Жаxон географияси маърузалар



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi




O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi 
Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat pedagogika 
instituti 
Kimyo-biologiya fakulteti 
Geografiya kafedrasi 
 
“Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi” fanidan 
ma’ruza matni. 
Qo’qon – 2008 y. 



Ushbu ma’ruza matnida jahon mamlakatlarining geosiyosiy holati, rivojlanib 
borishi, taraqqiyot bosqichlari iqtisodiy geografik nuqtai nazardan yoritib berilgan. 
SHu bilan birga jahon mamlakatlarining tuzumi, jahon tabiiy resurslari, aholi va 
mehnat resurslari, iqtisodiyoti hamda jahonning globol muammolarini o’rganishga 
qaratilgan. 
Ma’ruza matni geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishi 
talabalariga mo’ljalangan. 
Tuzuvchi: b.f.n, katta o’qituvchi A. M. Jobborov 
 
Taqrizchilar: FDU geografiya kafedrasi o’qituvchisi
 
g.f.d, Yu. Ahmadaliev, QDPI g.f.n, katta
o’qituvchi O. Qo’ziboeva, o’qituvchi
O.Qo’chqorov 
 
 
Ushbu ma’ruza matni geografiya kafedrasining 2008 yil ____ avgustdagi 

1- sonli 
yig’ilishida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. 
Ushbu ma’ruza matni institut Ilmiy Kengashining 2008 yil ____ avgustdagi 

1- 
sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan. 



Mavzu: Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasiga kirish. 
 
 
Mazkur kurs ijtimoiy-geografik fan bo’lib, u aholi va xo’jalikni butun dunyoda, 
ayrim hududlar va mamlakatlarda rivojlanish va joylanish qonuniyatlarini tadqiq 
etadi. Mazkur kurs butun jahon xalqaro munosabatlarini, insoniyat va jamiyat bilan 
tabiatning o’zaro aloqalari, global muammolar va jahon taraqqiyotining hozirgi 
bosqichlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 
Mazkur fanning shakllanish va taraqqiyotida bir qator iqtisodchi geograf 
olimlarning hissasi ko’p. Masalan: N.N.Baranskiy, I.A.Vitver, N.N.Kolosovskiy, 
V.P.Maksakovskiy, V.Ya.Rom, K.F. Stroev. O’zbek iqtisodchilaridan Z.Akramov, A. 
Soliev, A. Ro’ziev. 
Jahon iqtisodiy va siyosiy geografiyasi ijtimoiy fan bo’lganligi uchun bir qator 
iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan bog’langan. Masalan:iqtisod, tarix, falsafa, 
matematika, siyosiy va sotsial geografiya, aholi geografiyasi va tabiiy geografik 
fanlar biologiya, ximiya fanlari bilan bog’langan. 
Tadqiqot metodlari ham tobora boyib, kengayib bormoqda. Statistik, 
kartografik va tarixiy metodlardan tashqari yangi metodlar, masalan: matematik 
modellashtirish, kosmik metodlar paydo bo’ldi. 
Iqtisodiy geografik tadqiqotlar xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishda ilmiy 
asoslashga, qulay joylashtirilishiga, planli xo’jalik yuritilishiga, aholini sotsial 
sharoitini yaxshilash bilan birga material, yoqilg’i va asosiysi mablag’ni ko’p iqtisod 
qiladi. 
Iqtisodiy-“ekonomicheskiy” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, xo’jalik yuritish 
degan ma’noni bildiradi. Mazkur fanni 1-bo’lib M.V.Lomonosov shunday deb 
atagan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin