Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi. 
Maydoni 357000km
2
.Aholisi 82,2 (2001y.), 82,4mln kishi (2006y.).Poytaxti 
Berlin (3,4mln kishi).Davlat tili nemis tili.1949 yil 3 davlat (AQSH,Angliya, 
Fransiya) akkupasiyasi zonasida tashkil topgan.IGO’ga ko’ra Horijiy Yevropaning 
markazida joylashgan bo’lib, temir yo’llar, suv, avtoyo’llar va havo yo’llari tugunida 
joylashganligi harakterlidir.GFR iqtisodiyotida Reyn va uning irmog’i Rurning 
ahamiyati katta.Barcha qo’shni davlatlari yuqori darajada rivojlangan. 
GFR 1955 yil NATOga, 1973 yil BMTga a’zo bo’ldi.1970 yillarga kelib Polsha, 
Chexiya, GFR va sobiq SSSR bilan chegara yaxlitligini tan oldi.1957 yildan buyon 
EIHga a’zo.GFR hududiga 1980 yillari AQSH raketa-yadro qurollari va harbiy 
bazalari joylashtirilgan. 
GFR-16ta o’lkaning federasiyasidir.GFRda quyidagi siyosiy partiyalar mavjud: 
1.Xristian-demokratik ittifoqi (HDI). 
2.Erkin demokratik partiya (EDP). 
3.Germaniya sosial- demokratik partiyasi (GSDP). 
4.Germaniya kommunistik partiyasi (GKP). 


75 
5.Ko’katparvarlar 
partiyasi-atrof-muhitni 
muhofaza 
qilish 
tashkilotining 
qo’shilishidan 1980 yil tashkil topgan. 
6.Nasional demokratik partiyasi (NDP)-1964yil tuzilgan yangi fashistlar partiyasi. 
7.Nemis kasaba soyuzlari birlashmasi (NKP). 
Aholisi.GFR aholisining soni jihatidan Horijiy Yevropadagi eng yirik 
mamlakat.82,6mln (2003y.), 82,4mln kishi (2006y.).Tug’ilish koeffisenti 9%
0
, o’lim 
10%
0
. 1ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 15%, 64 
yoshdan o’tganlar 17%.O’rtacha umr 75-81 yosh. YAMD 25240 dollar (2001y.). 
Aholining joylashuvi, uning mehnatda bandlik strukturasi GFRning industrial 
mamlakat ekanligini ta’kidlaydi.Aholining o’rtacha zichligi (1km
2
ga 240 kishi) ga 
ko’ra Evropada hatto dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi.Reyon-Rur 
aglomerasiyasining ba’zi joylarida aholi zichligi 1km
2
ga 5000 kishigacha 
etadi.Urbanizasiya 
darajasiga 
ko’ra 
dunyoda 
oldingi 
o’rinlardan 
birida 
turadi.Aholisining 86%i shaharlarda yashaydi.Reyn daryosi bo’ylari va Rur havzasi 
ekologik jihatidan eng iflos hudud hisoblanadi.GFRda aholisining 48%i noishlab 
chiqarishda, 41%i esa sanoat va qurilishda band. 
GFR-sanoat va ishlab chiqarish darajasi jihatidan jahonda 3-o’rinlarda turadi.1986 
yil yalpi milliy mahsulot 1949mlrd markani tashkil etdi.Metallurgiya, ximiya, 
elektrotexnika, mashinasozlik tarmoqlari, qurilish sanoati yuksak darajada 
rivojlangan. 
GFR xo’jaligining bu qadar yuksalishiga Janubiy Yevropa va Janubi-G’arbiy 
Osiyo mamlakatlaridan kelayotgan 3-4mln kishilik arzon ishchi kuchlarining ta’siri 
ham yuqori.Sanoatining ayrim tarmoqlari.Masalan: yengil va oziq-ovqat sanoati 
o’sishidan deyarli to’xtab qolmoqda. 
Qishloq xo’jaligi o’z mahsulotining qiymati jihatidan sanoatdan 20 barobar orqada 
turadi. 
GFR tabiiy resurslardan toshko’mir, kaliy tuzi va tosh tuz konlariga boy.1986 yil 
GFRda 81mln t. toshko’mir qazib olingan.GFR energetikasida 1960 yillargacha 
toshko’mir asosiy o’rin tutgan.FTI davrida toshko’mir qazib olish keskin kamayib 
energetika balansida neft-gaz hissasi 60%gacha ko’tarildi.AESlar soni ayniqsa 
ko’paymoqda.2006 yil GFR 560mlrd kVt.soat (dunyoda 4-o’rin) elektr energiya hosil 
qildi. 
Qora metallurgiya sanoati uchun temir rudasini 90%i chetdan keltiriladi, xromit va 
marganes ham chetdan keltiriladi.GFR 1986 yil 28,9mln t. cho’yan, 45mln t. po’lat, 
36mln t.prokat ishlab chiqaradi. 
Mashinasozlik-GFR sanoatining etakchi tarmog’i.Mashina ishlab chiqarish 
bo’yicha GFR AQSHdan keyin 2-o’rinda, eksport qilish bo’yicha esa 1-o’rinda 
turadi.Avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha 2-o’rinda (Yaponiyadan keyin) 
turadi.Yiliga 4,5mln avtomobil
ь
tayyorlanadi.”Folksvagen” va “Mersedes” 
firmalarining filiallari bir qancha mamlakatlarda ham mavjud.Mashinasozlik asosan 
Rur havzasida, kemasozlik esa Gamburgda rivojlangan. 
Ximiya sanoati eng yuksak darajada rivojlangan.Mazkur sanoatning eng muhim 
markazi-Rur havzasidir.Ximiya sanoatining xom-ashyosini ko’mir ximiyasidan neft
ь
ximiyasiga o’tishi Germaniyani “ximiyalashgan” mamlakatga aylanishiga sabab 
bo’ldi. 


76 
Yuksak intensiv qishloq xo’jaligi mamlakatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini 
76%ni ta’minlamoqda.Yirik fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligining asosini tashkil 
etadi. 
Qishloq xo’jaligida yetakchi tarmoq chorvachilik bo’lib, qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini 4/5qismini beradi.GFR chorvachiligi asosini qoramol va cho’chqa 
tashkil etadi.Donli ekinlar ichida bug’doy, javdar, arpa, suli asosiy rol 
o’ynaydi.Arpadan piva tayyorlanadi.Bu soha Bovariyada yaxshi rivojlangan.Xemel 
ko’p etishtiriladi.Donli ekinlarning o’rtacha hosildorligi gektariga 52,5 sentner. 
Transporti.Temir yo’llarning umumiy uzunligi 32,5ming km (1/3qismi 
elektrlashtirilgan).Temir yo’llarda yuk tashish bo’yicha Fransiyadan keyin 2-o’rinda 
turadi.GFR daryo transporti muhim ahamiyat kasb etadi, hatto butun Evropa 
bo’yicha.Eng muhim transport tugunlari: Gamburg, Myunxen, Kyoln. 
Tashqi iqtisodiy aloqalari.GFR uchun muhim ahamiyatga ega.1986 yil mamlakat 
ishlab chiqariladigan jami mahsulotning 25%i eksport qilinadi.Asosiy eksport 
mahsulotlari: avtomobillar, stanoklar, sanoat jihozlari, elektrotexnika buyumlari, 
ximiyaviy moddalar, qurol-yarog’. 
Importi: sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, xom-ashyolar, neft-gaz. 
Pul birligi-GFR markasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin