Jahon tarixida soxibqiron amir temurning savdo-sotiq va pul siyosati


II. Bob. Jahon tarixida Soxibqiron Amir Temurning savdo-sotiq va pul siyosati



Yüklə 196,17 Kb.
səhifə6/10
tarix16.12.2023
ölçüsü196,17 Kb.
#182130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
JAHON TARIXIDA SOXIBQIRON AMIR TEMURNING SAVDO-SOTIQ VA PUL SIYOSATI.

II. Bob. Jahon tarixida Soxibqiron Amir Temurning savdo-sotiq va pul siyosati.
2.1 Amir Temur va Temuriylar davlatining jahon tarixida tutgan urni

Sohibqiron Amir Temur o’zining faoliyati davomida ko’plab xarbiy yurishlarga qaramasdan, bunyodkorlik ishlariga xam katta e’tibor bergan. Sohibqiron Movarounnaxrni boshkarish, xarbiy yurishlar bilan doimo band bulishi bilan bir katorda, bu buyuk shaxsning dunyo axlini lol koldirgan mashxur imoratlar, bogu bustonlar yaratishga, chullarni obod kilishga, kanallar kazdirishga, shaxar va kishloklarni obod kilishga, xunarmandchilik va savdo— sotikni rivojlantirishga, yullar va kupriklar kurishga, ma’rifat va madaniyat obidalari, shifo maskanlarni barpo etishi bugungi kunda xar bir kishini xayratga soladi. Amir Temur bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun azaddan mavjud bulgan imkoniyatlarni va uz tasarrufida bulgan mamlakatlarning kuli gul ustalari, me’morlari saloxiyatidan umumli foydalana bilgan.


Tarixdan ma’lumki, jaxonda kuplab dunyo fotixlari uzlaridan sung avlodlariga xavas qilsa arziydigan darajada meros koldirmaganlar. Sohibqiron Amir Temur jaxon axli xavas qilsa arziydigan me’moriy — madaniy yodgorliklar, turli xil inshootlarni o’z avlodlariga me’ros kilib koldirdi. Amir Temur davrida bunyod etilgan tarixiy yodgorliklardan bizgacha saklanib dolgan Samarkanddagi Bibixonim Jome Masjidi, SHoxizinda me’moriy yodgorligi, Guri Amir makbarasi, Shaxrisabzdagi Oksaroy, Dorussaodat va Doruttilovat kabi monumental inshootlar bugungi kunda xam uzining maxobati va guzalligi bilan usha davrdagi me’morlar va ustalarning yuksak dididan darak berib turibdi.
Amir Temur nafaqat Movarounnaxrda balki undan tashkarida xam bunyodkorlik faoliyatini olib borgan. Bu tutrisida tarixiy manbalar va adabiyotlarda kuplab ma’lumotlar keltirilgan. Amir Temur 1393 yilda Ozorbayjonga yurish kilib, Sultoniya va Tabrizni egallaydi. Kuzda Temur Naxichevon va Kare, Gruziyani zabt etib, korabokka kishlash uchun keladi. Amir Temur bu yerda Derbent ximoya inshootlarini ta’mirlatadi va uni mustaxkamlaydi. Ma’lumki, 1399 yil Amir Temur Xqindiston yurishidan sung, oradan turt oy utmasdan, yana Eron va Ozorbayjonga yul oladi. Temur oldin Tabrizga, sung Naxichevon va Olinja kal’asiga keladi. korabogda kishlab, Shamxur orkali Kichik Osiyoga yurish kilib, u yerlarni uziga buysundiradi va yana qorabog`ga kaytadi. Sohibqiron bu yerda obodonlashtirish ishlarini olib boradi. 1401 yilda Boylakonda kazilgan surorish kanali bu joylarda dexkonchilik, bordorchilikni rivojlantirishga katta xissa kushgan. Ushbu kanal Arape daryosidan boshlanib Boylakon yakinidagi Sarjabil degan joyda tugagan.1 Uning uzunligi ma’lumotlarga kura 60 — 70 km bulib, Temur uni «Barlos naxri» deb atashga kursatma bergan. Bu turrisida Nizomidddin SHomiy shunday yozadi: «Obodonchilik boislaridan biri, balki oltita zaruriyatlardan biri — suvdir. Insonnning tirikligining turrunligi suv bilan boglikdir (Shular bois Sohibqiron xazratning) xisravona ximmati va podshoxona irodasi u joyda yashovchilar va xosu omning farovonligi uchun bir naxr kazimokka jazm kildi: jaxon itoat etuvchi farmon sodir buldiki, Aras naxri kanorasida bir arik chikarsinlar, u Baylakondan utsin, shu joyda yashovchi odamlar, ekinzorlar va kishloklar iste’molidan ortigi Kur naxriga borib kuysin, uzunligi olti farsax, kengligi taxminan un gaz bulsin»2
Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» sida yozilishicha Amir Temur Sayramga borib, Xazrat Xoja Axmad YAssaviyning otasi Ibroxim SHayx, onalari korasoch ona, mashxur shaxslar koziy Bayzoviy, Lutfullo Saryomiy, Ok ota, kirk Chilton bobo, kutoidddin alloma kabilarning kabrlarini ziyorat kilganlar. Ziyoratdan sung Amir Temur maxalliy xokimlarga Sayramda Balogardon bobo, Bibi Chiyos ona va boshka buzruklarga makbara tiklashni buyurgan. Amir Temurning Turkistonda Axmad Yassaviy maqbarasining qurdirishi uning buyuk kishilarga bulgan extiromini kursatadi va bu maqbara olti asrki jahon ahlini qoyil qilib turibdi3.
Amir Temur nafakat uz yurtida, balki boshka yurtlarda xam me’morchilik, obodonchilik ishlarini olib bordi. Amir Temur tarixda nafakat dunyo fotixi sifatida, balki uzining donishmandligi, adolatparvarligi, xalk dardi bilan yashaydigan, yurt obodonchiligi va farovonligi uchun qayg`uradigan buyuk siymo sifatida qoldi.
O’zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov sohibqiron Amir Temur tuvalludiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruza qilib, Amir Temurdek tarixiy shaxslarni, sarkarda va sohibqironlarni tarix taqozosi, shu zamon talablari, kerak bo’lsa, zamon ehtiyoji hayotga olib keladi va ul zotlarning fazilat-xususiyatlarini namoyon qilishga zamin yaratadi... Kimki Amir Temur qadimiy Turkiston zaminida tasodifan paydo bo’lgan desa, xato qiladi. Nega deganda hech narsa to’satdan paydo bo’lmaydi”,1 deb takidlagan edi. Haqiqatda ham ma’lum bir murakkab siyosiy vaziyatlarda xalqda o’z sarboniga, yetakchi dono rahbarga ehtiyoj paydo bo’ladi. Chunki XIV asrning 50-60 yillarda Movarounnahr o’z boshidan alg’ov-dalg’ovli, qattol, siyosiy parokandalik, o’zaro kurash davrini kechirayotgan edi. SHunday murakkab vaziyatda Amir Temur o’z hayoti uchun o’ta xafli, Vatani, millati uchun sharafli yo’lni tanladi. Bu –purhikmat, Olloh inoyat qilgan mustaqillik, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot, xalqaro nufuz yo’li edi. Zero Amir Temur dunyoga kelgan zamin qadimdan iqtisodiy, madaniy taraqqiy etgan, jahonga yuzlab ulug’ aql-zakovat sohiblarini bergan ulkan ma’naviy imkoniyatlarga ega bo’lgan makon edi. SHuningdek, murakkab siyosiy vaziyatlar, ijtimoiy inqorozlar holatida millatning alp o’g’lonlari, ulug’ siyosatdonlar, sarkardalar Vatan farzandlari sifatida milliy g’urur va salobat bilan kurash maydoniga chiqishlari muqarrarligi qonuniyatini ham mushohada doirasida tutishimoliyiz zarur



Yüklə 196,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin