25
ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda Afrika aholisining
joylashishiga tarixiy sharoit, ya’ni
qul savdosi va mustamlakachilik tizimining ta’siri kuchli bo’lgan.
Har bir mamlakatning rivojlanishi uchun aholining muayyan soni va zichligi
bo’lishi kerak.
Aholining soniga va joylashishiga aholining tabiiy ko’payishi
bilan birga
aholining
“mexanik
ko’payishi”
ya’ni
migrasiyalar
ham
katta
ta’sir
ko’rsatadi.Migrasiyaning asosiy sababi iqtisodiy sabab bo’lib, undan tashqari:
siyosiy, diniy, milliy (turklar bilan o’zbeklar), ekologik (Orol bo’yi, Rur havzasi)
sabablari ham mavjud.
Ichki migrasiyalar – bir mamlakat doirasida aholining qayta taqsimlanishi bo’lib,
unda umumiy aholi soniga ta’sir etmaydi.
Tashqi migrasiyalar – mamlakat va qit’alar aholisi soniga ta’sir etadi. Immigrasiya
– emmigrasiyadan ortiq bo’lganda mamlakat aholisi mexanik ko’payadi.
Emmigrasiya ortganda esa aholi mexanik kamayadi. XIXasr boshlaridan II-jahon
urushiga qadar Yevropa asosiy emigrasiya markaziga aylandi va 60 mln aholi ko’chib
ketdi, 1-navbatda
Shimoliy Amerikaga, Braziliyaga,
Argentina, JAR, Avstraliya va
Yangi Zelandiyaga. II-jahon urushidan so’ng emmigrasiyaning 2-markazi –
Osiyo
vujudga keldi. Asosan Xitoy,
Hindiston, Bangladesh, Yaponiyadan Horijiy Yevropa
davlatlariga; JAR, AQSH, Braziliya, Indoneziya, Singapurga migrasiya kuchaydi.
1970-80 yillar Yer sharida immigratsiyaning yangi markazi Yaqin Sharq paydo
bo’ldi. Bu regionda OPEK ga a’zo davlatlar chetdan ko’plab mehnatkashlarni o’ziga
jalb qildi. Hindiston, Pokiston, Bangladesh – Yaqin
Sharq mamlakatlariga asosiy
ishchi kuchi etkazib beruvchi davlatlarga aylanib qoldi.Lekin hamon AQSH jahonda
immigrasiyaning muhim markazi bo’lib kelmoqda. Yiliga AQSH ga 1 mln aholi
immigrasiya qilmoqda.
XX asrning 2-yarmida tashqi migrasiyaning yangi shakli “Oqillar (donolar)
migrasiyasi” paydo bo’ldi. Bunda: olimlar,
vrachlar, injenerlar va boshqa malakali
mutaxassislar ko’chib ketadi. “Oqillar migrasiyasi”
dastlab Horijiy Yevropadan
AQSH ga bo’lgan bo’lsa, 1980-90 yillardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar tufayli
MDH davlatlaridan Horijiy Yevropa va AQSH ga bo’lishi kuzatilinmoqda.
Jahondagi chet el ishchi kuchlarining ( mehnatkashlar migrasiyasining) 40 % i
SHimoliy Amerikaga, 25 % i Yevropaga, 20 % i Osiyoga, 15 % i boshqa regionlarga
to’g’ri keladi.
Iqtisodiy faol aholining Katarda 92 % ini, BAA da 89 % ini, Quvaytda 86 % ini,
Omanda 70 % ini, Saudiya Arabistonida 60 % ini, Liviyada 50 % ini
“gastarbeytarlar” tashkil etadi (2005 y).
Ichki migrasiyaga aholi qishloq joylaridan shaharlarga ko’chishi ham kiradi. XX
asrning oxirlariga kelib bu migrasiya ko’lami
shu qadar kattalashdiki, buni “XX-
asrda aholining buyuk ko’chishi” deb atalindi.
Yangi yerlarning o’zlashtirilish ham migratsiya bilan bog’liq bo’lib, hududi katta
va aholisi zich mamlakatlarda kuzatilinadi. Masalan: Rossiyada (Qoratuproq
zonasining
o’zlashtirilishi,
BAM
ni,
taygani
o’zlashtirilishi),
Qozog’istonda,Kanadada (Shimolni o’zlashtirilishi), Braziliyada (Amazoniyani),
Avstraliyada (savannalarni), Xitoyda (Tibetni), O’zbekistonda (Mirzacho’l,
Yozyovon).