Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


Imitatsion model tushunchasi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə51/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Imitatsion model tushunchasi.

Imitatsion modellardan hozirgi kunda turli sohalarda juda keng foydalanilmokda. EHM da aholining gripp bilan kasallanishining tarqalishi, kimyoviy reaktorning ishi, shahar transportining yo‘lovchilar bilan ta’minlanishi, zavodda ishlab chiqarishning o‘sishi va boshqa ko‘p ishlar imitatsiya qilinadi, ya’ni bu yerda imitatsion modellar yordamga keladi. Shu maqsadda boshqaruvning avtomatlashtirilgan sistemalari (BAS) tarkib topmoqda. BAS keng savollar to‘plamiga javoblarni operativ olishni ta’minlaydi, bu esa boshqaruvda asosli yechimlarni qabul qilish uchun zarurdir, yuqori saviyadagi BAS imitatsion modellar bilan ta’minlanadi. Imitatsion model jarayondagi o‘zgarishning oqibatlarini darhol ko‘rsatadi, tor joylarini aniqlaydi, boshqaruv strategiyasini aytib beradi. Bunday model bilan ishlashda har qanday aqlga to‘g‘ri keladigan variantlarni ko‘rikdan o‘tkazish mumkin. Masalan, asbob-uskunalarni profilaktik xizmat maqsadida to‘xtatish uchun vaqtni tanlash kerak bo‘lsa, modelda turli variantlarni ko‘rish oson va ulardan eng kam zarar keltiradigani tanlab olinadi. Bu holda ma’lum amallarining biror ketma-ketligi ko‘rinishida ro‘yobga chiqariladigan matematik modellardan foydalanilgan. Bunday modellar algoritmik yoki imitatsion modellar nomini oldilar. Imitatsiya so‘zi tarjimada o‘xshatmoq ma’nosini beradi. Obyektning vaqt mobaynida o‘zgarib turadigan tashqi ta’sirlardagi xulqini aks ettiruvchi matematik model imitatsion model deyiladi. Imitatsion modellashtirish usuli murakkab sistema ishlashi jarayonini o‘rganish uchun EHM da ruyobga chiqariladigan imitatsion modellardan foydalanishga asoslanadi. Imitatsion modellashtirish usulining mohiyati shundan iboratki, murakkab sistema ishlashi jarayoni EHM da amalga oshiriladigan ma’lum algoritm ko‘rinishida ifodalanadi. Buning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha dastlabki jarayon haqida u yoki bu xulosalar chiqariladi. Bu usulni amalga oshirish uchun maxsus modellovchi algoritm ishlab chiqiladi. Bu algoritmga mos holda EHM da o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sirlarni hisobga olgan holda o‘rganilayotgan sistemaning elementar jarayonlarini bayon qiluvchi ma’lumot ishlab chiqariladi. Bunda modellovchi algoritm sistemadagi bo‘lib o‘tadigan jarayonlar ketma-ketligi saqlangan holda va sistemaning asosiy holatlarini aks ettirgan holda sistemaning mantiqiy tarkibiga mos keladigan qilib tuziladi.
Imitatsion modellashtirish usulining asosiy bosqichlari quyidagicha:
Ichki va tashqi ta’sirlarni modellashtirish.
Modellashtirilgan sistema ishini xuddi o‘ziday aks ettirish.
Modellashtirish natijalarini izohlash va qayta ishlash.
Imitatsion modellashtirish usulining umumiy sxemasini keltiramiz.
Usulning yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlari kirish va tashqi ta’sirlarning turli to‘plami uchun, modellashtirishning ichki I siklini tashkil etib, ko‘p marta takrorlanadi. Tashqi II siklda modellashtirilgan sistemaning berilgan variantlari qarab chiqiladi. Optimal variantni tanlash tadbiri variantlarni qarab chiqishni boshqaradi, imitatsion modelga, ichki va tashqi ta’sirlar modeliga mos tuzatishlar kiritadi. Sistema modelini tuzish, mashina eksperimenti natijalari bo‘yicha modelning aniqligini nazorat qilish va uni tuzatish tadbiri modellashtirishning natijalariga bog‘lik holda ichki sikl bloklarini beradi va keyin o‘zgartiradi. Shunday qilib, sxemada tashqi III sikl paydo bo‘ladi, bu sikl modelni shakllantirish, nazorat qilish va tuzatish bo‘yicha tadqiqotchining faoliyatini aks ettiradi. Imitatsion modellashtirish usuli nihoyatda murakkab masalalarni yechish imkonini beradi.
Bu usul sonli usul hisoblanadi. Uni Monte – Karlo usulini murakkab sistemalar holiga umumlashtirish deb hisoblash mumkin. Imitatsion modellarni ro‘yobga chiqarish uchun yuqori unumdorlikdagi EHM zarur bo‘ladi. Modellashtirish uchun yuqori darajali algoritmik tillardan, masalan, Fortran, Paskal kabilardan foydalaniladi. Ammo tizimlarni modellashtirish masalalari qator xarakterli xususiyatlarga ega, bu esa modellashtirishning katta sondagi muammoga yo‘naltirilgan tillarini ishlab chiqishga olib keldi. Bunday tillardan Simula, Simskript, Delphi va boshqalarni eslatish zarur.
Ishlab chiqarish texnologik jarayoni vaqtida yo‘qotishlar bo‘lishi tabiiy holdir. Har qanday texnologik jarayonni mohiyati shundan iboratki, u ishlab chiqaruvchi kuchlar va vositalar yordamida, belgilangan vaqt oralig‘ida, ma'lum bir hajmdagi ish bajarilishini anglatadi. Umumiy holatda esa ishlab-chiqarish jarayonining ish hajmi bir jinsli bo‘lmay, balki bir qancha bir-biridan farq qiluvchi katta va kichik turdagi xususiy hajmdagi ishlardan tashkil topgan.
Shunday qilib, har qanday ishlab chiqarish texnologik jarayoni bir qancha mos keluvchi hajmlarda namoyon bo‘ladi. Bular asosiy (aktiv), qo‘shimcha va yo‘qotish (passiv). Bular bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Ishni tashkil etishni va avtomatlashtirishni tanlash usuli, uning hajmiga, vaqtiga va bajarilish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish harakat ketma-ketligidagi to‘xtalishlarni (konveyrli jarayonda) ham hisobga olish kerak. Bevosita ushbu shartlar ishlab chiqarishda o‘rnatilgan talabga va belgilangan vaqtga mos kelishi kerak.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin