Jahongashta adib


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 122,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,82 Kb.
#204723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
379-390 (2)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 385  www.ares.uz
 
ba’zilarining to’g’ri yo’l qolib, jinoiy ishlarga qo’l urishlari adibning katta-kichik 
barcha asarlari sujetidan chuqur joy olgan. 
E’tiborli jihati shundaki, ularning ko’pchiligi qariyb ellik yillardan buyon 
boshlang’ich sinflarning “O’qish kitobi” darsliklaridan tushmy keladi. 
Bolalar adabiyotining qon tomiri bo’lgan hayotbaxsh didaktika va badiyat 
uyg’unligiga yozuvchining o’ziga xos munosabati mavjud. Jumladan, “Qizg’anchiq”, 
“Shoshqaloq”, “Orif cholning o’rigi” hikoyalarida kichkintoylar hayotidan olingan 
(buni adibning o’z hayotidan olingan deyish ham mumkin) e’tiborli biron voqea 
tasviridan kelib chiqadigan tabiiy xulosa ko’proq o’sha voqea tufayli hikoya qahramoni 
tushgan holat tarzida havola qilinadi. 
MUHOKAMA
Yozuvchining qissa va romanlarida bu xildagi g’oyaviy-badiiy, tarbiyaviy vazifa 
qahramonlar boshidan kechirgan sarguzashtlar zimmasiga yuklanadi. Xarakterlar 
takomilining ko’zgusi bo’lgan har qanday sarguzasht esa kishini befarq qoldirmaydi. 
Zero, “Sariq devni minib” romanidagi Akrom qovunchi, “Besh bolali yigitcha” 
romanidagi Orifjon, “Qasoskorning oltin boshi” romanidagi Namoz botirlar taqdiri 
bilan bog’liq sarguzashtlarni his-hayajonsiz o’qib bo’lmaydi. Negaki, “Bolalar 
adabiyotida shiddat – dinamika muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh kitobxon hamisha 
hayajonda bo`lishi, yangi g`aroyib voqaea-hodisa bilan uchrashuvga tayyor turishi 
kerak” (2; 17- bet) ligi ham shuni taqozo etadi. 
Avtobiografik xarakterdagi “Besh bolali yigitcha” romani bu borada alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
“2006-yilning 21-sentabrida,- deb yozadi Abdug`ofir Rasulov,- Xudoyberdi aka, 
Mirpo`lat Mirzo, men Toshkentdan Forishga yo`l oldik. “Neksiya”ni yozuvchining 
ikkinchi o`g`li Bahrom boshqarib botyapti. Yo`l olis. O`zaro gurung qizigan. 
Kutilmaganda Xudoyberdi aka: 
- Xuddi mana shu yerda bizni poyezddan tushirib ketishgandi,- deb qoldi. 
Hammamiz gap nima haqidaligini angladik.
-Bir-ikki kun yon-atrofni kezdik. Yemish izladik. Duch kelgan joyda uxladik,- 
davom etdi Xudoyberdi aka. –Oramizda Sulton degan zo`ravon, urishqoq, ammo 
yuragi toza bola bore di. Hammamizni to`pladi: 
- Gap bundoq, bolalar,- dedi,- endi poyezd kutib, ulovga umid qilib o`tirmaymiz. 
Tavakkal qilib yo`lga tushamiz. Seniki, meniki degan gap yo`q. Topganimiz o`rtada. 
Bir-birimizni himoya qilamiz.
Safimizda Sultonning uchta ukasi bor. .. O`tgan asrning 70-yillarigacha sobiq 
detdomchilar yig`ilishib, uchrashib turdik. Qo`qonlik bir o`qituvchi o`sha og`ir yillar 



Yüklə 122,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin