Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari


Xalqaro valyuta munosabatlarida oltinning



Yüklə 162,5 Kb.
səhifə12/15
tarix14.06.2023
ölçüsü162,5 Kb.
#130063
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1353766430 40234 2

Xalqaro valyuta munosabatlarida oltinning ahamiyati
Tarixan jahon puli funktsiyasini oltin va kumush bajarib kelgan bo`lsada, Parij valyuta tizimi (1867yil) doirasida faqatgina oltin jahon puli sifatida qabul qilingan. Biroq, demonetizatsiya natijasida oltinning ahamiyati bir muncha kamaydi. Oltin demonetizatsiyasi - bu oltinning pul funktsiyalarini bajarishdan asta-sekin maxrum etish jarayonidir. Demonetizatsiya jarayoni, XIX asr oxirigacha bir necha yuz yil davom etgan kumush demonetizatsiyasi kabi uzoq muddatli jarayondir.
Oltin demonetizatsiyasiob`ektiv va sub`ektiv sabablar bilan izohlanadi:

  • oltin pullar zamonoviy tovar ishlab chiqarish talablariga javob bermaydi;

  • kredit munosabatlari rivojlanishi bilan, kredit pullar - banknota, veksel, cheklar asta-sekin oltinni avval ichki pul muomalasidan, keyin esa, xalqaro valyuta
    munosabatlaridan sikib chiqardi;

  • oltin muomalasining davlat tomonidan tartibga solinishi - uning demonetizatsiyasini tezlashtiradi;

  • sub`ektiv omillar sifatida AQSHning valyuta siyosatini ko`rsatish mumkin.

AQSH valyuta siyosatining strategiyasi dollarning xalqaro mavqeini mustahkamlash maqsadida, oltinni jahon valyuta tizimining asosi sifatida diskreditatsiya qilishga yo`naltirilgan edi. Birinchi Jahon urushidan so`ng, moliya markazi Yevropadan Amerikaga kuchdi va bu AQSH dollarining etaqchiligiini kuchaytirdi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin, AQSH o`zining yirik valyuta-iqtisodiy potentsialiga tayanib, «dollar oltindan yaxshirok» shiori ostida, dollar hukmronligi uchun kurashni boshlab yubordi. Oltin demonetizatsiyasini tezlashtirish yo`li bilan dollar etaqchiligini mustahkamlashga yo`naltirilgan AQSH taktikasi, aniq vaziyatga bog`liq ravishda o`zgarar edi. Urushdan keyingi vayrongarchilik sharoitida G`arbiy Yevropa va Yaponiyada oltinning ahamiyati oshdi va AQSH o`zining yirik oltin zahiralaridan (1949 yilda 24,6 mlrd. doll, yoki kapitalistik dunyo rasmiy oltin zahiralarining 75 foizi) tayanch sifatida foydalandi. Chet el Markaziy banklarida dollarning oltinga almashtirilishi yo`lga qo`yildi, bu esa, uning kursini barqarorlashishiga imkon berdi. AQSH ta`siri ostida, dollarning yetakchi mavqeini saqlab qolish maqsadida 35 yil davomida (1934-1971) rasmiy baholar masshtabida hamda valyuta pariteti uchun baza sifatida xizmat qilgan oltinning pasaytirilgan rasmiy bahosi (31,1035 grammga teng bo`lgan 1 untsiya oltin 35 dollarga teng) ushlab turildi. Davlat aralashuvi ta`sirida oltinning rasmiy bahosi va haqiqiy bahosi o`rtasida sezilarli farq hosil bo`ldi. XVF Nizomida dollarning oltin tarkibini va uning zahira valyutasi sifatidagi mavqeini saqlab qolish maqsadida, a`zo davlatlarni oltin bilan hukumat operatsiyalarini faqat rasmiy bahoda amalga oshirishga majbur qilindi. Shu maqsadda, tarixda birinchi marta 1961-1968 yillarda oltin puli (ing. orqali oltinning bozor bahosini davlatlararo tartibga solish amalga oshirildi. O`tgan asrning 70-yillaridan AQSHning xalqaro mavqei nisbatan pasaydi. AQSH dollarining qadrsizlanishi, oltinning real zahira aktivi sifatidagi mavqei o`sishiga imkon berdi. Shunday bir sharoitda, XVF AQSH ta`siri ostida AQSH dollarining rakibi-oltin demonetizatsiyasini tezlashtirish siyosatini kuchaytirdi.
Oltin demonetizatsiyasining ikki jihati farqlanadi: yuridik va haqiqiy. Yamayka valyuta islohoti natijasida demonetizatsiyaga yuridik yakun yasaldi. XVFning o`zgartirilgan nizomida valyuta kursi va paritetini aniqlashda oltinga ixtiyoriy tayanish istisno qilingan, oltin pariteti va oltinning rasmiy bahosi bekor qilindi. Oltinning rasmiy bahosi bekor qilinishi munosabati bilan Markaziy banklarga oltin zahiralarining 31 avgust 1975 yil holatiga bo`lgan darajasini ikki yil davomida oshirish ta`qiqlab qo`yildi. Biroq, XVF nizomida oltin xalqaro zahira aktivi sifatida to`g`ridan to`g`ri rad qilinmagan. Haqiqatda, oltin demonetizatsiyasi yakunlan-magan. Oltinning ahamiyati to`g`risidagi masala qonuniy aktlar va qat`iy qarorlar bilan emas, balki tovar ishlab chiqarish, jahon xo`jaligi va valyuta munosabatlarining real sharoitlari bilan echiladi.
Oltin demonetizatsiyasi jarayonining davomliligi va qarama qarshiligi, uning baholar darajasida xilma-xillikni vujudga keltiradi. Ayrim iqtisodchilar «demonetizatsiya yuz berayotgani yuk va oltin pulning klassik funktsiyalarini bajarishda davom etmoqda», deb hisoblashmoqda. Boshqalari esa, «oltin butunlay demone-tizatsiyalangan va faqatgina qimmatbaho xom-ashyo ko`rinishidagi tovar bo`lib kelmoqda», deb hisoblashadi. Yana boshqalari «oltin demonetizatsiyasi shiddatli davom etayapti, ammo tugallanmagan» deb hisoblashmoqda.
Ushbu mulohazalardan kelib chiqib, valyuta muhitidagi oltinning ahamiyatidagi o`zgarishlarni ko`rib chikamiz:
Birinchidan, kredit pullar oltinni ichki va xalqaro muomaladan sikib chiqardi. Oltinning to`g`ridan-to`g`ri tovarlarga ayirboshlanishi tuxtatildi, baholarni oltinda belgilash bekor qilindi. U tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy aloqalarida to`lov va muomala vositasi sifatida to`g`ridan-to`g`ri xizmat kila olmadi. Ammo, oltin iqtisodiy aylanmasdagi o`zining muhim ahamiyatini: favkulodda jahon pullari, xalqaro kreditlar ta`minoti, boylik manbai sifatida saqlab qolmoqda. Oltinning xalqaro valyuta munosabatlaridagi ishtiroki kredit pullar almashgan holda, uning haqiqiy ayirboshlanishi amalga oshiriladigan maxsus bozorlar - oltin bozorlarida yig`ilgan.
Ikkinchidan, oltinning muomaladan chiqishi bilan, pulning xazina funktsiyasi yangi holatlar bilan tavsiflanadi. Xazinalar vaqtinchalik pul muomalasini tartibga soluvchi sifatida ishlatilmay qo`ydi. Chunki, oltin kredit pullar kabi, avtomatik tarzda, xazinadan muomalaga va aksincha harakatlana olmaydi. Lekin, bu o`zgarishlarga qaramasdan, oltinning bu funktsiyasi sunib kolmadi: muhim o`zgarishlarga qaramasdan, oltinning ichki va jahon bozori bilan aloqasi saqlanib qoldi. Xazina davlat (1998 yil iyul holatiga 33,8 ming t.) va alohida shaxslar (25,4 ming t., XVF bahosi bo`yicha), Markaziy banklar, davlatning moliyaviy organlarida va xalqaro valyuta kredit tashkilotlarida jamlangan rasmiy oltin zahiralari, xalqaro aktivlar sifatida millatlararo ahamiyatga ega. Oltin demonetizatsiya-sini tezlashtirish siyosatiga qaramay, AQSHning oltin zahiralari eng ko`p miqdorda bo`lib (8,138 ming t.), rasmiy zahiralar bo`yicha keyingi uch o`rinda turuvchi mamlakatlar (Germaniya, Shveytsariya va Frantsiya) zahiralariga teng. Oltin zahiralarining hajmi mamlakatning valyuta-moliyaviy mavqeini ko`rsatadi va uning kreditga layokatliligini aniqlovchi asosiy ko`rsatkichlari-dan biri bo`lib xizmat qiladi.
Etakchi davlatlar «unligi» oltinni (jahon oltin zahiralarining 85 foizini) asosiy saqlab turuvchilari bo`lib hisoblanadi. Oltin zahiralari notekis (AQSH- 8,138 ming t., FRG- 3 ming t., Shveytsariya - 2,6 ming t., Frantsiya-2,5 ming t., Italiya - 2 ming t.) taqsimlangan. AQSHning rasmiy oltin zahiralaridagi hissasi 1950 yilda 75 foiz (20,3 ming t.)dan 1998 yilda 28 foiz (8,138 ming t.)ga tushdi, G`arbiy Yevropa mamlakatlari, ayniqsa EIining hissasi esa 16 foizdan (4,8 ming t.) 52 foizga (15 ming t.) o`sdi. Yaponiya juda kam oltin zahiralariga ega bo`lsada, 1948-1992 yillar davomida 3 t.dan 754 t.ga ko`paydi va shu darajada saqlanib kelmoqda (1998y.). Yaponiyada 1974 yilda oltin importi, 1978 yilda uning eksporti qonuniylashtirilgan, 1982 yilda esa, oltin bozori tashkil etilgan. Rasmiy oltin zahiralarining bir qismini xalqaro tashkilotlarda (XVF-3,2 ming t., Yevropa valyuta instituti (1998 yildan Yevropa Markaziy Banki) - 2,86 ming t.ga yaqin, Bazeldagi Xalqaro hisob- kitoblar banki - 0,21 ming t.) saqlash doimiy xolga aylanib qoldi. Jahon hamjamiyati rasmiy oltin zahiralarining 18 foiz(4,9 ming t.)ga yaqini 120 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to`g`ri keladi. O`tgan asrning 70-yillari o`rtalarida neft bahosining ko`tarilishi munosabati bilan, neft eksport qiluvchi davlatlar (OPEK) tashkiloti a`zolarining oltin zahiralari bir muncha o`sgan bo`lsada, ammo keyingi yillarda bu ko`rsatkichning sezilarli qisqarishi kuzatilmoqda. Ko`pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar juda kam oltin zahiralariga ega.
G`arb mamlakatlarida davlatlar va shaxsiy xazinalar hajmi (60 ming t. dan ortiq) yarim asrdan ko`proq vaqt davomida qazib chiqarilgan oltinga teng. Bunday katta hajmda yig`ilgan birorta ham tovar yuk, shuning uchun, oltin zahiralarini nizolarsiz ayirboshlash qiyin. Shuning bilan birga, zamonaviy tovar ishlab chiqarish oltin o`rniga xazina funktsiyasini bajaruvchi o`rinbosar topa olmadi. Oltinning tabiiy xossalari - bir xillik, bulinuvchanlik, chidamlilik, uzoq saqlanuvchanlik -jahon pullariga qo`yiladigan talablarga ko`proq mos keladi.
Va nixoyat, oltinning jahon puli sifatidagi funktsiyasida ham o`zgarishlar yuz berdi:

  • oltin bilan bo`ladigan xalqaro hisob-kitoblarni cheklash jarayoni, uning bu sohada to`g`ridan-to`g`ri ishlatilish zarurati yo`qolishiga olib keldi. Shunisi kizikki, oltin andozasi sharoitida ham, xalqaro hisob-kitoblarda kredit vositalari keng qo`llanilgan,
    oltin faqatgina to`lov balansining passiv qoldigini qoplash uchun xizmat qilgan;

  • oltin jahon puli sifatida yuzaga chiqmoqda, shu bilan birga uning uch belgisini saqlab kelmoqda - umumiy sotib oluvchi bo`lib xizmat qilish, to`lov vositasi bo`lib xizmat qilish va umumxalq boyligining moddiylashuvi. Oltin hozir ham, jahon bozorlarida
    umumiy tovar bo`lib hisoblanadi. Oltinga ega bo`lib, oltin bozorlarida zarur valyutani
    sotib olsa bo`ladi, unga esa, istalgan tovarni sotib olish yoki uni to`lash orqali qarzni
    uzish mumkin. Tanglik holatida favkulodda jahon puli sifatida oltinning ahamiyati
    oshadi. Valyuta tangligining yuzaga kelishi, «oltin jazavasi» shaklida, barqaror
    bo`lmagan valyutadan oltinga «kochish»ga olib keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar
    badallarini qaytarib olish tartibida XVFdan 46,5 tonna oltin olib, tashqi qarzlarni
    qoplash uchun 201. oltinni sotib yuborishdi.

Oltinning yuridik demonetizatsiyasiga qaramay, u xalqaro valyuta-kredit munosabatlarida muhim ahamiyatga ega:

Yüklə 162,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin