24
2. Evropa davlatlari (Shimoliy Yevropa bundan mustasno). Bu arealda aholining
o’rtacha zichligi 1 km
2
– 200-400 kishini, ayrim hududlarda 1000-1500 kishiga etadi.
Masalan: Rur havzasida. Bu arealdaaholi to’planishiga Yevropaning kishilik jamiyati
tarixida sivilizasiya markazi bo’lganligi, sanoat taraqqiyotining boshlanishi,
sanoat
inqilobining vatani bo’lganligi va sanoatning yuksak darajada rivojlanganligi sabab
bo’lgan.
3. AQSH ning shimoli-sharqiy qismi. Bu areal yosh, yangi areal bo’lib,
asosan
Yangi dunyo kashf etilgandan so’ng XIX-XX asrda Yevropa aholisining “buyuk
ko’chishi” natijasidava Afrika negrlarining keltirilishi bilan AQSH ning jahon
xo’jaligida 2-markaz sifatida paydo bo’lishi oqibatida paydo bo’lgan.
Bu arealda ham aholi zichligi 1km
2
joyda 100 kishidan ortiq. Ko’l bo’yida esa
aholi zichligi 1km
2
da 1500 kishiga etadi.
Jahonda aholi zichligi 1 km
2
ga o’rtacha 49 kishi bo’lgani holatida (2007 y) bu
ko’rsatkich Monakoda 33104 kishi, Xitoy Makaosida 20346 kishi, Singapurda 6785
kishi, Xitoy gonkongida 6308 kishi, Baxraynda 1098 kishi, Bangladeshda 1035
kishini tashkil etadi.
Aksincha, aholi zichligi eng kam bo’lgan hududlar: G’arbiy Sahroi Kabir, Gviana,
Mongoliyada 2 kishi, Avstraliyada, Islandiyada, mavritaniyada, Botsvanada,
Namibiyada, Kanadada, Surinamda 3 kishi (2007 y).
Dunyo aholisining joylashishiga aholining transport va savdo yo’llariga yaqinroq
joylashishi, ayniqsa dengiz bo’yida joylashishimuhim ta’sir ko’rsatadi. Masalan6
dengiz va okeanlarning qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan eni 200 km gacha bo’lgan
sohillarda dunyo aholisining yarmi yashaydi. Orol va
yarim orollarda joylashgan
ayrim mamlakatlarda bu ko’rsatkich yanada yuqori. Masalan: tabiiy sharoiti qulay
bo’lgan Yava orolida aholi zichligi 1km
2
maydonda 2000 kishiga etadi. Millioner
shaharlarning asosiy qismi ham dengiz bo’yidagi port shaharlardir.
Ayni paytda
materik ichkarisida joylashgan, tabiiy sharoiti ham noqulay bo’lgan
Mongoliyada aholi zichligi 1km
2
ga 2 kishiga to’g’ri keladi. Dunyo aholisining
zichligi 1 km
2
ga 49 kishi bo’lgani holda Horijiy Yevropada bu ko’rsatkich – 98 kishi
ga, Shimoliy Amerikada – 14,5 kishiga, Lotin Amerikasida – 21,4 kishiga, Horijiy
Osiyoda – 115 kishiga, Afrikada – 22 kishiga, Avstraliya va Okeaniyada – 3 kishiga
to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: