Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Bolgariya Respublikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Bolgariya Respublikasi
Bolgariya respublikasi Horijiy Yevropaning janubi-sharqiy qismida Bolqon yarim 
orolida joylashagan.Hududi 110,9 ming km
2
.U shimoldan Dunay daryosi bo’ylab 
Ruminiya, janubdan Gresiya va Turkiya, g’arbdan Serbiya va Makedoniya kabi 
davlatlar bilan sharqdan esa Qora dengiz bilan tutashgan.Chunki Horijiy Yevropa 
mamlakatlarini Kichik Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga boradigan 
quruqlik yo’llari ( temir va avtomobil) Bolgariya hududidan o’tadi.Shuning dek 
Bolgariyaning Qora dengiz bilan tutashganligi muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. 
Bolgariya sanoatining rivojlanishiga imkon beruvchi tabiiy sharoit va resurslar 
avvalo foydali qazilmalar bilan bog’liq .Bolgariya ba’zi foydali qazilmalar: 
polimetall, va mis rudalariga boy. Lekin bir qator foydali qazilmalarga, ayniqsa 
yonuvchi foydali qazilmalarga (ko’mir, neft, tabiiy gaz) kambag’al. Gidroenergiya 
resurslariga boy. Etishmaydigan yoqilg’ilar o’rnini gidroresurslar qisman qoplaydi. 
Tabiiy sharoit Dunay tekisligi va Marisa pasttekisligida qishloq xo’jaligi uchun eng 
qulaydir. Bu tekisliklarning katta qismini tuproqlari qora tuproqlar bo’lib, mamlakat 
xududining 33% i haydaladigan erlardir. O’rmonlar mamlakat hududining 30 % ini, 
yaylovlar esa 16 % tashkil etadi.
Aholisi 8,1 mln (2001 yil), 7,5 mln (2003yil), 7,7mln (2006yil) kishi bo’lib, 
zichligi 1 km

ga 81 kishi. Tug’ilish koeffisienti 8 ‰ , o’lim 14‰. Bir ayolga 1,2 
bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmogg’i 15% , 64 yoshdan yuqori 
bo’lganlar 17%. O’rtacha umr 69-75 yosh. YAMD 6440$ (2001) . 
Urbanizasiya darajasi 68%. Bu jarayonga mamlakatdagi ichki migrasiya kuchli 
ta’sir ko’rsatadi (qishloqdan shaharga). Millioner shaharlari faqat Sofiya (1,1 mln). 
Mamlakatda aholi tabiiy o’sishning pastligi tufayli demografik tanglik 
kuzatilmoqda.Mexnat resurslarining etishmasligi yaqqol sezilmoqda.Aholisining 97 
% ini bolgarlar (janubiy slovyanlar), qolganini ruminlar, serblar, greklar tashkil etadi.
Bolgariya xududiy – ma’muriy tuzilishiga ko’ra unitar davlat bo’lib, respublika 
shaklida boshqariladi. 9 ta oblastga bo’linadi. 
Asosiy siyosiy partiyalari:
1.Bolgariya kommunistik partiyasi (1891 yil asos solingan). 
2.Bolgariya dexqonchilik xalq ittifoqi (1900 yil). 
3. Bolgariya kasaba soyuzlari markaziy kengashi (1904 yil). 
Bolgariya Varshava shartnomasining qatnashchisi va O’IYOK ning a’zosi 
bo’lgan. 
Mamlakat 
iqtisodiyotining 
tarixiy 
rivojlanishiga 
ko’ra 
O’IYOK 


87 
mamlakatlarining birinchi navbatda Sobiq SSSR ning ta’siri kuchli bo’lgan. 
Mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul (krizs) 1986 yildan boshlangan.
Bolgariya energetikasida sharqiy Marisa xavzasidan qazib olinadigan lignit yaxshi 
o’rin tutadi. (Lignnum – daraxt ma’nosida, sifatli qo’ng’ir ko’mir bo’lib, 5-6 ming 
kkal energiya beradigan yoqilg’i). Lekin toshko’mirni Ukrainadan (Donesk) Varna 
Ilichechevsk paromi va Dunay orqali keltiradi. Neftni Rossiyadan Qora dengiz orqali 
keltiradi. Tabiiy gazni gaz quvuri orqali Rossiyadan oladi. Elektr energiyasini 
Ukrainadan oladi. 
Qora metallurgiya sanoati rivojlanmagan. Rangdor metallurgiya sanoati – 
qo’rg’oshin, rux, mis ishlab chiqarish bilan ajralib turadi. 
Bolgariya mashinasozligi ko’tarma transport mashinalari, elektrotexnika 
buyumlari, EHM lar (Praves 8) va daryo kemalari ishlab chiqaradi. 
Mashinasozlikning bosh markazi Sofiya, kemasozlikning markazi Varna.
Ximiya sanoatida azotli o’g’itlar va soda ishlab chiqarish ajralib turadi. Neft 
kimyo sanoati Qora dengiz bo’ylarida joylashgan bo’lib, yirik markazi Burgasda.
Bolgariya uchun oziq – ovqat sanoatining kattaligi xarakterli. Meva sabzavot 
konservalari, sharbatlar, uzum vinosi, tamaki mahsulotlarini (Bolgar tabak “Rodopi”, 
Styuardessa, TU) ishlab chiqarish katta axamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligida dehqonchilik ustun turadi. Haydaladigan yerlarning asosiy 
qismiga bug’doy va makkajo’xori ekiladi. O’zini don bilan ta’minlaydi. Asosiy 
texnika ekini – tamaki. Bolgariya qadimdan moy olinadigan atirgul yetishtiradi. Bir 
kg moy olish uchun 3 t. gul bargi kerak. Chorvachiligida qo’ychilik asosiy o’rin 
tutadi. 
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk va yo’lovchi tashishda temir yo’l transporti 
katta rol o’ynaydi. Temir yo’llari asosan kenglik yo’nalishida joylashgan ularning 
umumiy uzunligi 6430 km. Avtotransport yuk oboroti jihatidan 2 o’rinda turadi. 
Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 36000km.
Tashqi savdo aloqalarida Qoradengiz va Dunay daryosi xal qiluvchi ahamiyatga 
ega.
Xalqaro turizm rivojlanib bormoqda yiliga Bolgariyaga 1 mln dan ortiq turist kelib 
ketadi. “Oltin qum” sanatoriyasi. 
Iqtisodiy geografik tafovutlari: Stara Planina tog’lari mamlakatni ikki qismga: 
Shimoliy va Janubiy qismlarga bo’lib turadi. Shimoliy Bolgariyada qishloq xo’jaligi 
intensiv rivojlangan, ayniqsa don rivojlangan. 
Janubiy Bolgariya industrial, lignitqazib olish, elektr energiyasi, rangli metallar, 
o’g’itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarni asosan MDH va qo’shni davlatlar bilan olib boradi. 
Asosiy eksporti: elektrotexnika va elektronika buyumlari, ko’tarma transport 
uskunalari, rangli metallar, tamaki mahsulotlari, vino, meva konservalar, parfyum. 
Asosiy importi: toshko’mir, neft, tabiiy gaz, elektr energiyasi. 
Pul birligi – Lev. 


88 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin