yoshdagi o`quvchilarga ham qiziqarli bo`ladi, naf keltiradi. Xudoyberdi
To`xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o`limi” asarlari xuddi shunday
qadr-qimmat kasb etadi. Xudoyberdi To`xtaboyev kichkintoylar hayotini ularning ota-
onalari turmushidan ajratib olib tasvirlamaydi va bu borada har xil marazlarni fosh
etishga alohida ahamiyat beradi.” Jumladan “Sariq devning o`limi” xotimasida
quyidagilarni o`qiymiz: “Bu yerga o`g`irlik, poraxo`rlik, yulg`uchlik, tuxmatchilik,
qotillik, qalloblik, ochko`zlik, manmanlik, maishatparastlik, xudbinlikdan iborat
sarqitlar yig`indisi – Odil Battol Abbosov ko`mildi. Tug`ilgan yili ma`lum emas. 14
iyulda tong pallasida joni uzildi”. (3; 75)
Sarguzashtlilik zaminida jamiyatdagi illatlarga qarshi kurashga qaratilishi
jihatidan “Shirin qovunlar mamlakati yoxud sehrgarlar jangi”, “Mungli ko`zlar”
romanlari “Sariq devni minib”, “Sariq devning o`limi” romanlarining mantiqiy
davomidir. Agar “Sariq devni minib” romani sujetida sehrli qalpoqcha alohida o`rin
tutsa, “Shirin qovunlar mamlakati”da Akromning hid biluvchi burni yetakchi o`rinda
turadi.
“Folklorda, yozma adabiyotda ko`z jodusi, oyoq mo`jizasi, qo`llar asrori haqida
asarlar ko`p ediyu, ammo hiz biluvchi burunning karomatlari hech qayerda
ko`rsatilmagandi. X.To`xtaboyev Akromning (“Shirin qovunlar mamlakati”…) hid
biluvchi burnidan yumor yaratish manbai sifatida foydalanadi. Muhimi, g`aroyib
fazilatli burni tufayli qahramonimiz katta bir afsonaviy mamlakatning qahramoni
darajasiga ko`tariladi”. (2; 18-19-betlar).
Bu jihatdan, ayniqsa, “Qizg’anchiq” hikoyasi ibratlidir. “Qizg’anchiq” biror
narsasini o’rtoqlariga ravo ko’rmaydigan Shavkatjon degan bolaning qilmishlariga
bag’ishlanadi. O’zi qiynalib qolganida o’rtoqlarining beminnat yordam ko’rsatishi
uning tepsa-tebranmas qalbini larzaga keltiradi, boshqalarga bo’lgan munosabatini
tubdan o’zgartirib yuboradi. Shavkatjon timsolidagi qizg’anchiq bolaning qayta
tarbiyalanishi hali oq bilan qorani ajrata olmaydigan kitobxonlar uchun chinakam ibrat
namunasidir.
“Aka-uka Omonboy bilan Davronboy qissasi” qahramonlarida maktabgacha
yoshdagi bolalarga xos qiziquvchanlik, arzigan-arzimagan narsasi bilan maqtanish,
o’yinqaroqlik va kattalarga taqlid kabi xislatlar umumlashtiriladi.
Omonboy bilan Davronboyning o’ziga xos soddaligi ham, quvligi ham bor. Ular
atrof-muhitga, odamlarga bolalik nigohi bilan qaraydilar. Qissaning tarbiyaviy
ahamiyati o’zbek bolalar adabiyotida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotidan
olib yozilgan dastlabki yirik asarlardan bo’lganligi bilan ham e’tiborga loyiqdir. O’tish
davrida hali tegishli hayotiy tajribaning yo’qligi tufayli ko’pchilik bolalarning turmush
mashaqqatlari qarshisida dovdirab qolib, o’zlarini o’qqa-cho’qqa urishlari, hatto