48
ya’ni, qishloq xo’jaligi rivojlangan joylarda (chunki 1t. xom-ashyodan appatit,
fosforitdan 2t. o’g’it olinadi), azotli va kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish xom-ashyo
manbalariga yaqin joylashishi kerak.
Polimerlar ximiyasi juda tez rivojlanmoqda.Bu tarmoqda mahsulot birligi uchun
ko’p miqdorda issiqlik, elektr energiyasi, suv va maxsus tayyorlanadigan xom-ashyo
sarflanadi.Shuning uchun bu tarmoq neft mahsulotlari
ishlab chiqariladigan, ko’mir
kokslanadigan, arzon energiya, suv mavjud joylarda bunyod etiladi.
Ximiya sanoati mashinasozlik sanoati bilan birgalikda hozirgi zamon
industriyasining dinamik tarmog’idir.Dunyo ximiya sanoatida ham 4 region tarkib
topdi:
1.AQSH.
2.Yevropa.
3.MDH.
4.Yaponiya.
Bularning har birida tog’-kimyo, mineral o’g’itlar, asosiy ximiya,
organik sintez
mahsulotlari va polimer mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlangan.Keyingi paytlarda
neft va gaz resurslariga boy mamlakatlarda (Fors ko’rfazi,Shimoliy Afrika
mamlakatlari,Meksika,Venesuela) neft ximiya sanoati tez rivojlanmoqda.
Organik ximiya sintezi va polimer materiallar ishlab chiqarishda yuqori,
pog’onaga xos murakkab fantalab mahsulotlar ishlab chiqarishda esa-AQSH, G’arbiy
Yevropa va Yaponiya ajralib turadi.
Mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlar: AQSH, Rossiya, GFR,
Yaponiya.
Jahonda yiliga 146 mln. t. dan ortiq mineral o’g’it ishlab chiqariladi (2006 yil
hisobida)
Jahonda yiliga 130 mln. t.
dan ortiq plastmassa, 36 mln.t.dan ortiq ximiyaviy tola
ishlab chiqariladi (2006 y)
H
2
SO
4
ishlab chiqarishda: MDH, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Fransiya.
Kimyoviy tola: AQSH, Yaponiya, MDH, Germaniya.
Fosforit, appatit qazib olish bo’yicha:
1.AQSH 5.Jazoir
2.Marokash 6.Senegal
3.Rossiya 7.Benin
4.Tunis 8.Iordaniya.
Oltingugurt ishlab chiqarish bo’yicha: AQSH, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Meksika,
Germaniya, Polsha, Rossiya.
Plastmassa ishlab chiqarish (1993y. Mln.t.):
1.AQSH-20 6.Niderlandiya-3,9
2.Yaponiya-10,6 7.Italiya-3,7
3.Germaniya-10,4 8.Xitoy-3,4
4.Janubiy Koreya-6,1 9.Taybey-2,9
5.Fransiya-4,4 10.Rossiya-2,4
Ximiya sanoatining turli xil tarmoqlari to’plangan yirik mintaqalar:
1.AQSHning janubi Meksika qo’ltig’i bo’ylari.
2.Yevropada Quyi Reyn mintaqasi.
49
Bu mintaqa Germaniyada Kyolndan to Rotterdamgacha (Niderlandiya) bo’lgan
masofani o’z ichiga oladi.
3.Ichki Yapon dengizi bo’ylari.
Ximiya sanoati ko’p miqdorda elektr energiyasi va chuchuk suv talab qiladi.
Masalan, 1t. rezina yoki plastmassa uchun 1500m
2
suv, 1t. po’lat uchun 120m
2
suv
kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: