Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə48/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Nazorat savollari

  1. Ochiq ishlab chiqarish jarayonining modelini ta’riflab bering.

  2. Ishlab chiqarish funksiyalarining qanday turlari mavjud?

  3. Mehnat unumdorligini tushuntirib bering?

  4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda nimani tushunasiz?

  5. Ishlab chiqarish funksiyasi yordamida nimani aniqlash mumkin?

  6. Iqtisodiy muvozanat nima?

  7. Muvozanat modellarining qanday turlari mavjud?

  8. Aholi turmush darajasi iqtisodiy o’sishga qanday ta’sir etadi?

  9. Inflyatsiya darajasini iqtisodiy o’sishga ta’sirini izohlang.

  10. Iqtisodiy o’sishni keskinlashuviga sabablarni keltiring.

  11. Bilimlarning iqtisodiy o’sishga ta’sirini nimalarda ifodalanadi?



17 MA‘RUZA.
TABIATSHUNOSLIKNING FUNDAMENTAL MUOMMOLARI.
Reja:

  1. Tabiatshunoslikning fundamental muommolari.



Tayanch iboralar: inson, tabiat, jamiyat, iqtisod, nosfera, ekoturizm.



  1. Tabiatshunoslikning fundamental muommolari.

Тabiat-inson-jamiyat-iqtisodiyot tizimining yagonaligi va o‘zaro bog‘liqligi: nazariy asoslarning qisqacha mazmuni. Yer sayyorasi tabiati mavjud bo‘lgan barcha narsa, xodisa, jarayonlarning yagona moddiy asosi bo‘lib, unda, eng avvalo, jamiyat, so‘ngra inson va iqtisodiyot tabiatning bir qismi hisoblanadi. Bunday yaxlitlik ularning g‘oyat xilma-xilligi birligida o‘z ifodasini topadi. Tabiat qonunlari jamiyatda va iqtisodiyotda to‘la namoyon bo‘ladi, chunki jamiyat “Tabiatdan tashqariga sakrab chiqib keta olmaydi”. Inson o‘z aql-zakovati, fan va texnika tufayli qancha qudratga erishmasin, u baribir Yer sayyorasidagi tirik moddalarning tarkibiy qismi, biosferaning komponenti bo‘lib qolaveradi.
Shu sababdan jamiyatda va iqtisodiyotda odamlarning harakatlari tabiat qonunlariga qanchalik mos bo‘lsa, bu harakatlar ham jamiyatda, ham iqtisodiyotda shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi, aksincha, ular tabiat qonunlariga qanchalik zid bo‘lsa, mos kelmasa, ulardan jamiyat oladigan samara ham oxir oqibatda shuncha kam bo‘ladi. Bunda ko‘pincha qisqa muddatli daromad orqasidan quvish kishilarni tabiat qonunlari va imkoniyatlari bilan yetarli hisoblashmasdan tabiatdan “intensiv foydalanish”ni davom ettirishga majbur qilishining keng tarqalganligini ham aytish kerak. Aniq ravshanki, tabiat rivojlanishining eng muhim qonunlariga jamiyat va iqtisodiyot bo‘ysunadi, aynan shu holatdan amaliyotda keng foydalanish zarur.
Tabiat (jamiyatni xam qo‘shib) yaxlit tizim bo‘lib, unda sodir bo‘ladigan barcha jarayon, hodisalar o‘zaro murakkab tarzda chatishib ketgan va biri boshqasini taqozo etadi. Tabiat xilma-xillik ko‘pligining yaxlitligi bo‘lib, ular o‘zaro ta’sirdagi cheksiz miqdordagi aniq shakllarni o‘z ichiga oladi. Barcha darajada namoyon bo‘ladigan tabiatning asosiy qonuni - mazkur moddiy tizim va uni o‘rab turadigan tashqi sharoitning birligi qonuni xisoblanadi. Bu qonun jamiyatga va iqtisodiyotga nisbatan ularning geografik muhit bilan uzviy birligida namoyon bo‘ladi.
Biz bilamizki, tabiat o‘zining qudratli himoya mexanizmlariga, o‘zini-o‘zi takror tiklash (va ishlab chiqarish) va tartibga soluvchi rivojlanish vositasi va salohiyatiga ega. Bular esa, o‘z navbatida, muntazam sodir bo‘ladigan xilma-xil modda va energiya almashinishining doimiy muvozanatini ta’minlaydi.
Insoniyat “Tabiatdan tashqariga sakrab chiqib ketish”ga va tabiat qonunlarini o‘zgartirishga qodir emasligi, ular obyektiv bo‘lib inson irodasiga bo‘ysunmasligi sababli, odam o‘zining hayoti va faoliyatida tabiat qonunlariga amal qilishga majbur. Aynan shu holat mazkur qonunlarni to‘liq bilishni talab etadi. Asosiy masala dunyoni ilmiy bilish va tushunish bo‘lib, inson shu asosida global fikrlash va o‘ylash, mahalliy darajada harakat qilish va ishlash zarurligini to‘g‘ri tushunadi. Lekin bu aniq xaqiqatni to‘g‘ri tushunish, hattoki ilmiy muhitda xam juda sekin borayotganini afsus bilan ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.
Buning asosiy sababi kishilik jamiyatining uzoq tarixi mobaynida asosan antropotsentrizm g‘oyasiga amal qilganligi va uning ustunligi hamda doimiy ravishda amalga oshirilishi hisoblanadi. Antropotsentrizm insonning tabiatda barcha sohalarda ustunligi va tabiat qonunlariga bo‘ysunishdan ozod ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. Unda dunyoning quyidagi iyerarxiya (bosqichli) tasviri asos qilib olinadi: exromning (piramida) cho‘qqisida inson, undan pastda - inson yaratgan va unga xizmat qiladigan buyumlar, yana pastroqda turli tabiat obyektlari turadi. Tabiat insonning mulki deb e’lon qilinadi. Tabiat bilan o‘zaro ta’sirning asosiy maqsadi u yoki boshqa amaliy ehtiyojlarini qondirish, ya’ni ma’lum “foydali mahsulot” olish uchun tabiatdan “foydalanish” hisoblanadi. Bular “pragmatik imperativ” – inson va insoniyatga nima foydali bo‘lsa, u to‘g‘ri va unga ruxsat beriladi shaklida amalga oshiriladi. Tabiat rivojlanishining kelajagi esa inson rivojlanishi jarayoniga bo‘ysungan yo‘nalishda bo‘lishi kerakligi g‘oyasi ustuvorlik qiladi (Deryabo, Yasvin, 1996).
Antropotsentrizm g‘oyasining amalga oshirilishi, bir tomondan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining tez o‘sishi va ularning tabiatning evolyutsion rivojlanishidan ancha oshib ketishiga, boshqa tomondan esa, insonning tabiatga ta’siri ma’lum bo‘lgan barcha geologik jarayonlardan xam ustun bo‘lishiga olib keldi. Oqibatda inson tabiiy ravishda biosferada o‘zi egallagan va yashaydigan ekologik joy chegaralarini boshqa jonli tabiat a’zolari hisobiga cheksiz kengaytirdi, ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayonida esa biosferaning ko‘plab parametrlarini sezilarli o‘zgartirdi. Hozirgi vaqtda tabiatda qaror topgan biogeokimyoviy sikllar tezligi buzildi, tabiatning ifloslanishi va yemirilishi, iqlim o‘zgarishi sodir bo‘layotir, geonofond tuzilmasi va tarkibi o‘zgarayotir, ozon qatlami qalinligi kamaymoqda, muzliklar erib, okean suv sathi ko‘tarilmoqda, bioxilma-xillik va o‘rmon maydonlari kamaymoqda, daryolarning qurishi kuzatilayotir va boshq. Oxir oqibatda antropogen faoliyat ta’sirida tabiatda sodir bo‘layotgan salbiy global o‘zgarish insoniyat mavjudligini jiddiy xavf xatarga solmoqda.
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi bunday xalokatli ziddiyatdan chiqishning yagona chorasi, V.I.Vernadskiy fikriga ko‘ra, Yer yuzida noosferani barpo etishdan iborat. Noosfera, ya’ni “aql qobig‘i” biosfera tarixidagi yangi bosqich bo‘lib, unda biosferaning rivojlanishida hozir mavjud bo‘lgan tabiiy jarayonlar va tabiatga antropogen ta’sirning stixiyali kechishidan tabiat va jamiyatning o‘zaro mos va muvozanatli rivojlanishiga o‘tishi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Inson va biosferaning rivojlanishi to‘xtovsiz o‘zaro aloqada yagona to‘g‘ri yo‘l - tabiat va jamiyat koevolyutsiyasida davom etadi. Bunda g‘oliblar xam, bir tomonning hukmronligi ham mavjud bo‘lmaydi, tabiatga va uning resurslariga iste’molchiga xos munosabat bartaraf etilib, oqilona munosabat qaror topadi, va, umuman, ekotsentrizm g‘oyasini amalga oshirish asosiy o‘rinni egallaydi. Ekotsentrizm esa, o‘z navbatida iqtisodiyotni ekologik talablar asosida tashkil etish va rivojlantirishga, ya’ni ekologiya iqtisodiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ekotsentrizm g‘oyasining asosiy mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: inson va tabiatning o‘zaro mos rivojlanishi oliy qadriyat hisoblanadi; inson tabiatning egasi, mulkdori emas, balki tabiat hamjamiyati a’zolaridan biridir; dunyo tasviri iyerarxiya bosqichlariga (inson-buyum va narsalar - tabiat obyektlari) bo‘lishdan voz kechish; tabiat bilan o‘zaro ta’sirining asosiy maqsadi – ham insonning, ham tabiat hamjamiyatining ehtiyojlarini maksimal qondirish; tabiat bilan o‘zaro ta’sirning xarakterini quyidagi o‘ziga xos “ekologik imperativ” belgilaydi: faqat tabiatda mavjud ekologik muvozanatni buzmaydigan harakat va faoliyat to‘g‘ri va ularga ruxsat beriladi; tabiat va insonning rivojlanishi koevolyutsiya jarayoni, o‘zaro foydali birlik hisoblanadi. (Deryabo, Yasvin, 1996).
Shu munosabat bilan ekologiya iqtisodiyotida tabiatni buzish va yemirish hisobiga miqdoriy o‘sish, moddiy boyliklarni cheksiz va oddiy to‘plash prinsiplaridan voz kechib aql va idrok ustunligida, o‘zini tiyib, eng zarur moddiy farovonlikka erishish prinsipiga o‘tish asosiy o‘rinni egallaydi.
Noosfera va ekotsentrizm g‘oyalari ta’sirida, global ekologik vaziyat g‘oyat keskinlashgan XX asrning 80-yillarida ekologiya va iqtisodiyot fanlari tarkibida dastlab G‘arbiy Yevropada, so‘ngra qator boshqa mamlakatlarda ekologiya iqtisodiyoti mustaqil fan sifatida shakllandi. Uning g‘oya va ishlanmalari, tavsiyalari amaliyotga tadbiq etila boshlandi. O‘tgan qisqa davrda zamon talabi va ehtiyoji asosida mazkur fan tez rivojlandi. Hozir qator mamlakatlar o‘z iqtisodiyoti tuzilmalarini qayta qurib, ekologiya iqtisodiyoti (“yashil iqtisodiyot”) yo‘nalishiga o‘tmoqdalar. O‘zbekistonda ham mazkur yo‘nalishning ayrim elementlari (quyosh, shamol, suv, biogaz energiyasidan foydalanish) namoyon bo‘la boshladi.
Tabiat va iqtisodiyot: ekologiya iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish zarurati. Iqtisodiyot tabiat bilan jamiyatni bog‘lab turuvchi muhim bo‘g‘in bo‘lib, o‘z faoliyatini tabiatdagi sharoit va resurslardan keng foydalanish asosida amalga oshiradi. Bu jarayonda iqtisodiyot tabiatga ko‘p darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uni ko‘plab chiqindilar bilan ifloslantiradi, yemiradi, mavjud ekologik muvozanatni buzadi va hokazo. Boshqa tomondan esa, buzilgan, ifloslangan tabiatni tiklash, yaxshilash, muhofaza qilish ham asosan iqtisodiyot zimmasiga tushadi: bu maqsadlarga investitsiya topish, kapital qo‘yilmalar ajratish, ulardan foydalanish, turli tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar tabiatni, ya’ni o‘zining birlamchi asosini yemiruvchi, aniqroq aytganda, o‘z-o‘zini yemiruvchi mavjud iqtisodiyot modeli ochiq siklli bo‘lib, u foydalanish-ifloslatirish va yemirish-tiklash va yaxshilash-muhofaza qilish tizimidan iboratdir. Bu jarayonda ilgari tabiatda mavjud bo‘lmagan ko‘p jixatdan unga zid keladigan ko‘plab antropogen (agrar, industrial-shahar va boshq.) ekotizimlar paydo bo‘ladi. Shu sababdan iqtisodiyotning tabiatga yemiruvchi ta’sirini keskin kamaytirish va bartaraf etish, uning atrof-muhit uchun ekologik xavfsizligini ta’minlash insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yerda gap, eng avvalo, iqtisodiyotning tabiatdagi o‘rnini aniqlash to‘g‘risida boradi: iqtisodiyot atrof-muhitning (tabiatning) bir qismi hisoblanadimi yoki, aksincha, atrof-muhit iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi? Bu g‘oyat murakkab hayotiy savolga to‘g‘ri javob berish prinsipial muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodchilar ko‘p hollarda ekologiyani iqtisodiyotning bir bo‘lagi sifatida, ekologlar esa, aksincha, iqtisodiyotni atrof-muhitning tarkibiy qismi deb qaraydilar. Iqtisodchilarning bunday qarashlari hozirgi dunyoni to‘g‘ri tushunishga to‘sqinlik qiladi. Aynan shunday qarashlar ekotizimlarga mos kelmaydigan iqtisodiyotning barpo etilishiga olib keldi.
Iqtisodiyot nazariyasi va iqtisodiy ko‘rsatkichlar tabiatda mavjud ekotizimlarni iqtisodiyot qanday vayron qilayotgani, yemirayotgani ifloslantirilayotganini tushuntirmaydi, ularga yetkazilayotgan zararni to‘la hisoblashga imkon bermaydi. Agar iqtisodiyot o‘zining birlamchi asosi hisoblangan tabiatni vayron qilishni hozirgiday davom ettirsa, har ikki tizim - ekologiya va iqtisodiyot katta zarar ko‘radi va bu qaytmas oqibatlarga olib keladi. Bunga Orol fojeasi yaqqol misol bo‘la oladi.
Shunday qilib, tabiatda abadiy mavjud bo‘lgan yopiq siklda chiqindisiz ishlaydigan, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan uni qo‘llab-quvvatlovchi iqtisodiyotning yangi turi - ekologiya iqtisodiyotini fan va faoliyat turi sifatida shakllantirish va rivojlantirish obyektiv zarurat bo‘lib, uni asosan iqtisodiyotni qayta qurishning soliq-budjet boshqaruvi richaglaridan oqilona foydalanib amalga oshirish mumkin. Ekologiya iqtisodiyoti tabiatga iqtisodiyotning ifloslantiruvchi va yemiruvchi ta’sirini bartaraf etish, ekologiya va iqtisodiyotning o‘zaro mos va muvozanatda bo‘lishini ta’minlash, ekologiya qonunlarining iqtisodiy siyosat shakllanishiga asos bo‘lishini amalga oshirishning yagona va ishonchli yo‘nalishi hisoblanadi.
Ekologiya iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari: sodir bo‘lgan inqiloblar oqibati. Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, insoniyat tarixida sodir bo‘lgan agrar va industrial iqtisodiy inqiloblar va ularning oqibatlarini, so‘ngra yetilib kelayotgan, sodir bo‘lishi boshlangan uchinchi inqilob – ekologiya inqilobi xususiyatlarini qisqacha ta’riflash kerak.
Agrar inqilob iqtisodiyotning oziq-ovqat sektorini tubdan o‘zgartirdi. Bunda ovchilik va tabiat ne’matlarini terib-yig‘ib olish, u bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘chmanchi turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatida yerga ishlov berishga asoslangan dehqonchilik madaniyatiga hamda uyda boqiladigan chorvachilikka, o‘troq hayot tarzi va mehnat faoliyatiga o‘tish sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi dastlab faqat ovchilik va yig‘uvchilikka qo‘shimcha bo‘lgan bo‘lsa, so‘ngra asta-sekin har ikkisining o‘rnini egalladi. Agrar inqilob oqibatida Yer yuzasining o‘ndan bir qismi o‘tloq va o‘rmonlardan tozalanib haydalanadigan yerga aylantirildi. Yangi deqonchilik madaniyati tabiatga deyarli sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan ovchilik va yig‘uvchilikdan Yer yuzasi tabiatini tubdan o‘zgartirganligi va agrar landshaftlarning paydo bo‘lishi bilan keskin farq qiladi.
Industrial inqilob ikki asr (XIX-XX asr) davom etdi. Lekin, hozir ham qator mamlakatlar rivojlanishning boshlang‘ich industriyalashtirish bosqichida turibdi. Mazkur inqilob iqtisodiyotning energiya manbaining almashtirilishidan boshlandi: o‘tindan qazib olinadigan yoqilg‘i turiga o‘tish sodir bo‘ldi va bu o‘zgarish iqtisodiy faollikning misli ko‘rilmagan sur’atlarda o‘sishiga olib keldi. Sanoat va boshqa xo‘jalik ehtiyojlari uchun ko‘p miqdorda qazib olingan yoqilg‘i o‘z navbatida energiyani xam ko‘p ishlab chiqarishga asos bo‘ldi. Agar agrar inqilob ta’sirida Yer yuzasi o‘zgartirilgan bo‘lsa, industrial inqilob davrida tog‘-kon sanoati ta’sirida ko‘plab chiqindi va karyerlar paydo bo‘ldi. Yoqilg‘i energetika ta’sirida atmosferaning zararli gazlar bilan ifloslanishi, oxir oqibatda, global iqlim o‘zgarishi sodir bo‘ldi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida mehnat unumdorligi keskin oshdi, tadbirkorlik rivojlandi, ko‘plab industrial- shahar landshaftlari paydo bo‘ldi, aholining turmush darajasi va faoliyati sifati yangi yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Industrial inqilob insoniyat tarixida tabiatni misli ko‘rilmagan darajada tubdan qayta o‘zgartirdi. Bu davrda tabiat bilan iqtisodiyot o‘rtasidagi ziddiyat eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi, antropotsentrizm g‘oyasi tez sur’atlarda amalga oshirildi.
Sodir bo‘lishi boshlangan uchinchi inqilob – ekologiya inqilobi oldingi ikki inqilob kabi global ta’sirga ega bo‘ladi, lekin bu ta’sir Yer sayyorasi tabiati uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish va ekologik barqaror taraqqiyot yo‘liga o‘tish davriga aylanadi. Shu sababdan uzoq davom etgan oldingi ikki inqilobdan farq qilib, mazkur inqilob sayyoramiz hayotini saqlab qolishdagi favqulodda ahamiyatiga mos holda faqat bir necha o‘n yillikda sodir bo‘lishi kerak. Agar industrial inqilobning asosiy energiya manbai tabiatga ifloslantiruvchi va yemiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan qazilma yoqilg‘i bo‘lsa, ekologiya inqilobida esa – qayta tiklanadigan, tugamaydigan, ekologik toza energiya asosiy o‘ringa chiqadi. Oldingi ikki inqilob asosan yangi kashfiyotlar va texnologik yutuqlar asosida sodir bo‘lgan bo‘lsa, ekologiya inqilobining asosiy harakatlantiruvchi kuchi - insoniyatni mavjud xavf-xatardan saqlab qolish instikti (tug‘ma his - tuyg‘usi, sezgisi) hisoblanadi. Bunda ekologiya va iqtisodiyotning o‘zaro munosabatlari teng bo‘ladi, aynan shu holat iqtisodiy taraqqiyot kafolatiga aylanadi. Oldingi inqiloblardan farq qilib, bunda barqaror takror ishlab chiqarish, ekotizimlarga ta’sirda yo‘l qo‘yiladigan meyor, ozuqa zanjiri va sikllari, gidrologik sikl, ekologik funksiyalar, ekologik ong, tabiat komponentlari, landshaft, tabiat komplekslari, ekologik ta’sir, ekologik oqibatlar, ekologik xavfsizlik, ekologik-iqtisodiy optimallashtirish kabi tushunchalar, ularga xos ko‘rsatkichlar va talablar asosiy o‘rinni egallaydi.
Ekologiya inqilobi davrida ekologiya iqtisodiyoti tez rivojlanib, yetakchi tarmoqqa aylanadi, tabiat bilan iqtisodiyot o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlarga barham beriladi. Umumiy tarzda ekologiya iqtisodiyotini barpo etishda sodir bo‘ladigan asosiy o‘zgarishlarni quyidagicha ta’riflash mumkin: 1) ekologiya qonunlariga amal qilgan holda tabiatda antropogen ta’sir asosida sodir bo‘lgan salbiy oqibatlar va g‘ayri tabiiy munosabatlarga (iqlim, suv, yer, biologik asoslar, landshaft va ulardan foydalanish) chek qo‘yiladi; 2) yangi turdagi iqtisodiyot barpo etiladi. Bunda quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi: ekologiyaning iqtisodiyotdan ustunligi ta’minlanadi, iqtisodiyot tuzilmasi ekologiya yo‘nalishida qayta quriladi; yangi tarmoqlar paydo bo‘ladi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi, kapital qo‘yilmalar uchun tarixda misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratiladi; quyosh, shamol, geotermal, suv, vodorod energetikasi barpo etiladi; bir martalik buyumlar va mahsulotlardan foydalanish tubdan qayta tartibga solinadi, ikkilamchi xom-ashyodan foydalanish va xom-ashyo iqtisodiyotini qayta qurish amalga oshiriladi; agrar sohada resurslardan foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligi oshiriladi, yangi o‘rmon-bog‘lar barpo etiladi; shaharlar qiyofasi landshaft rejalashtirilishi asosida ekologiya talablariga mos yo‘nalishda o‘zgaradi; aholi farovonligi oshadi; 3) iqtisodiyotni qayta qurishda boshqaruvning soliq-budjet richaglarini qo‘llash asosida ekologik yo‘nalishda soliqqa tortish, subsidiya berish, litsenziya sotish, ekomarkirovka amalga oshiriladi, bular o‘z navbatida esa o‘tish jarayonlarini tezlashtiradi.
Ekologiya iqtisodiyotini barpo etish yo‘nalishlari: xalqaro tajribalar va ularning ahamiyati. Ekologik qonunlar asosida faoliyat ko‘rsatadigan bunday iqtisodiyotni barpo etish g‘oyat murakkab, lekin nisbatan qisqa muddatlarda amalga oshirishni taqozo etadigan muammo bo‘lib, yangi asosda qurilgan mazkur iqtisodiyot Yer shari ekotizimiga shunday moslashadiki, unda ekologiya va iqtisodiyotning o‘zaro munosabatlari teng va optimal muvozanatda bo‘ladi. Aynan shu holat tabiatning cheksiz imkoniyati va salohiyatidan ekologik barqaror yo‘nalishda foydalanishga asoslangan va doimiy amalga oshiriladigan iqtisodiy taraqqiyotning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan ilg‘or mamlakatlar ekologiya iqtisodiyotini jadal barpo etishga kirishib, bu sohada ibratli yutuqlarga erishdilar.
Yangi iqtisodiyotni barpo etish ekologik talablarga javob bermaydigan eskirgan tarmoqlar faoliyatini to‘xtatish, mavjud tarmoqlarni ekologik talablar asosida qayta qurish, yangi zamonaviy innovatsion tarmoqlarni esa jadal rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy o‘rinni yangi iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi qayta tiklanadigan va tugamaydigan, ekologik toza energiya manbalaridan oqilona foydalanishga o‘tish egallaydi. Buning asosiy sababi hozirgi yoqilg‘i energetikaning tabiatga yemiruvchi ta’sirining kuchayishi, yoqilg‘i narxlarining keskin oshib ketishi, aniqlangan energiya resurslari zaxiralarining kamayishi va boshqalar bilan uzviy bog‘liqdir.
Eng istiqbolli muqobil energiya manbalari quyosh, shamol, suv, geoterminal, atom, termoyadro, vodorod energiyasi, shuningdek organik chiqindilardan olinadigan biogaz hisoblanadi. Bunda atom energetikasida energiya hosil qilish yuksak texnologiyani talab etishi, dunyodagi uran, plutoniy zaxiralarining cheklanganligi va ekologik xavfining yuqoriligi, uning ommaviy energiya manbai bo‘lishiga to‘sqinlik qilishini hisobga olish kerak. Boshqa manbalar yordamida energiya ishlab chiqarish hamma joyda nisbatan oson va arzon amalga oshirilishi mumkin, ular ekologik jihatdan mutlaqo zararsiz, atrof-muhitni ifloslantirmaydi, odamlar salomatligiga zarar yetkazmaydi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, kelgusi 50-yilda ko‘mir, neft, gaz kabi energiya turlari o‘rnini quyosh, shamol yordamida olinadigan energiya egallaydi.
Ma’lumki, bir kunda yer yuziga tushadigan quyosh energiyasi butun dunyodagi neft, gaz, uran zaxiralari energiyasiga teng. Biroq, hozirgi ilmiy taraqqiyot darajasida ulardan foydalanish samaradorligi ancha past bo‘lib, erishish mumkin bo‘lgan yuqori samaradorlik 35 foizni, ommaviy ravishda foydalanish koeffitsiyenti 20-25 foizni tashkil etadi.
Quyosh nurlarini elektr va issiqlikka aylantirish sohasida qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ancha ilgarilab ketib, sezilarli natijalarga erishganlar. Yaponiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi quyosh elementlarini ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lib, ularning eksportidan katta daromad olmoqdalar. Yaponiya fotogalvanik tom yopish materiallarini ko‘p miqdorda ishlab chiqarayotir. Bunday materiallar bilan qoplangan bino tomlari o‘ziga xos quyosh elektr stansiyalariga aylanadi. Germaniyada “Yuz ming quyoshli tomlar” loyihasi, AQSH da “Million quyoshli tomlar” dasturi hayotga tadbiq etilayotir. Kosta-Rika 2025 yilgacha mamlakat iqtisodiyotini to‘liq tiklanadigan energiya manbalariga o‘tkazishni rejalashtirgan. Bular muqobil energiya manbalari imkoniyatidan foydalanish miqyosini oshirish, yoqilg‘i importi hajmini qisqartirishga va umuman iqtisodiyotning ekologik barqarorligini ta’minlashga, “yashil texnologiyalar” evaziga atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli gazlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Shamol sayyoramizning barcha qismlarida mavjud bo‘lgan g‘oyat katta tiklanadigan energiya manbaidir. Rossiya, Ukraina, Germaniya, Daniya, Ispaniya kompaniyalari turli shamol tezligida ishlaydigan ko‘plab shamol generatorlarini ishlab chiqarmoqda. Dunyoda shamol energetikasi bo‘yicha Daniya, Germaniya, AQSH, Ispaniya, Hindiston yetakchi o‘rinni egallaydi. Daniyada shamol turbinalari mamlakatda ishlab chiqarilayotgan energiyaning 15 foizini berayotir. Germaniyada Shlezvig-Golshteyn mintaqasida energiyaga bo‘lgan ehtiyojning 19 foizini (bu yerdagi ayrim rayonlarda 75 foiz), Ispaniyaning Navarra provinsiyasida 22 foizini shamol energetikasi ta’minlaydi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin