Жаxон географияси маърузалар



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Dunyo okeani resurslari
Keyingi o’n yilliklarda jahon okeanshunos olimlari, shu jumladan 
Yu.M.Shokalskiy, V.Yu.Vize, N.N.Zubov, P.P.Shirshov, K.K.Makarov, Jak iv 
Kusto kabi rus tadqiqotchilari, o’nlab ekspedisiyalarning ishlari natijasida Dunyo 
okeanining ko’p sirlarini kishilar bilib olishdi.Dengiz geologiyasi yordamida 
okean tabiiy resurslarining juda katta xazinasi ekanligi isbot qilindi. 


18 
Bu xazina avvalo dengiz suvidan iborat.Dengiz suvi miqdori 1338 mln km
3
yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5% tashkil etadi.Bu degani Yerdagi har 
bir kishi uchun o’rta hisobda taxminan 270mln m
3
dengiz suvi to’g’ri keladi. 
Bundan tashqari dengiz suvi o’ziga xos “tirik ruda” bo’lib, tarkibida 75xil 
ximiyaviy element mavjud. Misrliklar va xitoyliklar qadim zamonlardanoq dengiz 
suvidan tuz ajratib olishni o’rganib olishgan.Hozirda dengiz suvidan ko’p 
miqdorda tuz (insoniyat iste’mol qilayotgan tuzning 1/3 qismi) undan tashqari 
magniy,brom,yod olinadigan manba bo’lib xizmat qiladi. 
Bundan keyingi boylik Dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir.Materik 
sayozligidan qazib olinadigan resurslar orasida neft va gaz katta ahamiyatga 
ega.Ko’pchilik hisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zaxirasining 
yarmidan ortig’i materik sayozligida joylashgan. SHuning uchun 5 ta Arktika 
davlatlari (Rossiya, Kanada, AQSH, Norvegiya, Daniya) SHimoliy Muz okeani 
havzasini bo’lib olish shartnomasini 2008-yil may oyida Grendandiyani Gotxob 
shaxrida imzoladi. Materik sayozligidagi qattiq foydali qazilmalar nishab 
shaxtalar va dragalar yordamida qazib olinadi.Shuningdek okeanlarda cho’kib 
ketgan kemalar ko’plab qidirilmoqda va topilmoqda.Okean chuqur qismining 
asosiy boyligi temir-marganes qotishmalaridir.Dunyo okeanidagi asosiy temir-
marganes qotishmalari X1X asrning 70 yillaridayoq inglizlarning “Chellenjer” 
ilmiy tadqiqot kemasida aniqlangan. 
Dunyo okeani tagidagi barcha temir-marganes qotishmalari aniqlangan bo’lib, 
ularning katta qismi Tinch okeanida joylashgan. Temir-marganesni dunyo 
okeanidagi umumiy zaxirasi 3trln.t.,olish mumkin bo’lgani 0,5 trln.t.ni tashkil 
qiladi.Qotishmalarni qazib olish dastlabki tajribasi AQSH tomonidan Gavayi 
orollari yaqinida o’tkazgan (1980-yil). 
Dunyo okeanining bundan keyingi boyligi energetika resurslari.Bu boylik juda 
katta.Olimlarning hisobiga ko’ra sayyoraimzdagi suv qalqishining umumiy 
qudrati 1-6mlrd kVt ga teng.1mlrd kVt qudrat Er yuzidagi barcha daryolar 
energiyasidan ortiq. 
Suvning ko’tarilishi bilan bog’liq yirik elektr stansiyalarni 25ta joyda qurish 
mumkinligi aniqlangan.Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Buyuk 
Britaniya eng katta suv qalqishi energiya resurslariga egadir.Bu mamlakatlarda 
suv ko’tarilishining balandligi 10-15 m ga etadigan sohillar bor.Masalan: Fandi 
qo’ltig’i (19m gacha), Penjina qo’ltiqchasi (14m), Kandalashka (12m). Dengiz 
suvlarining qalqishi hisobiga ishlaydigan elektr stansiyalari qurilgan bo’lib, ularni 
QES (PES) deyiladi.QESlar hozirda jahonning 5 mamlakatida mavjud bo’lib, ular:
Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada,Xitoy. 
Dunyo okeanining yana bir boyligi biologik resurslardir.Bular suvda yashovchi 
hayvonlar va o’simliklardir.Bu resurslardan foydalanish akvakultura va 
marikultura usullarida qadimdan Xitoyda rivojlangan.Okeanlarning biologik 
moddalari umumiy miqdori 35mlrd.t. hisoblanadi, ular 140ming tur mavjudotdan 
iborat bo’lib, shundan 130 000 turi hayvonot turlariga, 10 000 turi o’simlik 
turlariga to’g’ri keladi. Ular hammasi birgalikda yer biomassasini 5,5 % ini tashkil 
etadi. Norvegiya, Bering, Oxita, Yapon, dengizlari dunyodagi eng maxsuldor 
dengizlar hisoblanadi.Biroq okeanlardagi ko’pgina organizmlar muhofazaga 


19 
muhtoj.Masalan: Kitlarni ovlash 1868 yildan boshlangan.Birgina 1962 yil dunyo 
bo’yicha 66000 kit ovlandi.Hozirga qadar esa Dunyo okeanidan 2mln.dan ortiq kit 
ov qilingan.Shuning uchun 1982 yildan boshlab jahonda kit ovlash BMT 
tomonidan ma’n etilgan. 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin