgan mayor Devi va Uaytlar asarga yozgan so’z boshida “Temur Tuzuklari” Temurning o’z qo’li bilan yoki uning nazorati ostida yozilgan deb aytadilar. Mazkur so’z boshida yana mana bularni o’qiymiz: “Temurning o’zi yozgan tarixi faqat o’z avlodi uchun yozilgan. U qanday qilib hokimiyatni qo’lga kiritgani, siyosiy va harbiy faoliyati haqidagi sirlar, uning boshqarish san’ati kabilarni o’zi izohlab bergan.”1 Shamsiddin Somiyning o’ta qimmatli qomusiy asarida ham “Temur Tuzuklari” Amir Temur qalamiga mansubligi aniq aytilgan bu asarda xususan bunday deyiladi: “ Temur “Tuzukot” nomli qonunlar majmuasini yozgan va unda o’z tarjimai holini bayon etgan. Chig’atoy tilida bitilgan bu asar fors va Yevropa tillarida tarjima qilingan”.
Mualliflik xususida gapirganda shuni ham aytish kerakki Amir Temur asarida ma’lumotli kishi bo’lgan. Ibn Xaldun Xofizi Abro’, Ibn Arabshoh, Sharofuddin Ali Yazdiy singari zamondoshlarning guvohlik berishicha, Sohibqiron keng ma’lumotli kishi bo’lib, tarix, fikx (musulmon qonunshunosligi) ni va falsafani yaxshi bilgan. Ibn xaldum yozadi: “ Aslida u o’ta aqlli, bilimdon, farosatli, ko’p bahslashadigan… kishi edi”. “Temur,—deb yozadi Arabshoh,—olimlarga mehribon bo’lib, Sayyidi Sariflarini o’ziga yaqin tutardi. Ulamo va kuzaloga to’la izzat ko’rsatib, ularni har qanday qismatdan tamom muqaddam ko’rardi… ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bahsida insofu, xishmat bo’lardi ”1.
Xofizi Abro’ asarida quyidagilarni o’qiymiz : “Temur Turk va Eroniylarning tarixini chuqur bilgan va amaliy jihatdan foyda keltiradigan har qanday ilmni: Tibbiyot, ilmi, ujum, (astranomiya) va riyoziyot (matematika) ni qadrlar edi. Ammo memorlikka alohida e’tibor bergan… Eng murakkab qurilish ishlarini yaxshi tushunar va bu ish xususida ko’p foydali maslahatlar berar edi ”.
Ilm—fanning qadriga yetgan, uning rivijiga sharoyit yaratgan, shu bilan birag o’zi ilmli bo’lgan shunday odamning biron muhim asar yoza olishiga shubha bo’lishi mumkin emas.
U yoki bu asarning originalligini tanqidiy tahlil ya’ni o’sha asarni o’ziga o’xshash asarlarga solishtirish yo’li bilan aniqlash mumkin. Agar “Temur Tuzuklari”ni Nizomiddin Shomiy va Sharofuddin Ali Yazdiyning nomi yuqorida qayd etilgan asarini yoki Amir Temur haqidagi boshqa asarlarga solishtirib ko’rsak, aytarli darajada xato—kamchilik topmaymiz. Amir Temur ham farzandlari ham bo’lib o’tgan tarixni xususan, sulolalar tarixini yozishga alohida e’tibor berganlar.
Biz yuqoridagi asarning forsiy tarjimasini Shohjahon o’zi sinchiklab tekshirib chiqqanligi, uning topshirig’i bilan Muhammad Ashrof Buxoriy tarjimani boshqa mo’tabar asarga solishtirib chiqib, tuzatganini aytgan edik. Bu—Amir Temurdan qolgan odat. Masalan, Amir Temur o’z tarixini ishonchli manbalarga suyaninb yozishlarini talab qilgan va uni ortyiqcha ta’rifu tavsiflardan holi qilishni buyurgan .
Sharofuddin ali Yazdiy yozadi: “ Baxshi va kotiblar mulki millat va arkoniy davlat ahvolida nimayiki bo’lsa, barchasini aniqlab, to’la—to’kis yozib borardilar. Har qanday voqea o’zgartirish kiritmay, oshirmay kamaytirmay, ya’ni aslida qanday kechgan bo’lsa, o’shanday ko’rsatib, berilsin, deb buyurilgan”2. Undan tashqari, yozilgan har bir asar musavvada(qoralama –muh .)ligida Sohibqironning o’ziga va uning saroyidagi olimlarga bir necha bor o’qib berilardi. Hammaning tasdig’idan o’tgandan keyingina asar k’ochirish uchun mahsus kotiblarning qo’liga topshirilardi. “emur tuziklari” ham shunday tekshirishlardan o’tgan, albatta.
Yana bir fakt. “Temur tuziklari” jahonga mashhur asar uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamalakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va h.k)ning kutubxonalarida mavjud. Mantni ko’p marta tosh bosma usulida chop etilgan . Ingiliz, fransuz, fopis, rus va o’zbek tillariga tarjima qilingan.”Temur Tuzuklari” Sohibquronning tarjimai holi, xayoti , davlati va qo’shinning tashkil topishini o’rganish uchun muxim manba bo’lib qolaverad.
A.Temurning “Tuziklar ”muallifi ekanligiga shubhani V.V.Bartolidt 1918-yilda chop ertirgan “Ulug’bek va uning davri ” asarida bildirgan edi.U A.Temurning rasmiy istoriyogirafiyasi (tarix nafisligi)da Sohibqironning 1360-yilgacha bo’lgan hayotida ro’y bergan voqealar xususida hech nima deyilmasligi va “Qazog’onning hukumronligi to’g’risida hikoyalarida A.Temur ham, otasi Tarag’ay ham tilga olinmasligi ” to’g’risidagi o’z so’zlarini sharxlar ekan, jumladan, shunday yozadi:”A.Temurning mavhum tarjimai holi ma’lumki, Temurni ana o’sha hikoyalarining hammasiga kiritadi, shuning o’ziyoq maskur asar qalbakiligining eng yaxshi isbotlaridan biridir. Agar A.Temur chindanham Qazag’on janglarida qatnashdganida rasniy tarix bu haqda yozgan bo’lar edi”.1