Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə47/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

(a+1 + G) - avtonom xarajatlar;
b = MPC – istemolga chegaralangan darajadagi moyillik bo’lib,multipliqator miqdorini belgilovchi asosiy omildir.
Soliqqa tortish hisobga olinganda istemol funksiyasi o’zgaradi va C = a + b(1 -1)Y Ko’rinishini oladi. Bu tenglamani asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo’yib yechsak, quyidagi natijani olamiz:
Y =(a +1 + G) ,
1 - b(1 -1)J
bu yerda: 1 / (1-b(1-t)) - yopiq iqtisodiyotda xarajatlar multipliqatori; t - chegaraviy soliq stavkasi.
t = AY / AT,
bu yerda: AT – to’lanadigan soliqlar miqdorining o’sishi;
AY - daromadlarning o’sishi.
Progressiv soliq tizimi multipliqator samarasini yumshatadi va ishlab chiqarish hamda bandlik darajalarini barqarorlashtiradi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi xarajatlar multipliqatori soliqqa tortish xisobga olinmagan holdagi soliq multipliqatoridan ancha kichikroq miqdorga ega. Chunki, daromadlarga aylangan xarajatlarning bir qismi soliqlarga chegirilib, muomaladan chiqadi va multiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani solishtirganda xam ko’zga tashlanadi. Shuningdek, ochiq iqtisodiyotda oshgan daromadlarning bir qismi importga yo’naltirilishi mumkin. Oqibatda bu qism muomaladan chiqib ketadi. Shu tufayli unda multipliqator samarasi yopiq iqtisodiyotdagiga nisbatan pastdir.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlarining multipliqator va muvozanatli ishlab chiqarish xajmi quyidagi tenglamalar sistemasini yechib topiladi:
1/(1 - b(1 -1))+m
bu yerda: 1/1(1-b(1-t)+m ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar multipliqatori.
Soliq multipliqatori. Soliqlarni kamaytirish xam muvozanatli daromadlar darajasiga multiplikativ ta’sir ko’rsatadi. Soliqlar miqdorini AT ga kamaytirsak, tasarrufdagi daromad darajasi AT ga oshadi. Iste’mol xarajatlari mos tarzda AT x b (bu yerda b – iste’molga chegaraviy moyillik) miqdorga oshadi va u rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga siljitadi, milliy ishlab chiqarish hajmini esa AU ga oshiradi.
Soliq multiplikatsiya samarasi davlat xarajatlari singari soliqlarning bir marta o‘zgarishi oqibatida iste’molning bir necha bor o‘zgarishiga bog‘liq.
Agar davlat byujetiga barcha soliq tushumlari joriy daromad - Y dinamikasiga bog'liq deb xisoblasak, soliq funksiyasi T = tY ko'rinishni oladi. Bu xolatda iste'mol funksiyasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
S = a + b(Y - tY) = a + b(1 -1)Y .
Istemol funksiyasining ushbu shaklini hamda sof eksport funksiyasini hisobga olib,ochiq iqtisodiyot uchun soliq multiplikatorini hisoblasak u ko’rinishini oladi.
Demak, soliqlarning bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi natijasida YAIM hajmining bundan necha marta ko‘p miqdorga o‘zgarishi iste’molga chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga bog'liq.
Zamonaviy iqtisodiy nazariya, xuddi shunday mikro - va makro darajada ham tabiiy ravishda, matematik model va usullar elementlarini o'zida mujassamlashtiradi. Iqtisodda matematikadan foydalanish, birinchidan, Iqtisodiy o'zgaruvchilar obyektlarni eng zarur, mavjud aloqadorliklarni tartibga solib va ajratish murakkab obyektni yuqori darajadagi abstraktini o'rganish. Ikkinchidan, aniq berilgan ma'lumotlar va deduksiya metodi o’rganilayotgan adekvat obyektning shu davirdagi natijalarini olish mumkin. Uchinchidan, matematika va statistika usullari induktiv yo’l bilan obyekt haqidagi yangi bilimlarni olish imkonini beradi, qaralayotgan obyektga yanada aniqroq qarash, uchun o’zgaruvchilariga bog’liq parametrlarni va formani baholash imkonini beradi. Nixoyat, turtinchidan, matematika tilidan foydalanish. Iqtisodiy nazariy holatini aniq va to’liq aytib berish, uning tushunchalari va natijalarini ma'lum bir qobiqqa solish imkonini beradi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin