Жаxон географияси маърузалар



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Shaharlar. Ma’lumki, dastlab shaharlar Nil deltasida va Mesopotamiyada 
(Vavilion) savdo va hunarmandchilik markazlari, harbiy qo’rg’onlar sifati paydo 
bo’lgan. Kapitalizmning rivojlanishi bilan shaharlar soni va salmog’iham ortib bordi. 
Shaharlarning iqtisodiy-ma’muriy va madaniy markaz sifatida mavqei kuchaydi. 
Urbanizasiya jamiyat hayotida shaharlar ahamiyatining tarixiy o’sishi jarayoni 
jamiyatning aholi mehnati turmush tarzi (masalan: mehnat qilish, kiyinish, gaz, 
elektr, suv bilan ta’minlanishi, uylarni pardozlash, qum shuvoq, televizor, telefon va 
h.k.) va madaniyatining ko’proq shaharlarga xos bo’lib o’zgarib borishidir. 
Urbanizasiya sosial-iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim tarkibiy qismidir. 
Hozirda urbanizatsiya 3 ta umumiy hususiyatga ega:
1. Shahar aholisi sonining rivojlanayotgan mamlakatlarda tez o’sishi. Masalan: 
XX asrning boshida dunyo aholisining 14 % ga yaqini shaharlarda yashagan bo’lsa, 
1990 yillari 45 % dan ortig’i, XXI – asr boshida esa 49 % i shaharlarda yashagan. 
O’rta hisobda shahar aholisi 50 mln kishiga ko’paymoqda. (2 ta O’zbekiston aholisi 
demakdir). 
2. Aholi va xo’jalikning asosan yirik shaharlarda to’planishi. Bunga asosan ishlab 
chiqarishning ilm-fan ta’lim bilan aloqasining murakkablashib borayotganligi sabab 
bo’lmoqda. Dastlabki millioner shaharlar Yuliy Sezar davrida paydo bo’lgan (Rim) 
bo’lsa, XX asr boshida ularning soni 10 taga, 1980 yillari 200 tadan ortdi. Millioner 
shaharlar soni XX asr oxirida 400 taga etishi kuzatilinmoqda. Hozirda millioner 
shaharlar soni Rossiyada 13 ta, Markaziy Osiyoda 2 ta. Aholi soni 5 mln dan ortiq 
bo’lgan shaharlar soni hozirda 30 ta, aholisi soni 20 mln dan ortiq bo’lgan shaharlar 
(aglomerasiyalari bilan) 12 tani tashkil etadi. 
3. Shaharlar maydonining kengayib ketishi, ya’ni shahar aglomerasiyalari. 
Aglomerasiyalar uchun poytaxtlar, eng muhim sanoat markazlari, portlar o’zak 
bo’ladi. Masalan: Mexiko, Tokio, San-Paulu va Nyu-York tevaragida har birida 16-
20mln va undan ortiq aholi yashaydi. Moskva aglomerasiyasida 100 ga yaqin 
shaharchalar va mingdan ortiq qishloqlar jamlangan bo’lib, ularda 13,5 mln kishi 
yashaydi. 
Urbanizasiya darajasiga ko’ra jahon mamlakatlari 3 ta toifaga bo’linadi: 
1.Yuqori darajada urbanizasiyalashgan mamlakatlar. Ularda shahar aholisining 
salmog’i 50% dan ortadi. Bu toifaga rivojlangan davlatlarning barchasi, Lotin 
Amerikasi davlatlari, Rossiya, Qozog’iston kiradi.
2. O’rtacha urbanizasiyalashgan mamlakatlarda shahar aholisi salmog’i 20-50% ni 
tashkil etadi. Ularga asosan Afrika va Osiyo davlatlari, jumladan, Xitoy, Hindiston, 
Markaziy Osiyo davlatlari kiradi. 
3. Zaif yoki urbanizasiyalashgan mamlakatlarda shahar aholisi salmog’i 20 % dan 
kam bo’lib, udarga Botsvana, Madagaskar, Efiopiya, Eritreya, Uganda, Chad, Niger, 
Mali, Burkina-Faso, Oman, Afg’oniston, Laos, Kampuchiya, Papuaslar Yangi 
Gvineyasi kabilar kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin