Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Jahon xo’jaligi geografiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Jahon xo’jaligi geografiyasi. 
 
Jahon xo’jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan. Buyuk geografik 
kashfiyotlar natijasida Yevropa va Osiyodan keyin Yer kurrasining boshqa qit’alari 


28 
ham xalqaro savdoga jalb etildi. Qit’alar o’rtasidagi mahsulotlar almashinishi jahon 
bozorining paydo bo’lishiga olib keldi. Transportning rivojlanishi bu bozorning 
bundan keyingi rivojlanishiga yordam berdi. Dengiz transporti barcha qit’alarni bir-
biri bilan bog’ladi. XIX asrning 2 yarmidan boshlab temir yo’llarining uzunligi 
keskin oshib bordi. 
Jahon xo’jaligining shakllanishida mashinalashgan yirik sanoat asosiy omil bo’ldi. 
Mashinalashgan yirik sanoat XVIIIasr oxiri va XIX asrning boshlarida Yevropaning 
bir qator davlatlari va AQSH da sanoat inqilobidan keyin vujudga keldi. Jahon 
xo’jaligi XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida mashinalashgan yirik sanoat, 
transport va jahon bozorining rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Jahon xo’jaligi
dunyodagi barcha mamlakatlarni butun jahon iqtisodiy munosabatlar orqali bir-biri 
bilan bog’lovchi uyg’unlikdir. 
Jahon iqtisodiyotidagi yalpi mahsulotning 64 % i noishlab chiqarish sohasiga, 32 
% i sanoatga, 4 % i qishloq xo’jaligiga to’g’ri keladi (XXI-asr boshida). 
Jahon eksport mahsulotlarini 100 % deb olsak, uning 10 % i AQSH ga, 9 % i 
GFR ga, 8 % i Xitoyga, 6% i Yaponiyaga, 5 % i Fransiyaga, 4 % i Buyuk 
Britaniyaga, qolgan 58 % i boshqa davlatlar hissasiga to’g’ri keladi (2005 y). 
Jahon xo’jaligining geografik modeli tobora murakkablashib boradi. XIX asrning 
oxirlariga qadar hamma ko’rsatkichlariga ko’ra bitta markaz - Yevropa ustun turar 
edi. I.A.Vitver bu davrni Yevropa – markaz davrida deb atagan. Keyinchalik 2-
markaz – AQSH paydo bo’ldi. U tezda asosiy markaz bo’lib qoldi. 
Jahon xo’jaligidagi eng yirik kreditor davlatlar: AQSH, Kanada, Yaponiya, 
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA hamda G’arbiy 
Yevropa davlatlari. Qolgan deyarli barcha mamlakatlar qarzdor davlatlar hisoblanadi. 
2 ta jahon urushi oralig’ida jahon ahamiyatiga ega bo’lgan yangi markazlar – 
sobiq SSSR va Yaponiya vujudga keldi. II - jahon urushidan keyin Xitoy, Hindiston, 
Janubi-G’arbiy Osiyodagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar guruhi, Kanada, 
Avstraliya, Braziliya kabi markazlar vujudga kela boshladi. Keyingi 20 yil 
mobaynida 4 ta “Osiyo yo’lbarsi” boshchiligidagi yangi industrial davlatlar jahonga 
tanildi. Bular natijasida Osiyo Tinch okeani regionining jahon xo’jaligidagi mavqei 
yanada o’sdi. Shunday qilib hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining geografik modeli ko’p 
markazlilik hususiyatiga ega bo’ldi. 
Jahon xo’jaligi ichidagi o’zaro munosabatlar yaqin vaqtlargacha 4 ta qutb – 
kapitalistik g’arb, sosialistik Sharq, “boy” Shimol va “kambag’al” janubning bo’lishi 
bilan belgilanar edi. 
Jahondagi eng yirik oltin va chet el valyuta zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar: 
AQSH, YAponiya, GFR, Fransiya, Shvesariya, Italiya, Xitoy, Singapur, Braziliya. 
Hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining ichki asosiy qarama qarshiligi “Shimol” bilan 
“Janubn”ning yoki markaz bilan chekkaning qarama-qarshiligi orasidagi 
farqdir.Masalan: 90 yillari jahon xo’jaligining butun chekka joylariga jahon IYAM 
ning va sanoat mahsulotining 15 % , qishloq xo’jalik mahsulotining 30% i to’g’ri 
kelgan. IYAM aholi jon boshiga hisoblanganda, bu mamlakatlarda 1000 dollardan 
kam bo’lmagani holda, G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida 14000 
dollardan ortiq bo’lgan. 


29 
Jahon bo’yicha IYAM ni 100 % deb olsak, shuning 21,2 % i AQSH ga, 11,8 % i 
Xitoyga, 7,3 % i YAponiyaga, 5,5 % i Hindistonga, 4,5 % i GFR ga, qogani boshqa 
davlatlarga to’g’ri keladi (2005 y). 
IYAM si sotib olish pariteti aholi jon boshiga 30 000 AQSH dollaridan yuqori 
bo’lgan davlatlar: Lyuksemburg (58 900 $), AQSH, Kanada, YAponiya, Norvegiya, 
Finlandiya, Daniya, islandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Fransiya, Belgiya, 
Niderlandiya, SHvetsariya, Avstriya, Avstraliya (2006 y). 
IYAM si sotib olish pariteti aholi jon boshiga 500 AQSH dollaridan kam bo’lgan 
mamlakatlar: G’arbiy sahroi Kabir (2006 y). 
Shu sababli jahon xo’jaligining “geografik modeli”ni takomillashtirishning asosiy 
yo’nalishi jahon xo’jaligi “chekka qismi”ni rivojlantirishdan iborat bo’lmog’i kerak. 
Jahon xo’jaligining rivojlanishi quyidagicha: AQSH, Kanada, MDH,YAponiya va 
Xorijiy Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida iqtisodiy o’sish pasaygan. 
Masalan, XX- asr oxirida iqtisodiy o’sish Tojikiston, Ukraina, Moldaviya kabi 
davlatlarda yiliga 8 % ni tashkil etadi. Aksincha, Xorijiy Osiyo davlatlari va Lotin 
Amerikasi mamlakatlarida yillik iqtisodiy o’sish ko’tarildi.Masalan, Xitoy 
iqtisodiyoti yiliga 10 %, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari 7 %, Hindiston xo’jaligi 6 % 
ga o’smoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin