Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: FTIning jahon xo’jaligiga ta’siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: FTIning jahon xo’jaligiga ta’siri
XX-asrda jahon xo’jaligining o’sish sur’ati yuqori bo’ldi. Asrimizning dastlabki 
uch choragi davomida jahon iqtisodiy imkoniyati taxminan 10 hissa ko’paydi. 
Binobarin 70 yillar o’rtasida jahon iqtisodiy imkoniyatining 9/10 qismi bizning 
asrimiz yutuqlari natijasida, 1/10 qismi esa insoniyatning asrimizgacha butun tarixi 
davomidagi yutuqlari natijasi bo’ldi. FTI jahon iqtisodiy taraqqiyoti sur’atini yana 
ham kuchaytirdi. 
FTI yutuqlaridan g’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari eng yuqori 
darajada foydalana oladilar. Ular FTI yutuqlarini fan-texnika taraqqiyotining asosiy 
xizmatchisiga aylantirdilar. Bu mamlakatlar butun ishlab chiqarishni yangi texnika va 
xom-ashyoni iqtisod qilishga kirishdilar. Buni ko’pincha qayta industriyalashtirish 
yoki 3-sanoat inqilobi deb atashadi. 
Bunday qayta industriyalashtirish davlatning faol yordami bilan amalga 
oshyapti.Davlat ko’p korxonalarning va xatto butun tarmoqlarning egasi, shuningdek 


33 
bosh buyurtmachi va mehnat natijasi (ilm-fan, harbiy ishlab chiqarish)ning 
iste’molchisi hamdir. Davlat kapital qo’yadi, kadrlar tayyorlaydi, iqtisodiyotni 
rivojlantirishning har xil dasturlari, shu jumladan, regional dasturlari yordamida uni 
boshqaradi.
Qayta sanoatlashtirishda monopoliyalarning ta’siri juda kattadir. Ko’p 
monopoliyalar xalqaro monopoliyalarga aylanib ketdi. Shunday monopoliyalarning 
asosiy shakli xalqaro korporasiyalardir. Xalqaro korporsiyalarning umumiy soni 
minglab, o’n minglab hisoblanadi. Lekin asosiy tizgin 400-500 ta multimilliarder 
korporasiya qo’lidadir. Ana shunday qilib, jahon xo’jaligining o’ziga xos 
“xalqarolashuvi” ro’y bermoqda. Lekin shu bilan birga g’arb mamlakatlarida 
millionlab mayda kompaniyalar ham mavjud. 
G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hozirgi zamon texnika va 
texnologiyasiga, fan bilan ishlab yaiqarishning tub mohiyati bilan yangi o’zaro 
aloqalariga tayangan holda aholisining ko’pchilik qismi hayot sharoitini nisbatan 
yuqori darajaga ko’tarilishiga muvaffaq bo’ldi. Lekin shunga qaramasdan bu 
mamlakatlarda ham ishlab chiqarishda ayrim pasayishlar va xatto tanazzullar, 
ishsizliklar, inflyasiya va boshqa sosial inqirozlar bo’lib turadi. 
Tashqi savdo hajmi 100 mlrd AQSH dollaridan yuqori bo’lgan davlatlar: AQSH, 
Kanada, YAponiya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Xitoy. 
Sanoatlashish yo’lidan borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat 2-jahon 
urushiga qadar o’tgan vaqtdagidan 2-3 marta tezroq o’smoqda, xatto g’arb 
mamlakatlaridan ham tezroq rivojlanmoqda. Shunga xos ravishda ishlab chiqarish 
daradasi ham o’sdi. Shu bilan birga hali o’nlab zaif rivojlangan mamlakatlar borki, 
ularning ko’pi sanoatlashishgacha bo’lgan darajasiga ham ko’tarilgani yo’q. 
FTIning jahon xo’jaligi asosiy tarmoqlariga ta’siri: industrial jamiyatdan industrial 
xo’jalik orti jamiyatiga. Jahon xo’jaligida XVII-XIX asrlardagi sanoat 
to’ntarishigacha agrar tuzilishi yakka xukmron edi. Unda moddiy boylikning asosiy 
manbai qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq tarmoqlar bo’lgan. X1X asrning 2-yarmi 
va XX asrning 1-yarmida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xo’jalikning sanoat 
etakchi o’rin tutgan industrial tuzilishi tarkib topdi. Mana shu bosqichda jahonda FTI 
davri boshlandi. FTI jahon xo’jaligi asosiy tarmoqlariga juda katta ta’sir ko’rsatdi va 
hozir ham ta’sir ko’rsatmoqda. Uning ta’sirida jahon xo’jaligining tubdan yangi 
tuzilishi, industrial xo’jalik orti deb ataluvchi (yoki axborotli) tuzilishi shakllana 
boshladi. 
Xo’jalikning industrial xo’jalik orti tuzilishi uchun dastavval moddiy va 
nomoddiy ishlab chiqarishlar o’rtasidagi nisbatning nomoddiy ishlab chiqarish 
foydasiga o’zgarishi xosdir. Bunda sanoat salmog’ining o’sishi jarayoni o’rniga 
uning qisqarish jarayoni ro’y beradi. Shundan so’ng sanoatda va umuman moddiy 
ishlab chiqarishda qisqarish ro’y berdi. Shu bilan bir vaqtda xizmat ko’rsatish, fan, 
ta’lim, madaniyat sohalarining o’sishi bo’ladi. Masalan: Nomoddiy ishlab chiqarish 
sohasida band kishilar sonining moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan 
kishilardan ortib ketgan 1-mamlakat AQSH bo’lgan. Bu xol 1955 yilda ro’y berdi. 
Hozirgi vaqtda ham nomoddiy ishlab chiqarish sohasida band kishilarning salmog’i 
jihatidan AQSH birinchilikni saqlab qolmoqda. 


34 
FTIning moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga ta’siri: ijobiy siljishlar. FTI moddiy 
ishlab chiqarish tarmoqlarida katta siljishlarga olib keldi. Butun dunyoda moddiy 
ishlab chiqarishda 1,5 mlrd.kishi band(siljishlar dastavval sanoat bilan qishloq 
xo’jaligi orasidagi nisbatning sanoat foydasiga o’zgarishida o’z aksini topdi). 
Sanoatda ishlov beruvchi tarmoqlar tez o’smoqda, hozirda butun sanoat 
mahsulotining 1/10 qismi moddiy ishlab chiqarishga to’g’ri keladi. Bu tarmoqlar 
tarkibida ilg’or uchlik-mashinasozlik, kimyo va energetika ajralib turadi. 
BMT tasnifiga ko’ra hozirda sanoatning 300dan ortiq tarmoqlari bo’lib, ular 2 
guruhga bo’linadi: 1 - unduruvchi, 2 - qayta ishlovchi. Jahon unduruvchi sanoat 
mahsulotlarini 100% deb olsak, uning 70 % ini yoqilg’ilar, 20 % ini metallar, 10 % 
ini boshqa xom-ashyolar tashkil etadi (2005 y).
Jahon qayta ishlovchi sanoati tarmoqlari 100 dan ortiq bo’lib, ularni 100 % deb 
olsak, 32 % i mashinasozlikka, 19 % i yengil sanoatga, 15 % ini oziq-ovqat sanoati, 
12 % ini yog’ochni qayta ishlash sellyuloza qog’oz, 22 % ini boshqa tarmoqlar 
tashkil etadi. (2005 y). 
Jahon qayta ishlovchi sanoat mahsulotini 100 % deb olsak, uning 22 5 i AQSH ga, 
21 % i YAponiyaga, 10 % i GFR ga, 5 % i Fransiyaga, 5 % i Xitoyga, 37 % i qolgan 
davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. (2005 y). 
Hozirda sanoat tarmoqlarida komplekslashish xosdir, ya’ni turli xil tarmoqlarning 
birlashib tarmoqlararo komplekslarni hosil qilishidir. 
Qishloq xo’jaligi tarmoqlaridagi o’zgarishlar sekinroq ro’y beradi. Qishloq 
xo’jaligida chorvachilikni salmog’i ortmoqda. 
FTI transportning ayrim turlari o’rtasidagi “mehnat taqsimotiga” katta o’zgarishlar 
kiritdi. Temir yo’l transportini ahamiyati umuman kamaydi. U o’z ahamiyatini sanoat 
va qishloq xo’jaligining ko’p miqdordagi yuklarini tashishda, yo’lovchilarni o’rtacha 
masofalarga tashishda saqlab qolmoqda, shahar ichida tashishda ham. 
Avtomobil transporti shahar ichida va shaharlar atrofida yo’lovchi tashishda 
birinchi o’rinda turadi. 
Dengiz transporti xalqaro savdoning katta qismini ta’minlaydi. Masalan: neft, 
ruda, g’alla, sanoat mahsulotlari va h.k. Lekin yo’lovchilar tashishda amalda ishtirok 
etmaydi.(sayohatchilarni hisobga olmaganda). 
Havo transporti yo’lovchilarni o’rtacha va uzoq masofalarga tashishda katta 
ahamiyatga ega. FTIning xo’jalikning hududiy joylashtirilishiga ta’sir etuvchi 
omillari: 
1.Hududiy omil.Hudud jamiyat geografik muhitining muhim qismlaridan biridir. 
Hudud qancha katta bo’lsa, tabiiy resurslari shuncha boy, xilma-xil bo’ladi. Aholi va 
ishlab chiqarishni joylashtirishning turli xil variantlari shuncha ko’p bo’ladi. 
Masalan: Rossiya, AQSH, Kanada. Ularda hudud kattaligi sababli iqtisodiy zona, 
rayon, hudud. Aksincha kichik mamlakatlarda hudud “etishmasligi” kuzatiladi. 
2.Iqtisodiy geografik o’rin omili(IGO’). IGO’ tushunchasini fanga N.N.Baranskiy 
to’liq asoslab kiritdi. U IGO’ning asosiy 4 xilini ajratib ko’rsatgan: 
1) markaziy o’rin; 
2) ichkarida (chekkada) joylashishi; 
3) qo’shni joylashish; 
4) dengiz bo’yida joylashish.


35 
Dengiz bo’yida joylashganlik (Arktika dengizlaridan tashqari) hamma vaqt qulay 
IGO’ bo’lgan, ayniqsa, FTI davrida aholi va sanoatning dengiz bo’yiga ko’chishi 
birinchi galda chetdan keltiriladigan xom-ashyo va yoqilg’iga intilish sabab bo’ldi. 
N.N.Baranskiy fikricha mamlakat o’z IGO’ni tuzatishi va yaxshilashi mumkin. 
Masalan: Panama kanali, Suvaysh kanali, Volga, Don, Reyn-Rur kanallari kabilarni 
qazilishi, AQSHda transkontinental temir yo’lining qurilishi, Transamazoniya 
magistrali, BAM kabilar. 
3.Tabiiy sharoit-resurslar omili. Tabiiy resurslardan foydali qazilmalar, birinchi 
galda og’ir sanoatni joylashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan: qora metallurgiya 
sanoati toshko’mir va temir ruda konlariga yaqin joylashtirilar edi. Undiruvchi sanoat 
uchun tabiiy resurslar omili asosiy omil bo’lib qoldi. Dunyoning shimoliy 
hududlarida katta maydonlarda (20 mln.km
2
) o’zlashtirilishi qiyin tabiiy resurslarni 
o’zlashtirilishiga FTI sabab bo’ldi. Masalan: materik sayozliklarini o’zlashtirish 90-
yillarga kelib, “dengiz nefti”ni qazib olish butun jahonda qazib olinadigan neftning 
1/4 qismini, “dengiz gazi”ni qazib olishning 1/5 qismiga etdi. Neft va tabiiy gaz qazib 
olishning asosiy rayonlari-Shimoliy dengiz, Fors ko’rfazi va Meksika qo’ltig’idir. 
Bular FTI yutuqlari natijasidir. 
Materik sayozliklarini o’zlashtirilishiga katta mablag’ sarflanadi va atrof-muhitni 
ifloslanib ketishi xavfi kuchayadi. 
4.Transport omili. FTI davriga qadar bu omil ishlab chiqarishni joylashtirishga 
deyarli hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar edi. Transport vositalarini takomillashtirilishi 
transport xarajatlarini ancha kamaytirishga olib keldi. Transport inqilobi sanoat 
mahsulotlarini minglab km. atrofga chiqarishga, aholining siljib yurishini 
kuchaytirishga, ishlab chiqarishni dengiz bo’yiga siljishiga, tabiiy resurslarni tashib 
borishga, ya’ni hududlarni o’zlashtirishga va ishlab chiqarish bilan iste’molchi 
orasidagi ajralishni yo’qotadi. Masalan: BAM, Transamazoniya. 
5. Mehnat resurslari omili. Ishlab chiqarishni joylashtirishga va xo’jalikning 
hududiy tarkibiga hamma vaqt ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatadi. 
Mehnat resurslari omili ta’siri 2xil namoyon bo’ladi:
1.Sanoatga, noishlab chiqarish sohasiga boshqa joylardan qo’shimcha ishchi kuchi 
jalb qilinadi. 
2.Ishlab chiqarishni mehnat resurslari to’plangan joylarga ko’chirish foydaliroq 
bo’ladi. 
Masalan: G’arbiy Evropa, AQSH qo’shimcha mehnat resurslarini o’ziga tortib 
oladigan asosiy markazlar. Masalan: Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyoning arzon ishchi 
kuchlari Horijiy Yevropa, AQSH, Yaponiya sanoatining ko’p mehnat talab qiladigan 
sohalarini o’ziga tortib oladigan asosiy markazlar, ya’ni qo’shimcha korxonalar. FTI 
davrida arzon ishchi kuchiga ayniqsa ayollar mehnatiga intilish saqlanib qoladi. 
6.Hududiy to’planish omili. Ishlab chiqarish korxonalarining hududiy to’planishi 
katta samara beradi. Bunda sanoat tugunlari, transport tugunlari va h.k. Bunda eski 
sanoat hududlarini mavqei katta, ular poytaxt, ko’mir havzalarini roli yuqori bo’lib, 
allaqachon to’planish omili ro’y bergan. Butun jahon sanoat ishlab chiqarishning 3/ 4 
qismi shunday joylarda to’plangan. Lekin bu salbiy oqibatlarga-ekologiyaning 
buzilishiga olib keladi. Shu sababli FTI davri uchun ishlab chiqarishning 
tarqoqlanishi, mitti (mini) zavodlar qurilishi xos.


36 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin