Jahongashta adib


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 122,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,82 Kb.
#204723
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
379-390 (2)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 386  www.ares.uz
 
haqida asar yozishimni so`radi. Material tayyor, voqea-hodisalar ko`z o`ngimda turipti. 
Ammo asarga sira qo`l ura olmayman-da. Shu kunlarda qishloqdan shoshilinch xabar 
kelib qoldi. Sulton traktor ostida qolib vafot etibdi. Yonib ketdim, koz yoshimni tiya 
olmayman: “Nega? Nega?!”- deyman,- xolos. Zudlik bilan Peterburgga Sultonning 
o`sha yerda o`qiyotgan ukasiga sim qoqdim. Axir, Sulton ukalarini ne hasratda katta 
qilgan, o`zi ishlab, ukalarini o`qitgan edi… Sultonning o`limi romanning tez 
yozilishiga turtki bo`ldi. Uni yig`lab-yig`lab, yetimligimni eslab-eslab, xor-zor 
bo`lganliklarimizdan o`kinib-o`kinib yozdim…” (2; 55-56- betlar). 
X.To’xtaboyev qahramonlarining har biri o’ziga xos qiyofa va gapirish usuliga 
ega bo’lsa-da, uning barcha asarlarini sayqal topgan quvnoq va hayotbaxsh yumor 
birlashtirib turganini ilg’ash qiyin emas. “Rostini aytsam,- deydi Hoshimjon,- o’zim 
ham unchalik yomon bola emasman. Aqlu hushim joyida, odobim ham chakki emas, 
oltinchi sinfning intizomli o’quvchilaridanman. Bir xil haligi sho’x bolalarga o’xshab, 
kun bo’yi ko’cha changitib yurgandan ko’ra komandaga bo’linib olib, to’p tepgan yoki 
xoliroq joyga, masalan, oying harjand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib 
olib chillak o’ynagan ming marta yaxshi ”. 
XX asr boshlarida o’lka tarixida “Namoz botir”, “Namoz polvon”, nomlari bilan 
chuqur iz qoldirgan Namoz Pirimqul o’g’li (1865-1907) tarixiga doir “Qasoskorning 
oltin boshi” romani ham adib ijodida muhim o’rin tutadi. 
A.Qodiriy kabi asar yozishni orzu qilgan Anna Almatinskayaning “Zulm” 
trilogiyasi va Izzat Sultonning “Noma’lum kishi” dramasida ham mashhur Namoz 
botir timsoli o’ziga xos mehr- muhabbat bilan tasvirlangan. 
-Aniq esimda, katta o`g`lim Baxtiyor 6-sinfda o`qirdi,- deb xotirlaydi 
Xudoyberdi aka. – O`zbekiston televideniysida “Kapitan Tenkish” degan serial 
ko`rsatila boshladi. Shu film namoyish etilayotganda hamma televizor qarshisida 
bo`lar, ko`cha suv quyganday tinchib qolardi. O`g`lim tengi bolalar kechqurungi 
namoyishdan qoniqmay, kunduzgi, qaytaruv namoyishni ham, darsdan qochib bo`lsa-
da ko`rardilar. 
Kapitan Tenkish qasoskor edi. U olti bor qamalgan, har gal qamoqdan qochgan. 
Men ham Tenkishga o`xshash qahramon timsolini yaratmoqchi bo`ldim. Shu paytda 
“Guliston” jurnalida Namoz haqida maqola e`lon qilindi. Xayolimda bolaligimda 
bobom bilan Samarqandga borganim, uch kun Namozgoh dahasida yashaganim keldi. 
1976-78-yillarda Namoz izlarini izlab Samarqandda ko`p bor bo`ldim. Namozning 
jiyanlari, Ulug`oy momoning Omon, Barot degan farzandlari bilan uchrashdim. 
Dombobo degan qariya Namoz haqida ko`p esdaliklar aytib berdi. O`sha yerda Abdulla 
Qodiriyning ham Samarqandga kelganini, Ulug`momoni izvoshga mindirib Namoz 
polvon qarindoshlari, qadrdonlari xonadoniga borganini eshitdim. Rahmatli Habibulla 



Yüklə 122,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin