4
1.Buxoro amirligi.
2. Xiva xonligi.
3. Qo’qon xonligi.
Mazkur amirlik va xonliklar 1917 yilgacha ularning qoldiqlari esa 1920 yilgacha
hukmronlik qilgan. 1921-22 yillari ular butunlay tugatildi.
1922-yil 30 dekabr kuni dunyo siyosiy kartasida yangi davlat paydo bo’ldi. Shu
kuni R.K.P (b) ning Butun ittifoq I-s’ezdida R.S.F.S.R, Ukraina,
Belorussiya va
ZSFSR birlashib SSSR ni tashkil qildi.
1936 yilgacha O’rta Osiyo respublikalari birin-ketin sobiq SSSR tarkibiga
qo’shilib bordi.
1924 yil dunyo siyosiy kartasida 2-sosialistik davlat paydo bo’ldi. U MXR edi.
Shunday qilib jahon mamlakatlari sosialistik va kapitalistik sistemaga bo’lindi.
II-jahon urushi dunyoni qayta taqsimlash va sosialistik sistemani yo’qotish
uchun 1939 yil boshlandi. 1940 yil G’arbiy Belorussiya, G’arbiy Ukraina va
Moldaviya SSSR tarkibiga qayta qo’shib qaytarib olindi.Shu yili Boltiq bo’yi
respublikalari
Latviya SSR, Litva SSR va Estoniya SSR lar tashkil topdi va SSSR
tarkibiga qo’shildi.
1941-45 yillari SSSR-Germaniya urushi natijasida va Germaniyani engilishi
munosabati bilan jahonda sosialistik sistema kengaydi va kuchaydi.
G’arbiy Yevropadagi Germaniya tomonidan bosib olingan bir qator davlatlar
Germaniya zulmidan ozod etildi va sosialistik davlatlar qatoriga qo’shildi. Ular
quyidagilar:
1.Polsha
5. Ruminiya
2.GDR
6. Bolgariya
3.Chexoslovakiya
7. Yugoslaviya
4. Vengriya
8. Albaniya.
1945-yil yapon militarizmini tor-mor keltirilishi (SSSR tomonidan) munosabati bilan
va SSSR tazyiqi ostida Horijiy Osiyoda 5ta davlat sosialistik
sistema qatoriga
qo’shildi. Ular Quyidagilar:
1.Xitoy xalq respublikasi.
2.KXDR
3.V
ь
etnam
4.Laos
5.Kampuchiya (Kambodja)
1959-yil Amerika qit’asida ham sosialistik davlat paydo bo’ldi.Bu davlat Kuba
respublikasidir. Shunday qilib jahon soqialistik sistemasida jami 16 ta davlat mavjud
edi.
XX -asrning 2-yarmidan boshlab Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi
mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlari kuchayib ketdi. Bunday harakatlar ayniqsa
Afrika qit’asida II-jahon urushida engilgan mamlakatlarning mustamlakalarida
keskin tus oldi.Masalan: 1957 yilni o’zida Afrikada 20
ga yaqin davlat mustamlaka
zanjirini uloqtirib tashlab ozodlikka erishdi. Shuning uchun 1957-yil Afrika
mustaqillik yili deb e’lon qilingan.
5
Ma’lumki, I-jahon urushida Yer shari hususan, Afrika qit’asi o’sha davrdagi
agressiv
davlatlar Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Portugaliya, Ispaniya
kabi davlatlar tomonidan bo’lib olingan edi.
Mustamlakachi davlatlarni II-jahon urushida kuchsizlanishi va mag’lubiyatga
uchrashi mustamlaka mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlarini keskin tus olishiga
sabab bo’ldi.
1990 yillarga kelib dunyo siyosiy kartasida kuchli o’zgarish ro’y berdi. Ular
quyidagilar:
-GFR va GDR birlashib yagona Germaniya davlatini tashkil topishi.
-Varshava shartnomasi va O’IYOK tashkilotlarini tarqatib yuborilishi.
-SSSR ning parchalanib ketishi natijasida dunyo siyosiy kartasida 15 ta suveren
davlatni paydo bo’lishi.
-Sosialistik tizimning emirilishi natijasida jahondagi
sosialistik davlatlarni
sosialistik sistemadan voz kechishi va suveren davlatlariga aylanishi.
-Chexoslovakiyani ikki davlat bo’lib parchalanishi. Chexiya-Praga, Slovakiya-
Bratislava
-YUFSR dagi siyosiy ahvolni keskinlashuvi va o’zaro janglar natijasida 6 ta
suveren davlatlar paydo bo’ldi. 2008 –yil fevral oyidan Serbiya tarkibidan Kosva
avtonom o’lkasi ajralib chiqish arafasida turibdi.
Ular: Xorvatiya-Zagreb;
Bosniya va Gersogovina-Saraevo;
Makedoniya-Skope;
Sloveniya-Lyublyana
Serbiya - Belgrad
Chernogoriya – Podgoritsa
Kosva - Prishtina
-NATO ni yagona siyosiy ittifoqqa aylantirilishi.
Dunyo siyosiy kartasidagi o’zgarishlardan yana biri XX-asrning 2-yarmida bir
qator mamlakatlarni nomi va poytaxtlarini o’zgarishidir.
Bunday holatga ham
ma’lum darajada sosialistik tizimning emirilishi, fan va madaniyat darajasining
yuksalishi sabab bo’lmoqda. Davlat nomi va poytaxtlari o’zgargan mamlakatlar
quyidagilar:
Eski nomi:
Yangi nomi:
Yuqori Volta
Burkina Fasa
Bogota
Santa-Fe-De-Bogota
Fil suyagi qirg’og’i (Obidjon)
Kot-D-Ivuar (Yamusukro)
Yashil burun orollari
Kobo-Verde
Janubiy Rodeziya
Zimbabve
Birma (Rangun)
Myanma ( Yangon)
Vila ( Vanuatu)
Port-Vila
Tarava ( Kiribati)
Bayriki
Selinograd
Ostona