Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə52/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Imitatsiya (lotinchadan imitatio - taqlid) - kimgadir yoki nimagadir taqlid qilish, o‘xshatish, qabul qilish, takrorlash demakdir.
Imitatsion model - bu tashqi va ichki ta’sirlar ostidagi tizmlarni yozish majmuasi va tashqi ta’sirlar, tizimning ishlash algoritmlari yoki tizimni holatlarini o‘zgarish qoidasidan iborat. Bu algoritm va qoidalar mavjud bo‘lgan analitik va sonli yechimlarni aniqlashni imkonini bermaydi, ammo tizimni ishlash jarayonini imitatsiya qilish (ko’chirish) va qiziqtirayotgan xarakteristikalarni (ko‘rsatkichlarni) o'lchash yoki aniqlash imkonini beradi.


1-rasm. Imitatsion tadqiqot jarayoni



Imitatsion modellar analitik va sonli modellardan farqliroq keng sinfdagi ob’ekt va jarayonlar uchun yaratilishi mumkin. Imitatsion modellardan foydalanish uchun odatda imitatsion modellarni tasvirlash (yozish) vositalari universal yoki maxsus algoritmik tillar hizmat qiladi. Imitatsion modellar ko‘proq darajada hisoblash tizimlarini pog‘onada tadqiq etishga mo‘ljallangan.Imitatsion modellashtirish (ingliz tilida simulation modeling) fizik va matematik modellashtirishlar o‘rtasida mavjud qarama - qarshilikni yengish bilan bog‘liqdir. Yuqorida ta'kidlanganidek fizik modellashtirishda bo‘ladigan to‘siqlar, bu modellarning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hollarning chegaralangani va bu modellarni qayta moslashning murakkabligidir. Amalda har bir yangi vazifani yechish uchun yangi model yaratish (ishlab chiqish) talab etiladi. Bu usulning yana bir jiddiy kamchiligi sifatida, eksprementlarni o‘tkazish tezligining chegaralanganini ko‘rsatish mumkin.
Imitatsion modellashda model blokini tasvirlash uchun matematik shakl saqlanib qoladi, lekin matematik modellashtirishga xos analitik yechimini topish uchun zarur bo‘lgan chegaralash va soddalashtirish talablari olib tashlanadi. Imitatsion model yordamida eksprement o’tkazish fizik modellashtirish yordamida eksprement o’tkazishga mos keladi, lekin fizik ob'ekt o‘rniga mashina dasturi qo‘llanilishi tufayli fizik va real modellardan foydalanganda kelib chiqadigan asosiy qiyinchiliklar, modelni qayta qurish va eksperiment shartlarini o‘zgartirishlarga bog‘lik bo‘lgan qiyinchiliklar yo‘qoladi.
Imitatsion model qurilmalari - ob'ektlarining mexanik o‘xshashligi nazariyasi asosida yaratiladigan imitatsion modeldan iborat bo‘lgan texnik vositalar majmuasidir.
Mavjud ob'ektda tajribalar o‘tkazmasdan turib, hodisaning mohiyatini ifodalash, tasvirlash, aks ettirish, ko‘rsatish imitatsiyalash jarayonining mohiyatini ifodalaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, imitatsion modellashtirish - bu ob'ektning modelini konstruksiyalash jarayoni va bu modelda ob'ektning holatini tushunish yoki aniqlash maqsadida tajribalar o‘tkazish demakdir.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin