Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə50/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Nazorat savollari.

  1. Imitatsion modellashtirishni predmeti nimadan iborat?

  2. Modellashtirish vositalari deyilganada nimani tushunasiz va uni kanday turlarini bilasiz?

  3. Modelni adekvatligini tekshirish deyilganda nimani tushinasiz?

  4. Model bilan tajribalarni rejalashtirish nimani anglatadi?

  5. Modellashtiriladigan obyektni kup kutibli kurinishda tula tasvirlash.

  6. Modellashtirilayotgan obyekt xakidagi aprior va apposterior axborat.

  7. Modellashtirilayotgan obyektlar kanday alomatlar buyicha sinflarga bulinadi?



19 MARUZA
IMITATSION MODELLAR.
Reja:

  1. Analitik modellarning kamchiliklari.

  2. Imitatsion model tushunchasi.

  3. Ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish.

  4. Imitatsion modellashtirish.



Tayanch iboralar: Analitik model, boshqaruvning avtomatlashtirilgan sistemalari, modellovchi algoritm, ishlab chiqarish, jarayon, modellashtirish, imitatsiya, imitatsion modellashtirish, fizik modellashtirish, matematik modellashtirish, imitatsion tizim.



  1. Analitik modellarning kamchiliklari.

Obyektning bitta yoki bir qancha analitik ifodalar ko‘rinishida yozilgan matematik modelini analitik model deyiladi. Ammo analitik modellarni ishlab chiqish har vaqt ham mumkin bo‘lavermaydi yoki ularning murakkabligi tufayli maqsadga muvofiq deb hisoblanmaydi. Masalan, ko‘p o‘lchovli optimallash masalasi to‘g‘ri tuzilgan va yechilgan bo‘lsa, eng yaxshi yechimni (rejani) beradi. Agar bu yechimni aniq bajarsak, u holda haqiqiy natijalar eng yaxshi holda kelib chiqadi. Lekin biz bilamizki model qanchalik mukammal va batafsil bo‘lsa ham, u voqelikni faqat qandaydir aniqlik bilan taqribiy aks ettiradi.
Model hisobga olmaydigan omillar har doim topiladi. Shuning uchun optimal modelli yechim, umuman aytganda, uni eng puxta amalga oshirilgandan keyin optimal bo‘lmay qolishi mumkin. Bu esa muhim narsa. Yechimni amalga oshirilish jarayonida qandaydir kutilmagan holatlar kelib chiqishi mumkin, (masalan, bugun kimdir kasal bo‘lib ishga kelmadi, ertaga qo‘shni sexdan tayyor mahsulot (zagatovka) olib kelishmadi, indiniga stanok sinib qoldi) bular esa keyingi strategiyaga jiddiy ta’sir qiladi. Qisqacha aytganda, hisoblangan optimal rejani ro‘yobga chiqarish jarayonining muhimligi bu rejani topishdan ko‘ra kam emas. Zero bu jarayonni ro‘yobga chiqarish jarayonining o‘zini ham modellashtirish mumkin. Bu bilan biz iqtisodiy – matematik modellarning boshqa sinfiga – boshqaruv modellariga, xususan reja bajarilishining boshqaruvi modellariga kelamiz. Rejaning bajarilishini boshqarish jarayonini modellashtirish zarurati iqtisodiy obyektlar va jarayonlarning imitatsion modellarini o‘rganishga olib keladi.


  1. Yüklə 1,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin