Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Estoniya, Latviya, Litva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Estoniya, Latviya, Litva.
 
Estonya – shimoldan Fin qo’ltig’i, g’arbdan Riga qo’ltig’i, sharqdan Rossiya, 
janubdan Latviya bilan chegaradosh. Maydoni 45 000 km

(Saaremma va 
Xiyumaa orollari bilan). Sohillari uzoq vaqt muzlaydi. Namgarchilik ko’pligi 
sababli botqoqlashib ketgan. Mayda daryo va ko’llari (Chud, Pskov)ko’p. Siyosiy 
ma’muriy jihatidan 15 uezdga bo’linadi. 
Foydali qazilmalarga, ayniqsa, yonuvchi slanesga boy (Fin qo’ltig’i bo’ylari), 
bundan tashqari torf va fosforitga boy. Yonuvchi slanesdan IES larda va ximiya 
kombinatida xom-ashyo sifatida ishlatiladi. 
Aholisi 1,4 mln (2001 y),1,3 mln (2006 y)kishi. Tug’ilish koeffisienti 9 ‰, 
o’lim 14 ‰. 1 ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 17 
% , 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 16 %. O’rtacha umr 65-76 yosh. YAMD 9650 $ 
(2001 y.) .Urbanizasiya darajasi 75 %. Aholi zichligi 1 km

ga 35 kishi. Millioner 
shaharlari yo’q. Tallinda 435 ming kishi (1995 y). Yirik shaharlari: Tartu, Narva, 
Kaxtla – Yarve, Pernu. 
Sanoati mamlakatda metall yo’qligi sababli kam metall sarflanadigan 
tarmoqlar priborsozlik, radioapparatlar, slanes sanoati uchun asbob-uskunalar, 
kemalarni remont qilish, baliq sanoati, o’rmon sanoati rivojlangan. Qishloq 
xo’jaligida chorvachilik etakchi tarmoq. Dehqonchiligida asosan kartoshka, 
qisman zig’ir ekiladi. Mamlakat territoriyasi tekislik bo’lganligi sababli GES lar 
qurilmagan, AES lar yo’q. Elektr-energiyasi asosan yonuvchi slanesga ishlaydigan 
IES lardan olinadi. Neft va gaz yo’qligi sababli Rossiyadan sotib oladi. Sohillarda 
turizm rivojlangan. 
Yirik sanoat shaharlari: Tallin, Tartu. 
Temir yo’l transporti va dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Barcha shaharlari 
temir yo’llar bilan tutashtirilgan.
Asosiy portlari: Tallin, Pernu. 
Tashqi savdosi asosan Rossiya va Horijiy Yevropa davlatlariga to’g’ri keladi. 
Pul birlig – eston kronasi. 
Eksporti: baliq, radiotexnika, priborlar, qog’oz. 
Importi: tabiiy gaz, neft mahsulotlari, g’alla, metallar, mashinalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin