Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rin



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə88/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rin



Matematik modellashtirish real obyekt yoki jarayonlarni urganishning eng samarali va universal tadqiqot usullarndan biri sifatida shakllandi. Shu sababli xozirgi kunda fan va texnika, xalq xo‘jaligi va boshqa sohalarda uchraydigan ko‘pgina amaliy masalalar matematik modellashtirish vositasida muvaffaqiyatli yechilmokda.
Real obyektlarning modellari. modellashtirish fan va texnikada xar xil g‘oya va gipotezalarni tekshirish, kayta ishlashda hamda eksperiment materiallarini to‘plashda allaqachonlardan buyon ishlatilib kelinmoqda. Ammo, obyekt va xodisalarning bevosita matematik modelini qurish bilan ularnn modellashtirish jarayoni mutaxassislardan juda katta mexnat va malaka talab qiladi. Bu jarayon bir necha bosqichdan iborat bo‘lib. unda sonli usullar modellashtirish jarayonida xosil bo‘ladigan matematik masalalarni yechishda eng qudratli matematik vositalardan biri sifatida katta ahamiyatga ega. Xisoblash natijalarining eksperiment natijalari bilan yetarlicha aniqlikda yaqinlashishi matematik modelni to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi va bu modeldan shu turdagi boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda xam foydalanish mumkin.
Bu fan mutaxassislik fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib. 3-kursda o‘qitiladi va Matematik analiz, Algebra, Analitik geometriya, Differensial tenglamalar, Matematik fizika tenglamalari, Xisoblash usullari, Axborot texnologiyalari va Dasturlash asoslari kabi fanlar bilan bog‘langan bo‘lib. ularning natijalaridan keng foydalaniladi.


O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitiishing maqsadi talabalarga turli jarayonlarning matematik modelini qurish, ularni tahlil qilish, modellashtirish bosqichlari va qonuniyatlarini urgatish, bu nazariy bilimlar yordamida muayyan amaliy matematika masalalarini yechishga urgatish va ixtisoslik fanlarini urganishga tayyorlashdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifasi — tekshirilishi lozim bo‘lgan muammoga jarayonlar tadqiqotini qo‘llash davomida quyidagi asosiy bosqichlar ketma- ketligini bajarishni nazarda tutadi: ma’lumotlar to‘plash, tekshirish maqsadini aniqlash, loyihaning bajarish rejasini tuzish, muammoni tavsiflash, modelni qurish, masala yechimining algoritmini yaratish, xisoblash usulini ishlab chiqish, dasturlarni texnik jihatlarini ishlab chiqish, dastur tuzish va ularni sozlash, modelning adekvatligini tekshirish, olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Taliba:
model va uning turlari, matematik modellashtirish texnologiyalari, matematik modellarga qo‘yiladigan talablar, matematik modellarni qurish bosqichlari, matematik modellarni tahlil qilish, modelni real obyektga muvofiqlashtirish, matematik model ustida o‘tkaziladigan nazariy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, matematik modellarga mos keluvchi diskret modellar qurish xaqida tasavvurga ega bo‘liish;
modellashtirishda tabiat qonunlarini va boshqa prinsiplarni qo‘llashni, diskret modellar qurishda tejamkor va turg‘un xisoblash algoritmlarini tanlashni, matematik model va uning real obyekti o‘rtasida muvofiqlik o‘rnatishni, tadbiqiy masalalarni modellashgirishning matematik apparatini va ularni kompyuterda amalga oshirishni, matematik model universalligini, matematik modellashtirish natijalarini tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
obyekt xaqida axborot yig‘ish, obyektda to‘plangan ma’lumotlarni sistemalashtirish, matematik model qurishda ishchi gipotezalarni qabul qilish, obyektga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlarni ajratish, tadbiqiy programmalar paketini ishlata bilish, qo‘yilgan masalani yechishniig samarali usullarini tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘liishi kerak.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin