mantiqiy analizator ингл: logic analyzer рус: логический анализатор Raqamli qurilmalarning mantiqiy holatlarini yozish va tahlil qilish qurilmasi. Mikroprotsessorli tizimlarning aloqa kanallarini hamda protokollarini diagnostika qilish va sozlashda qo‘llaniladi. mantiqiy bomba ингл: logic bomb ус: логическая бомба Biror-bir shart bajarilsa ishga tushib ketadigan va avtomatlashtirilgan tizim resurslarining (ma’lumotlar, dasturiy yoki apparat ta’minoti) shikastlanishiga olib keladigan kompyuter dasturi yoki dastur bo‘lagi. manipulyatsiya qilish ингл: manipulation рус: манипулирование 1 Biror narsa ustida murakkab usul, harakat. 2 Informatikada – ma’lumotlarga ishlov berish. Bunda dasturlar foydalanuvchi buyruqlarini qabul qilib, kompyuterga nima va qaysi tartibda bajarish lozimligini buyuradi. 3 Algebraik ifodalarni qayta o‘zgartirish. 4 Ma’lum qurilmani boshqarayotganda muayyan vazifani bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘l harakati. Odatda robotlar inson qo‘llari harakatlariga taqlid qiladi va buyumlarni olib ularning fazodagi joyini o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Massiv ингл: array рус: массив 1 Bir turdagi ko‘plab hujjat yoki ma’lumotlarning tartibga solingan tarkibi. 2 Dasturlash tillarida – nom berilgan jami sonlar, mantiqiy qiymatlar yoki ma’lumotlarning boshqa bir xil turdagi elementlari. Massiv elementlari sonlar, ramzli qatorlar, yozuvlar, yozuv guruhlari bo‘lishi mumkin. Har bir element indeks deb atalmish bir necha ko‘rsatkichlarga ega. Indekslar elementlarni izlash va ular turini aniqlashga xizmat qiladi. Vektor deb nomlanuvchi bir o‘lchamli massivda har bir element bitta indeks bilan belgilanadi. Jadval va matritsalar ikki o‘lchamli massivlarga kiradi. O‘z tuzilishi bo‘yicha massivlar fayllarga yaqin. Biroq, ularni fayllardan farqlovchi ikki asosiy belgi bor: - massivning har bir elementi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin va undan bevosita foydalanish mumkin; - massivdagi elementlar soni uni ta’riflashda aniqlanadi. Massivlarga boshqa ma’lumot tuzilmalari kabi ishlov berish mumkin. Shu bilan birga, tezlikni oshirish uchun odatda axborot tizimlarida massivlarga ishlov berish uchun maxsus matritsaviy protsessorlar ham qo‘llaniladi. 3 Bir xil axborotni bir paytning o‘zida o‘qiydigan va yozadigan ikki yoki undan ko‘p qattiq disk. RAID tizimida operatsion tizim disklar massivini yagona qattiq disk sifatida qabul qiladi. 4 Bir necha yo‘naltirilgan antennalardan iborat bo‘lgan simsiz telekommunikatsion antenna turi.