51
Jahonda tabiiy va sun’iy toladan 120 mlrd. m
3
dan ortiq (2006y) gazlama ishlab
chiqaradi.Agar mayda hunarmandchilik (mahalliy ip yigirish va mato to’qish)ni
hisobga olsak to’qimachilik hamma joyda bor.
Jahonda yiliga 100 mlrd.m
2
dan ortiq gazlama to’qiladi (2006 y). YA’ni dunyo
bo’yicha aholi jon boshiga yiliga 15-16 m
2
gazlama to’qiladi.
Jahon to’qimachilik sanoatida 5ta asosiy region tarkib topgan.Bular:
1.Sharqiy Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Gonkong);
2.Janubiy Osiyo (Hindiston,Bangladesh, Pokiston);
3.MDH (Rossiya,O’zbekiston,Belorussiya);
4.Horijiy Yevropa (Italiya,Fransiya,Germaniya,Polsha);
5.AQSH.
Bularning har birida ip-gazlama va ximiyaviy tolalardan gazlama to’qish
ustun
turadi.Boshqa tarmoqlar (jun gazlama, jut,shoyi gazlama) kamroq ahamiyatga
ega.Yuqoridagi regionlar orasidagi nisbat keyingi vaqtlarda sezilarli darajada
o’zgarib bormoqda.Asrimizning 50-yillaridan boshlab jahonda ip-gazlama va kiyim-
kechak ishlab chiqarishda G’arbning iqtisodiy rivojlangan
davlatlarining roli har
doim kamayib bormoqda,ko’plab eski to’qimachilik rayonlari inqirozga yuz
tutmoqda.
Masalan: Ilgari to’qimchilikda jahonda 1-o’rinda turgan Buyuk Britaniya 1-o’nlik
mamlakatlarining oxiriga tushib qoldi.U gazlama
eksport qiluvchi eng katta
mamlakatdan import qiluvchi mamlakatga aylandi.
To’qimachilik sohasida rivojlanayotgan mamlakatlarning hissasi yanada tezroq
o’smoqda.Bu mamlakatlarda avvalo arzon ishchi kuchiga va xom-ashyoga
asoslangan
to’qimachilik
sanoati
rivojlanmoqda.Bu
mamlakatlarda
ishlab
chiqarilayotgan gazlamalarning asosiy qismi G’arbiy
mamlakatlariga eksport
qilinmoqda.AQSH,Yaponiya va G’arb mamlakatlarida ko’proq rivojlanayotgan
mamlakatlardan keltirilgan arzon kiyim-kechak va trikotaj mollari sotiladi.Jahonda
ip-gazlama ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlar:
1.Xitoy (yiliga 14 mlrd m
2
).
2.MDH
3.AQSH
4.Hindiston
5.Yaponiya
Dostları ilə paylaş: